Samarqand viloyati pedagoglarni yangi


Metodik majmuaning tarkibida dars turi bilan bogʻliq holda tanlanadi


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/120
Sana23.11.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1795947
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   120
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN

Metodik majmuaning tarkibida dars turi bilan bogʻliq holda tanlanadi. 
Ochiq darsning metodik maqsadi quyidagicha taʻriflanishi mumkin: 
- amaliy darslarda kompyuter texnikasidan foydalanish
-taʻlim-tarbiyaviy jarayondagi muammoli tahlilning oʻrni; 
- yangi mavzuni oʻzlashtirishdagi texnikaviy vositalaridan foydalanishning oʻrni; 
- fanlararo bogʻliqlik, bilimni sinovdan oʻtkazish; 
- oʻquvchining mustaqil ishlashini tashkil qilish; 
- oʻquvchil arning oʻzlashtirish jarayonini jadallashtirish; 
-oʻquvchining koʻrsatma va didaktik manbalar bilan ishlashini optimallashtirishdan 
iborat. 
3. Darsning metodik qoʻllanmasi ochiq dars muhokamasida koʻrsatilgan ijodiy takliflar 


28 
bilan boyitilgan holda qayta ishlab chiqiladi, taʻlim muassasasi metodik kengashi tomonidan 
tasdiqlangandan soʻng ommalashtirishga tavsiya qilinadi. 
Ochiq dars, barcha darslardek doimiy ishchi sharoitda oʻtkaziladi. Ochiq darsga tashrif 
byuruvchil ar, oʻqituvchi va oʻquvchil arga xalaqit qilmaslik uchun, oʻz oʻrinlarini avvalroq 
egallaydilar. Ochiq darsga tashrif buyurgan shaxslar dars vaqtida va oʻquvchil ar oldida hech 
narsaga aralashmaydilar va darsga halal bermasdan oʻqituvchi hamda oʻquvchil arning 
harakatlarini oʻrganib turadilar. Ochiq darsga tashrif buyurganlar muallifning oldiga qoʻygan 
maqsadigan qanday erishishini diqqat bilan kuzatadilar va oʻz fikrlarini tashrif varaqalarida qayd 
qilib beradilar. Ochiq dars oʻtkazilgan kuni darsni tahlil qiluvchil ar oʻz fikrlarini oʻzaro 
muhokama qilib, qaror bayonnomasini tayyorlaydilar. Ochiq darsdan soʻng 2-3 kun oʻtgach, 
ochiq dars mavzusi boʻyicha, oʻquvchil arning qoldiq bilim (koʻnikma) darajasi sinov orqali 
aniqlanadi. 
Ochiq darsning muhokamasi va tahlili: 
1. Ochiq darsning tahlili, unda qatnashgan oʻquvchil arning qoldiq bilim darajasi 
aniqlangandan soʻng oʻtkaziladi. 
2. Ochiq darsning tahlili taʻlim muassasasi maʻmuriyati ishtirokida oʻtkaziladi. 
3. Muhokamaning maqsadi-darsni toʻgʻri oʻtkazilganligini baholash, tanlangan uslub va 
vositalarning muvofiqligini aniqlash, muallifga u tanlagan ayrim uslub va vositalardan 
foydalanishning samaradorligini koʻrsatish. 
4. Muhokama quyidagi tarkibda oʻtkazilishi tavsiya qilinadi: 
- darsni olib borgan oʻqituvchi: 
- dars tahlilida ishtirok etgan oʻqituvchil ar: 
- taʻlim muassasasi maʻmuriyati, oʻquv va metodik ishlar boʻyicha maʻsul xodimlar: 
5. Muhokama ishtirokchil ari toʻliq fikrga ega boʻlishi uchun, dars muallifiga birinchi 
soʻz beriladi. Muallif darsning maqsadi va unga erishi uchun qoʻllangan uslub va foydalanilgan 
vositalar haqida aniq maʻlumot beradi. 
6. Muhokamada soʻzga chiquvchil ar darsning barcha yutuq va kamchil iklarini toʻliq 
ochib berishlari lozim. Muhokamada darsda erisxil gan yutuq, qoʻllanilgan uslublarning 
samaradorligiga, jihoz va texnikaviy vositalardan foydalanish darajasiga alohida eʻtibor berilishi 
zarur. Muallifning kelgusidagi ishida yordam berish uchun, barcha yoʻl qoʻyilgan kamchil iklar 
va ortiqcha harakatlar aniq koʻrsatilishi kerak. 
7. Muhokamada soʻzga chiqqanlar, tahlil qilingan metodik majmuaning tarbiyaviy 
tomonini, oʻquvchil arda mustaqil ishlash qobilyatlarini rivojlantirishga taʻsirini, ular orqali 
kelgusidagi mutaxassisga kerak boʻlgan sifatlarni shakllantirishdagi oʻrin haqida fikr 
bilidirishlari kerak. 
8. Muhokama oqilona va doʻstlarcha vaziyatda fikr almashish, bahslashish sharoitida 
oʻtishi lozim. 
9. Muhokama oxirida muallifga yana soʻz beriladi. 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling