Samarqand viloyati pedagoglarni yangi
Amalga oshirish (sinab koʻrish)
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baholash (tahlil).
- Qayta ishlash (tatbiq etish).
2. Amalga oshirish (sinab koʻrish). Oʻquv dasturi boʻyicha sinov darslarini oʻtish. Bu
bosqichda oʻqituvchilardan biri hamkorlikda ishlab chiqilgan reja boʻyicha dars oʻtadi, boshqalar esa uni kuzatadilar. Har bir oʻqituvchining oʻz vazifasi bor: kimdir dars jarayonini videotasvirga tushiradi, kimdir vaqtni nazorat qiladi, boshqalar kuzatib, tahlil qiladilar. 3. Baholash (tahlil). Dars yakunlangach, barcha oʻqituvchilar toʻplanib, uni muhokama qiladilar. Dars davomida kuzatuvchilar dars maqsadining belgilanishi, oʻquv materialining mavzuga mosligi, taqdim etish metodlari, oʻqituvchi faoliyati, oʻquvchilar xulqi, oʻqituvchi va oʻquvchilarning muloqoti va boshqa jihatlarni oʻrgandilar. Dars tahlili yutuq va kamchiliklarni aniqlash imkonini beradi. 4. Qayta ishlash (tatbiq etish). Dars rejalari, yondashuvlarni qayta koʻrib chiqish, hisobot, yangi rejani ishlab chiqish. Yakuniy bosqichda oʻqituvchilar tahlil davomida bildirilgan fikr- mulohazalar asosida dars rejasini qayta ishlaydilar, pedagoglarning kasbiy layoqat (kompetentsiya)larini rivojlantirish uchun oʻqitishning yangi strategiyalarini taklif qiladilar. Qayta ishlab chiqilgan dars rejasi barcha (shu fan boʻyicha) oʻqituvchilarga taklif etiladi. Bunday yondashuv oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishda samarali boʻlib, qisqa vaqt ichida koʻzlangan maqsadga erishish, hamkorlikda oʻqitish, bir-biridan oʻrganish imkoniyatini beradi. Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitish jarayoni bevosita dars jarayoni bilan bogʻliq. Xoʻsh dars nima? Dars – oʻquv ishining asosiy tashkiliy shakli boʻlib, unda oʻqituvchianiq belgilangan dars doirasida oʻquvchilarning doimiy tarkibi bilan qatʻiy jadval boʻyicha shugʻullanadi, jamoaviy bilish faoliyatiga rahbarlik qilib, oʻquv dasturiga oʻzi belgilaydigan didaktik va tarbiyaviy vazifalarga erishish uchun xilma-xil metodlardan foydalanadi. Dars oʻquv ishini tashkil qilishning asosiy shakli, ammo u taʻlimning boshqa shakllarini: maʻruza, amaliyot, laboratoriya mashgʻulotlari, konsultatsiyalar, uy vazifalari, qoʻshimcha mashgʻulotlarni rivojlantirishni istisno etmaydi. Taʻlimni tashkil etishning yordamchi shakllari fakultativ mashgʻulotlar sanaladi. Ular oʻquvchilarning qiziqishlari asosida tashkil etiladi: toʻgaraklar, klublar, olimpiadalar, viktorinalar, koʻrgazmalar, ekspeditsiyalar va hokazolar. Dars oʻquvchilarning doimiy tarkibi, mashgʻulotlarning aniq belgilangan oldindan tuziladigan jadval va oʻquv ishlari biror aniq mavzuda tashkil etilishi kabi oʻziga xosliklarga ega boʻlgan taʻlimning jamoa shakli hisoblanadi. Oʻqituvchining darsdagi ishi barcha oʻquchilarning darsning oʻzidayoq oʻrganilayotgan bilim asoslarini egallashlari, zarur koʻnikma va malakalarni hosil qilishlari uchun zamin yaratadi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling