Samarqand viloyati pedagoglarni yangi


Ochiq dars natijalarini oʻquv jarayoniga joriy etish


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/120
Sana23.11.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1795947
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   120
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN

Ochiq dars natijalarini oʻquv jarayoniga joriy etish: 
1. Fan metod birlashmalarining taklifiga binoan ochiq dars tahlili natijasi oʻquv 
jarayoniga joriy etilishi kerak boʻlgan ilgʻor pedagogik tajriba hisoblanadi. 
2. Ochiq darsning metodik majmuasini keng joriy etish uchun uning barcha manbalari 
(ssenariy, texnikaviy vositalar, maʻruzalar matni va hokazo) oʻqituvchil ar oʻrtasida 
ommalashtiriladi. 
3. Ochiq darsda qatnashgan oʻqituvchil ar varaqada toʻldirilgan ochiq dars tahlilini oʻquv 
ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosariga topshiradilar. 
4. Ochiq dars boʻyicha metodik qoʻllanmalarni tayyorlash, taklif va xulosalarning tahlili 
ilg`or pedagogik tajriba tatbiqlariga kiritiladi. 
5. Taʻlim muassasasi pedagogik kengashida ochiq dars natijalari kengash aʻzolariga 
etkaziladi. Pedagogik kengash qaroriga ilgʻor pedagogik tajribalardan foydalanish toʻgʻrisidagi 
aniq taklif va tavsiyalar kiritiladi. 
6. Taʻlim muassasalarida taʻlim tarbiya berish uslublarining yangi, ilgʻor shakllarini 


29 
amalda qoʻllab-quvvatlashi kerak. 
Ochiq darslar muhokamasini uyushtirish.
Ochiq darslarning mazmun-mohiyati va ilmiy-uslubiy saviyasi boʻyicha muhokamasi 
ochiq darsdan soʻng, oʻqituvchil ar xonasida davom ettiriladi. Ochiq darsning muhokamasi 
metod birlashma majlislari bayonnomasida qayd etiladi. 
2.Darsni kuzatish va tahlil qilish
Har bir dars tashkiliy qismdan boshlanadi: bu davrda oʻquvchil ar sinf xonasi, taʻlim 
vositalari darsga tayyorlanadi. Ayniqsa oʻquvchini psixologik jihatdan darsga tayyorlash muhim 
rol oʻynaydi. Oʻquvchil ar avvalgi dars yoki tanaffusda boʻlgan biror voqyea - hodisa taʻsirida 
boʻladilar. Shuning uchun ham oʻqituvchi oʻquvchil arni eʻtiborini, diqqatini, xayolini, fikriy 
faolligini oʻz darsiga burishi lozim. Dars kuzatish va tahlil qilish orqali oʻquvchil arning umumiy 
tayyorgarligi, bilim olishdagi faoliyati, oʻquv faniga boʻlgan qiziqishi, diqqat bilan ishlashi, 
matn, xarita, jadval, asboblar bilan mustaqil ishlay bilishi, oʻquvchiga boʻlgan munosabati 
aniqdanadi. Shu bilan birga oʻqituvchining faoliyati ham tahlil qilinadi. Chunonchi, 
oʻqituvchining oʻquv dasturi materiallarini bilish darajasi, yangi mavzuni tushuntirish jarayonida 
asosiy fikrni ajratib olishi, ilmiylik va soddalik, koʻrgazmalilik tamoyillariga rioya qilishi, dars 
maqsadini toʻgri qoʻyishi, dars jarayonini toʻgri rejalashtirishi, darsda hamkorlikka erisha olishi, 
bilim va koʻnikmalarni oʻzlashtirishni nazorat etishi, oʻquvchil ar bilan yakka va jamoada 
ishlashni tashkil eta bilishi, dars mobaynida vaqtdan unumli foydalanishi va pedagogik muomala 
madaniyatini egallaganlik darajasi kabi jihatlar inobatga olinadi. 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling