Trening turlari
Bugungi kunda turli mavzularda tashkil etilayotgan treninglar keng tarqalgan, ammo
umumiy ma’noda ular 4 turga boʻlingan:
biznes treningi;
shaxsiy rivojlanish;
tarbiyaviy;
tuzatuvchi.
Koʻpincha bu guruh treninglari boʻlib, unda 5 dan 20 gacha yoki undan ortiq kishi ishtirok
etadi.
Ular zarur shart-sharoitlarga ega boʻlgan maxsus xonada oʻtkaziladi: video materiallar
taqdimoti uchun jihozlar, diagrammalar va jadvallarni koʻrsatish uchun taxta, ishtirokchil ar
uchun joylar. Shunga qaramay, yaqinda Internetda masofaviy treninglarni topishingiz mumkin,
ularda roʻyxatdan oʻtish orqali boʻlajak ishtirokchil ar qatnashish istagini bildiradilar. Ba’zan
ular veb-kamera va konferentsiya rejimi yordamida tashkil etiladi, lekin koʻpincha siz
taqdimotchi tomonidan bir kun oldin tayyorlangan va keyin nashr etilgan oddiy videoni
topishingiz mumkin.
Ushbu texnologiya o`quvchi-talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli
adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o`rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so`zlab bera
olish, fikrini erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o`quvchil arni baholay
olishga qaratilgan.
Mazkur texnologiya bir mashg`ulot davomida o`quv materialini chuqur va yaxlit holatda
o`rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo`naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga
(muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo`lgan mavzularni o`rganishga yaroqli bo`lib, o`z
ichiga og`zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg`ulot davomida har bir
ishtirokchil arining turli topshiriqlarini bajarishi, navbat bilan o`quvchi yoki o`qituvchi rolida
bo`lishi , kerakli ballni to`plashiga imkoniyat yaratadi.
Treninglar anʻanaviy oʻquv mashgʻulotlaridan quyidagi jihatlari bilan farqlanadi:
bunda taʻlim oluvchil ar yoki ishtirokchil ar guruhi yoshi va bilim jihatdan bir xil
boʻlmaydi;
trening jarayonining asosiy maqsadi ishtirokchil arni oʻzaro muloqotga chorlash va
faollashtirishdan iborat etib belgilanadi;
oʻqitish va tarbiyalashning shakl, metod va vositalari trening maqsadidan kelib chiqib
tanlanadi va individuallashtiriladi.
Yaxshi trening har doim trener va qatnashchil arning oʻzaro hamkorlikdagi
harakatlariga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |