Samarqand viloyati pedagoglarni yangi
Dars turlari va tuzilishi (strukturasi)
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN
Dars turlari va tuzilishi (strukturasi)
Dars - oʻquv va tarbiyaviy ishlarning asosiy tashkiliy shakli boʻlib, taʻlim va tarbiya jarayonining maxsus shakllari esa dars samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Darslarning qanday vazifalarni hal etishiga koʻra turlicha strukturaga ega boʻlgan tiplarga boʻlinadi. Struktura – bu dars qismlarining nisbati va oʻzaro bogʻlanishi boʻlib, ular oʻz vazifasi va oʻqituvchi bilan oʻquvchilar faoliyati xarakteri bilan farq qiladi. 70 Demak, yetakchi didaktik vazifa va tuzilishiga koʻra darslar quyidagi turlarga boʻlinadi: 1) yangi materialni oʻrganish darslari – bu darsda faqat yangi bilimlar beriladi; 2) kombinatsion darslar (aralash darslar) – bunda oʻqituvchi oʻtilgan mavzuni nazorat qilib baholashi bilan birgalikda yangi materialni tushuntiradi, mustahkamlaydi); 3) bilim, koʻnikma va malakalarni mustahkamlash darslari – bunda oʻqituvchi faqat uy vazifasini nazorat qilib baholaydi; 4) mashqlar va amaliy ishlar darslari; 5) umumlashtiruvchi takrorlash darslari; 6) laboratoriya darslari; 7) oʻquvchilar bilimini nazorat qilish, nazorat qilish va baholash darslari. Yangi materialni bayon qilish darslari bosqichlari: oʻquvchilarni darslarga jalb etish, mavzu bayoni (yangi bilimlar berish), qisqa nazorat-mustahkamlash, uyga vazifa berish. Oʻrganilgan materialni mustahkamlash va amaliy koʻnikma va malakalarni hosil qilish darslari uning yanada chuqurroq anglash va oʻzlashtirish, amaliy koʻnikma va malakalarni amaliyotda qoʻllash maqsadidan kelib chiqib, hamma sinflarda alohida mavzuni yoki boʻlimlarni oʻrganilgandan keyin oʻtilgan materialni takrorlashga yoʻnaltirilib oʻtkaziladi. Takrorlash, tizimlashtirish va umumlashtirish darslari oʻquv dasturining katta boʻlimlarini takrorlash bilan bogʻliq va darhol mavzularni oʻrganilgandan keyin yoki oʻquv yili oxirida oʻtkaziladi. Bulardan tashqari standart boʻlmagan, innovatsion dars shakllari ham keng qoʻllaniladi: seminar-darslar, konferensiya-darslar, rolli oʻyinlar, integrallashgan darslar. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling