Samarqand viloyati pedagoglarni yangi


Keys: Dars jarayonidagi nizo va uni hal etish yoʻllari


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/120
Sana23.11.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1795947
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   120
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN

 
Keys: Dars jarayonidagi nizo va uni hal etish yoʻllari 
Shu oʻquv yilidan oʻqituvchi sifatida ish boshlagan, buning ustiga yaqinda maʻlum muddat 
tibbiy davolanishda boʻlib, endigina qaytadan ishga qaytgan Davlat va huquq asoslari fani 
oʻqituvchisi M.Tojiyev 8-sinfda ushbu fanidan maʻruza mashgʻulotini oʻtkazayotgan edi. 
Tibbiy davolanishda boʻlganligi bois u darsni oʻzi tayyorlagan konspektga qarab 
tushuntirib berayotgan edi. U mavzuga oid tushunchani doskaga yozayotgan paytida mazkur sinf 
oʻquvchisi M.Axmedova oʻqituvchining konspektini olib qoʻydi. Oʻquvchilar kulib yubordilar. 
Bu holatdan oʻqituvchi biroz oʻzini yoʻqotdi-yu, konspekt daftarini M. Axmedova olganligini 
bilgach, uni sinfdan chiqib ketishini talab qitldi.
Oʻquvchi esa, sinfdan chiqib ketishni xohlamadi. Oʻqituvchi undan sinfdan chiqib ketishni 
talab etdi va oxir-oqibat xonadan chiqarib yubordi. Ertasi kuni darsdan chiqarib yuborilgan 
qizning onasi nomidan maktab rahbariyatiga shikoyat xati kelib tushdi. Shikoyat xatida 
oʻquvchi-qizning onasi har qanday holatda ham oʻqituvchi oʻquvchini sinfdan chiqarib 


66 
yuborgani pedagogik etikaga zid ish ekanligini, oʻqituvchining kompetentligini aniqlash uchun 
Davlat test markazidan xolis ekspertlar chaqirib, sinovdan oʻtkazish va shikoyatga yozma 
ravishda javob qaytarish, agar kerakli chora koʻrilmasa, yuqori tashkilotlarga murojaat qilishi 
haqidagi talabni qoʻygan edi. 
Ertasi kuni oʻquv ishlari boʻyicha maktab direktori M.Tojiyevni bu haqida ogohlantirdi. 
Oʻqituvchi esa direktorga u hech qanday ortiqcha harakat qilmagani, oʻquvchi qiz uni 
obroʻsizlantirganligini aytib qoʻpol munosabatda boʻldi. 
Bir hafta muddat oʻtib, direktor maʻnaviy-maʻrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosaridan 
mazkur masalani maʻnaviy-maʻrifiy ishlar kengashida muhokama qilib, qaror chiqarib berishni 
soʻradi. 
Kengash yigʻilishida mazkur masala muhokama etildi. Oʻqituvchilar har qanday vaziyatda 
ham M.Tojiyevni qoʻllab-quvvatlashlarini bildirdilar. Biroq qizning hali bola ekanligini hisobga 
olib, undan uzr soʻrash haqidagi taklifni kiritishdi. M.Tojiyevga soʻz berilganda esa, u 
pedagoglik odobiga zid hech qanday xatti-harakat sodir yetmaganligini, oʻquvchi-qizdan uzr 
soʻramasligini bildirdi.
Oradan bir hafta muddat oʻtib, M.Tojiyev maktab direktorining
ishdan 
boʻshamasligi
haqidagi iltimosiga qaramasdan, oʻz arizasiga koʻra vazifasidan ozod etildi. 
Yuqorida keltirib oʻtilgan vaziyatni tahlil eting. Siz M.Tojiyevning oʻrnida boʻlganingizda 
qanday yoʻl tutgan boʻlar edingiz? M.Tojiyevning ishdan boʻshab ketishi toʻgʻri boʻldimi? 
Keys yechimi uchun taklif etilgan gʻoyalar taqdimoti uchun chizma namunasi 
Muammo 
Muammoning 
ildizi 
Yechim 
Natija 
Keys asosidagi oʻquv mashgʻulotlarida oʻquvchilar faoliyatini turli shakllarda tashkil 
qilish imkoniyati mavjud. Masalan, taklif etilayotgan vaziyat sahnalashtirilishi hamda "Aqliy 
hujum", bahs-munozara, ilmiy bahslashuv metodlari orqali muhokama qilinishi mumkin.
Ochiq muloqotda asosiy omillar oʻquvchilarning koʻnikma va malakalari, oʻqituvchining 
muloqotni tashkil eta olish qobiliyati sanaladi. Savollarni berish jarayonida oʻqituvchi 
oʻquvchilarning diqqatini keys matnidagi aniq axborotga qaratadi, toʻgʻri javob berishga 
undaydi. Keys matndagi muammoni ajratib olish, vaziyatni baholash, hodisa va jarayonni tahlil 
qilish oʻquvchilarning kommunikatsion koʻnikmalarini ham rivojlantiradi. 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling