Samarqand viloyati pedagoglarni yangi
Ochiq darsga qoʻyiladigan talablar
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ochiq darslarni tayyorlash
Ochiq darsga qoʻyiladigan talablar:
- Ochiq dars taʻlim-tarbiya, intellektual rivojlanish, jismoniy va ruhiy barqarorlanish jarayonining tashkiliy qismlaridan biri boʻlishi kerak. Dars ssenariyasida darsning ilmiy ahamiyati ilmiy asoslanganligi, yoritilayotgan mavzuning aniqligi, ilm-fan rivojining oʻrni, mavzu boʻyicha ilmiy muammolar borligi aks ettirilishi lozim; - Darsning metodik optimalliliga oʻqitishning texnikaviy vositalarning toʻgʻri tanlanishiga alohida ahamiyat berish kerak. Dars shaklidan qatʻiy nazar, maqsad oʻquvchini mustaqil fikrlash va mustaqil tahlil olishga y oʻllash oʻquv jarayonining asosiy omili ekanligini koʻzda tutish zarur: - Ochiq dars oʻqituvchining oʻquv jarayonidagi ilmiy-metodik izlanish natijasi boʻlib, uning taxliliy mehnati natijasi ekanligini koʻrsatish lozim. Ochiq darslarni tayyorlash: Oʻqituvchi ochiq darsga tayyorlanishda quyidagilarga eʻtibor berishi kerak: - dars vaqtini optimal rejalashtirish; - manbalarni chuqurlashtirish; - shu darsdagi sinf oʻquvchil arining oʻzlariga xos imkoniyatlarini hisobga olish (dars mavzusini tushuntirish uchun avvl olgan bilimlarning koʻnikma darajasini bilish); - dars berishning uslub va vositalarini toʻgʻri tanlash; - iqtidorli yoshlarga chuqur taʻlim va tarbiya talablariga javob berish; - ochiq dars mavzusini tanlash, oʻqituvchil arining pedagogik mahoratini, metodik taʻlimini va dars oʻtish vositalarini aniq koʻrsatish; - ochiq darsga tayyorlanish davrida oʻqituvchi ilmiy-metodik izlanishi, koʻrgazmali qurollar va texnik vositalarning zamonaviy maktablaridan foydalanishi kerak. Bu oʻqituvchil arda tahlil olishga qiziqish uygʻotib, zamonaviy yutuqlardan bexabar boʻlish imkoniyatini yaratadi. Darsning moddiy-texnikaviy taʻminoti ilgaridan tayyorlash, barcha koʻrgazma va namioyish vositalardan foydalanish ketma-ketligini avvaldan rejalashtirish kerak. Fan metod birlashmasi ochiq darsga tayyorlanish vaqtida, muallifga texnikaviy, metodik ash’yoviy va tahliliy yordam berishi kerak. Ochiq darsning metodik taʻminoti 1. Darsning metodik majmuasi quyidagilardan iborat: - fanning taqvim-mavzu rejasi; - maʻruza matni yoki mashgʻulotlar (laboratoriya, amaliyot, mustaqil ish va hokazo) ning rejasi; - dars stsenariysida koʻrsatilgan didaktik, koʻrgazmali materiallari va boshqa texnikaviy vositalar; - nazorat ishi uchun savollar toʻplami; - uy vazifasi savollari yoki masalalari toʻplamlari; - oʻz-oʻzini nazorat qilish savollari; Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling