Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Download 5.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/117
Sana20.09.2023
Hajmi5.36 Mb.
#1682996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117
Bog'liq
sabzavot va mevalar

Sabzavotlarni 
saqlashda 
ishlatiladigan 
idishlar. 
Sabzini sun’iy 
sovitiladigan omborlarda ham saqlash mumkin. Bunda mahsulot sig’imi 30-50 kg 
konteynerlardan yoki polietilen qoplardan foydalaniladi. Sabzini sovitilgan holda 
uzoq muddat (200 kundan ortiq) saqlash mumkin. Uni konteynerlarda saqlash 
yuklash va bo’shatish ishlarini mexanizasiyalashga imkon beradi. 
Sabzini polietilen qoplarda saqlash usuli perspektiv usul hisoblanadi. 
Mahsulot nafas olishi natijasida qop ichida yuqori darajada namlik sharoiti (90-
95%) hosil bo’ladi va kerakli mikroda karbonat angidrid (3-5%) to’planadi. 
Polietilen qoplarda saqlanganda mahsulotning chirishi, vaznining kamayishi
shakar va vitaminlarning yo’qotilishi ancha kamayadi. 
Ildizmevalar handaqlarda aprelgacha saqlanadi, bahorda esa ularni sabzavot 
omborlariga olinadi. 
Ildizmevalarni handaqlarda yashiklarga joylanib ham saqlanadi. Faqat bunda 
handaq kattaroq qilinadi eni 3-3,5 m, balandligi 1,5 m ga etkaziladi. 
Maxsus omborlarda ildizmevalar ancha yaxshi saqlanadi. Bunday omborlarda 
ular yashiklarga va konteynerlarga solinib hamda 1,5 m qalinlikda uyulib ham 
saqlanadi. 
Karamni saqlashda 30-40 kg li konteynerlardan ham foydalanish mumkin. 
Karamni teshikli polietilen qoplarda ham saqlash yaxshi natija beradi. 
Pomidor omborlarda yashiklarga solinib saqlanadi. Bunda yashiklar eniga 
ikki qator, tepasiga sakkiz-o’ntadan qilib, uzunasiga esa istalgancha joylanadi. 
Taxlar orasida 0,6-1,5 m li yo’lak yashiklar o’rtasida esa 5-10 sm oraliq qoldirish 
tavsiya etiladi. 
Bodringni terish vaqti va terish sifati uni saqlashda katta ahamiyatga ega. 
Terish texnologiyasining buzilishi uning barraligi tez yo’qolishiga, burishib 
sarg’ayishiga va eb bo’lmaydigan bo’lib qolishiga olib keladi. Pishib o’tib ketgan 
bodringning urug’i va po’sti zichlashadi, eti dag’allashadi. Bodring odatda ertalab, 
issiq boshlanguncha terib olinishi lozim. Kechki bodringni kun bo’yi terish 
mumkin. U yashiklarda yoki maxsus savatlarda tashiladi. 

Download 5.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling