69
majburiyatlarni bilish va ularga rioya qilish koʻnikmasini
hosil qilish, oʻquvchilarda oʻz xatti-
harakatlarini belgilangan meʻyorlar doirasida tartibga solish va boshqara olishni tarbiyalash kabi
asosiy vazifalar mavjud.
Pedagoglarni kasbiy tayyorlashda yosh oʻqituvchilar uchun tanishtiruv dasturlari muhim
ahamiyatga ega.
Murakkab mavzularni oʻrgatishda quyidagi tamoyillarni eʻtiborga olish lozim:
1. Rejalashtirish. Muammoni belgilash, hamkorlikda darsning batafsil rejasini ishlab
chiqish. Maktab oʻqituvchil ari (fan uslubiy birlashmasi aʻzolari) yil davomida oʻrganish va
yechim yoʻllarini topish uchun belgilangan muammo (masalan, taʻlim jarayonida oʻqituvchi va
oʻquvchil ar oʻrtasidagi muloqotni rivojlantirish)ni muhokama qiladilar, har bir sinfda qoʻllash
mumkin boʻlgan oʻqitish metodlari va mazmunni oʻquv dasturlariga asosan oʻrganadilar, dars
rejalarini takomillashtirish yoʻllarini taklif qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: