Samarqand viloyati pedagoglarni yangi


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/120
Sana23.11.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1795947
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   120
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN

Baholash: Hamkorlik jarayonida oʻquvchil ar bir-birlarini kuzatadilar, nazorat qiladilar, 
demak baholaydilar ham. Albatta, oʻqituvchi oʻquv jarayonining boshqaruvchisi sifatida 
hammani kuzatadi, biroq oʻquvchil arning fikr-mulohazalari inobatga olinishi shart. Bu 
jarayonda har bir berilayotgan baho, maʻlum faktlar asosida tushuntirilishi va izohlanishi kerak. 
Baholash jarayonida oʻquvchil ar oʻzlari-oʻzlariga baho berishlari ham mumkin. Bu holat 
ularni tashqaridan oʻzlariga nazar tashlashga, oʻz xattiharakatlarini nazorat qila olishga oʻrgatadi. 
Interfaol metodlarni qoʻllashda oʻqituvchida quyidagi qiyinchil iklar kuzatiladi: 
Sinfda ortiqcha shovqinning paydo boʻlishi va bir-birini eshitmaslik; 
Vaqt yetishmasligi; 
Tarqatma materiallarni tayyorlash; 
Yuqoridagi qiyinchil iklarni quyidagi tajribada oʻzini oqlagan yoʻllar bilan bartaraf 
etish mumkin: 
Birinchi qoida: Dars boshlanganda hamma oʻquvchi oʻqituvchiga qarab oʻtirishi kerak! 
Ikkinchi qoida: Guruhda ishlash uchun beriladigan resurslar, vazifa tushuntirilmasdan 
oldin tarqatilmaydi! 
Uchinchi qoida: Sinfga vazifa ogʻzaki tushuntirilganda albatta, yozma shakliga ham 
eʻtibor bering! 
Toʻrtinchi qoida: Taqdimotga oʻquvchi doskaga chiqqanda oʻqituvchi sinf xonasining 
oxiriga ketishi kerak. 


59 
Beshinchi qoida: Interfaol jarayonda (guruhda) oʻquvchi yarim ovozda gapirishi kerak. 
Buni esa u faqat oʻqituvchidan oʻrganishi mumkin. Demak, biz har kungi darsimizning 5-6 
daqiqasini yarim ovozda gapirish orqali oʻquvchil arda koʻnikma hosil qildirish kerak. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, interfaol taʻlim bir vaqtda bir nechta masalani hal etish 
imkoniyatini beradi, bulardan asosiysi-oʻquvchil arning muloqot olib borish boʻyicha koʻnikma 
va malakalarini rivojlantiradi, oʻquvchilar orasida emotsional aloqalar oʻrnatilishiga yordam 
beradi, ularni jamoa tarkibida ishlashga, oʻz oʻrtoqlarining fikrini tinglashga oʻrgatish orqali 
tarbiyaviy vazifalarning bajarilishini taʻminlaydi. 
Hozirda taʻlim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yoʻnalishlardan biri 
Interfaol taʻlim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan oʻqituvchilari dars 
mashgʻulotlari jarayonida Interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar. 
Interfaol usullarni qoʻllash natijasida oʻquvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish
xulosalar chiqarish, oʻz fikrini bayon qilish, uni asoslagan hlda himoya qila bilish, sogʻlom 
muloqot, munozara, baxs olib borish koʻnikmalari shakllanib, rivojlanib boradi. 
Oʻqituvchining interfaol mashgʻulot jarayonidagi ishining samarasi bir qancha shartlarga 
boqliq: 
Birinchi – oʻquvchi imkoniyatlarining berilgan texnologiya (mashq, mashgʻulot, oʻyin, 
trening) maqsad va vazifalariga (bitta guruhda turli qobiliyat va imkoniyat) mutanosibligi. 
Tanlangan texnologiyaning maqsadiga qarab oʻqituvchi u yoki bu vazifani bajaradi: tashkilotchi-
sardor, kommunikator, kelishmovchil iklarni bartaraf qiluvchi, fasilitator. 
Ikkinchi – guruh ishtirokidagi oʻzaro munosabatlarni hal etishdagi oʻqituvchining
professional tajribasi.
Sinkveyn metodini qoʻllash jarayonida oʻquvchilardagi tarqoq axborotli jarayonlar asta 
sekin bosqichma-bosqich yoʻnaltirilgan jarayonga aylantirib boriladi. Yaʻni bilimlar mavzuni 
oʻrganish davomida oʻrganiladi. Muayyan voqelik toʻgʻrisida yakdil fikrga kelinadi. Buning 
uchun oʻquvchil arda besh imkoniyat mavjud boʻladi yaʻni sikveyn beshqatordan iborat oʻziga 
xos oqsheʻr (qofiyasiz) boʻlib, oʻrganilayotgan mavzuga oid tushunchalar (hodisa, jarayon, 
voqea) qatʻiyan ketma-ketlikda yozib chiqiladi. Sinkveyn orqali oʻquvchilar oʻz fikrlarini 
toʻplash, ixcham ifodalash, mulohazalarni sintezlash va mavzu boʻyicha toʻgʻri xulosalarni 
takomillashtirishga oʻrganishadi. 
Sinkveyn tuzish tartibi: 
Birinchi qatorda mavzuga oid shaxs (tayanch tushuncha) bir soʻz (ot) bilan qayd etiladi. 
Ikkinchi qatorda shaxs ikki sifat bilan ifodalanadi. 
Uchinchi qatorda mavzuga oid tushunchalar uch soʻz bilan bayon qilinadi. 
Toʻrtinchi qatorda mavzuga oid fikr (nazariya, fakt)lar toʻrtta soʻzdan iborat boʻlishi lozim. 
Soʻnggi qatorga mavzu mohiyatini oydinlashtiradigan (yoki maʻno jihatidan yaqin 
boʻladigan) bitta soʻz yoziladi bu ketma-ketlikni quyidagi chiziqlar boʻyicha loyihalash mumkin. 
Sinkveyn tuzishga oid dastlabki namunani oʻquvchilar bilan birga quyidagicha tuzish 
mumkin: 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling