Samarqand viloyati pedagoglarni yangi
Ish tariqasidagi oʻyinlar
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Musobaqa – tanlov
- Topshiriqlarning maqsadi
- 5.Interfaol usullarning maqsadi.
Ish tariqasidagi oʻyinlar: Ish tariqasidagi oʻyinlarning asosiy vazifasi oʻrganayotganlarni
amaliyotga va muloqotlar olib borishda zarur boʻlgan faoliyat koʻnikmalarini hosil qilishdan iborat. Oʻqib-oʻrganishni bu shakli murakkab vaziyatlarni maʻlum obʻyektlarda gavdalantirib, ularga taqlid qilish yoʻli bilan tinglovchil ar bilimini samarali tarzda malakaga aylantirishga koʻmak beradi. Bu yerda model bilan ishlash imkoni beriladi. Bu usul juda koʻp hollarda qarorlarni jamoa boʻlib qabul qilish tajribasini oʻrgatadi. Musobaqa – tanlov: Bu usulning asosiy xususiyati shundaki, bunda oʻqituvchi butun guruh bilan ish olib boradi. Musobaqa - tanlov butun oʻquv yili davomida tinglovchi - oʻquvchilarning jadal bilish faoliyatini tashkil qilishga yoʻnaltiriladi. Tinglovchi xilma – xil tanlov topshiriqlari bajaradi. Topshiriqlarning maqsadi – oʻquvchil ar bilimini tizimlashtirish, ularni samarali fikrlashga undash, egallangan bilimlarni amaliyotda ijodiy qoʻllashdan iborat. Tanlovda muayyan mavzular boʻyicha oʻquvchi - tinglovchining tayyorgarlik darajasi, egallagan bilim, koʻnikma va malakalarini, mustahkamlash va chuqurlashtirishdan iboratdir. Oʻqitish jarayonida «eshitdim», «koʻrdim», «oʻzlashtirdim, bilan hamkorlikda bildim, fikrladim, esda saqladim, oʻzlashtirdim va mustahkamladim tarzida tashkil etiladi». 5.Interfaol usullarning maqsadi. Interaktiv soʻzi «inter» –oʻzaro, aro, «akt» –harakat maʻnolarini (ingliz tilida) bildiradi. «Aktiv» soʻzi harakatli, harakatchan, faollashtirish maʻnolarini bildirgani sababli, oʻzbek tilida «faol» deb yuritiladi. Demak, interaktiv metodlar bu oʻzaro faollashtiruvchi, harakatga keltiruvchi metodlardir. Interfaol usullarning maqsadi: Oʻquvchilarni mustaqil, ijodiy, tanqidiy, mantiqiy fikrlashga oʻrgatish; Muammoli, vaziyatli, amaliy va hayotiy topshiriqlarni bajarish; Fikrlashga majbur etish; Faollashtirish; 58 Oʻquvchilarni tashkilotchilik va yoʻnaltiruvchanlikka undash. Interaktiv oʻqitish jarayoni anʻanaviy (doska yonidagi) oʻqitishdan farqli oʻlaroq bir qancha metodologik qirralar ustunligiga ega. Bu, avvalambor, ishtirokchil arning mashgʻulot qoidalarini ishlab chiquvchi muallim va bir- biri bilan faol, emotsional tusdagi munosabatlariga asoslanadi. Oʻqituvchining interaktiv oʻqitish jarayonidagi ishining samarasi bir qancha shartlarga bogʻliq: Birinchi – oʻquvchi imkoniyatlarining berilgan texnologiya (mashq, mashgʻulot, oʻyin, trening) maqsad va vazifalariga mutanosibligi. Tanlangan texnologiyaning maqsadiga qarab oʻqituvchi u yoki bu vazifani bajaradi: tashkilotchi-sardor, kommunikator, kelishmovchil iklarni bartaraf qiluvchi, fasilitator. Ikkinchi – guruh ishtirokidagi oʻzaro munosabatlarni hal etishdagi oʻqituvchining professional tajribasi. Buning uchun u dialog hamda multilog, yaʻni turkumlashgan dialog sanʻatini egallagan boʻlishi zarur. Interfaol darslarni tashkil etishda: 1.Dars konsepsiyasini rejalashtirishga tizimli yondashuv. 2.Darsning maqsadini belgilash. 3.Dars vazifasini aniqlash. 4.Dars maqsadi va vazifalarining farqini aniq belgilash. 5.Darsdan kutilayotgan natijalar. 6.Xulosalar chiqarishni oldindan rejalashtirish darsning muvaffaqiyatli kechishini taʻminlaydi. Ijtimoiy malakalar: Hamkorlikdagi faoliyat natijasida oʻquvchilar bir-birlarining qobiliyatlarini aniqlay boshlaydilar, yaʻni kim rasm chiza oladi, kim tez yoza oladi, kim gʻoyalar bera oladi va hokazo. Bundan tashqari, oʻquvchil ar juftlikda yoki guruhda ishlaganlarida bemalol gapira olish imkoniga ega boʻladilar (bu yerda oʻquvchining gapini «toʻgʻri»yoki «notoʻgʻri» deb baholaydigan oʻqituvchi yoʻq!) Demak, ogʻzaki nutq rivojlanmoqda, xuddi shu vaqtda qolganlar tinch eshitishi kerak, demakki, ularda tinglay olish malakalari shakllantiriladi. Yangi, yaxshi fikrlar qoʻllab-quvvatlandimi, demak shu fikr egalarida oʻziga ishonch paydo boʻladi: oʻquvchilar oʻzlari qaror qabul qila boshlaydilar, demakki, shu qarorlarni himoya qila oladilar. Shunday qilib, oʻquvchilar jamiyatda mustaqil hayot kechirishda oʻzlari uchun zarur boʻladigan turli ijtimoiy malakalarga ega boʻladilar. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling