3.3. Dars-oʻquv va tarbiyaviy ishning asosiy tashkiliy shakli, anʻanaviy va
noanʻanaviy darslar.
Oʻnlab yillab oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni koʻrsatadiki, anʻanaviy dars oʻtish
taʻlimning oʻziga xos modellaridan biri boʻlib qolmoqda.
Anʻanaviy dars - muayyan muddatga moʻljallangan, taʻlim jarayoni koʻproq oʻqituvchi
shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat
taʻlim modelidir.
Anʻanaviy dars oʻtish modelida koʻproq maʻruza, savol-javob, amaliy mashq kabi
metodlardan foydalaniladi. Shu sabab, bu hollarda anʻanaviy dars samaradorligi ancha past
boʻlib oʻquvchil ar taʻlim jarayonining passiv ishtirokchil ariga aylanib qoladilar. Tadqiqotlar
shuni koʻrsatadiki, anʻanaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli - tuman oʻquvchil ar
faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish oʻquvchil arning oʻzlashtirish darajasini
koʻtarilishiga olib kelar ekan.
Anʻanaviy dars oʻtishning asosiy tarkibiy qismlari
1.Kirish.
-
oʻtgan materialni takrorlash;
-
dars maqsadini tushuntirish;
-
dars mazmuni va rejasi bilan tanishtirish.
2.
Yangi mavzuni yoritish.
-
yangi mavzuni kichik-kichik boʻlakchalarga boʻlib berish;
-
rang-barang misollarni imkoni boricha koʻrgazmali taqdim qilish - mavzudan
chetlashmaslik;
-
materialning murakkab tomonlarini qayta tushuntirish - oʻquvchil arning tushunuvchanlik
darajasini tekshirib borish - teskari aloqani taʻminlash.
3.
«Teta - poya» mashqi.
Biror misol (yoki masalani) oʻquvchil ar bilan qadamma-qadam hal qilish va tahlil qilish.
4.
Yoʻnaltirib turiluvchi mashq.
Oʻquvchilar mashq (yoki masalani) mustaqil bajarishadi, oʻqituvchi esa ularni nazorat
qilib, tuzatish kiritib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |