Samarqand viloyati pedagoglarni yangi


 Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitish jarayonining tarkibiy qismlari va ular


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/120
Sana23.11.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1795947
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   120
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN

3.2. Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitish jarayonining tarkibiy qismlari va ular 
oʻrtasidagi aloqalar, didaktik materiallar tayyorlash.
Davlat 
va 
huquq 
asoslari 
fanini 
oʻqitish
jarayonining 
tarkibiy
qismlari va ular oʻrtasidagi aloqalar fanini oʻqitish jarayonining tarkibiy qismlari (maqsadi,
mazmuni, oʻqitishning metod va usullari, natijalari) oʻrtasidagi qonuniyatli aloqalar quyidagicha 
namoyon boʻladi: oʻrta taʻlim va professional taʻlim tizimida maqsadi, taʻlim-tarbiya 
vazifalarining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi oʻqitishning mazmuniga, huquqiy-siyosiy va 
nazariy jihatdan pishiq boʻlishiga bogʻliq boʻlganidek, oʻquvchilarning Davlat va huquq 
asoslari fanini oʻzlashtirish darajasi ham oʻz navbatida oʻqitishning oʻrganiladigan 
mavzuning maqsadi, taʻlim-tarbiya vazifalari va mazmuniga mos keladigan taʻlim
shakllari, oʻqitish metod va usullari hamda vositalaridan qay darajada maqsadga 
muvofiq foydalana bilishiga bogʻliqdir.
Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitish jarayoning tarkibiy qismlari oʻrtasidagi bu
oʻzaro dialektik bogʻlanish natijasida ular bir-biriga uzluksiz taʻsir koʻrsatib boradi. Davlat 
va huquq asoslari fanini oʻqitishda ana shu qonuniyatlarga suyanmasdan, ularni eʻtiborga 
olmasdan turib yaxshi natijaga erishib boʻlmaydi.
Davlat 
va 
huquq 
asoslari 
fanini oʻqitish deganda, 
fanni 
ilmiy 
va 
huquqiy materiallar vositasida oʻquvchilarga bilim berish, ularning huquqiy madaniyat ruhida
tarbiyalash va kamol toptirish vazifalarini amalga oshirish zarur boʻlgan jarayon, oʻqituvchi
va oʻquvchilarni aqliy (ichki) hamda oʻquv harakatlari (tashqi) jarayoni tushuniladi.
Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitishni tashkil qilish deganda, fanni 
oʻqitish va oʻquvchilarni oʻrganishni tashkil etish,ularning oʻrganish faoliyatini oʻqituvchilarni
boshqarishiga yordam beradigan usullar, oʻquvchilardagi mavjud bilimlarni ishga solish
ularni ijodiy bilishga va vazifalari yoʻnaltiriladigan topshiriqlar sistemasi hamda taʻlimning 
turlari tushuniladi.
Oʻqitishning natijalari deganda esa, fanni oʻqitishning maqsad va vazifalarini,
mazmunini muvafaqqiyatli ravishda amalga oshirilishi, oʻquvchilarning davlat va huquq fani 
asoslarini, huquqiy materiallarga mos samarali usullarni bilish va mazkur bilimlardan
foydalana bilish malakalarini oʻzlashtirishlari shu asosda oʻquvchilarning huquqiy tafakkuri, 
maxsus va umumiy qobiliyatlarini oʻstirish koʻzda tutiladi.


71 
Davlat va huquq asoslari fanini
oʻqitish maqsadlarini belgilashda, avvalo huquqiy 
taʻlim va tarbiyaning uzviy birligini, oʻqitish davomida oʻquvchilarning huquqiy-siyosiy 
saviyasi mutassil oʻsib borishini, ularda koʻnikma va malakalar hosil qilishni hamda
ijodiy faoliyatga tayyorlanishlarini nazarda tutmoq kerak.
Davlat va huquq asoslari fanini oʻqitish metodikasi huquqshunoslik fani bilan uzviy
bogʻliqdir. Oʻquvchilarning yangi faktlarni tahlil etish va ulardan zarur xulosalarni chiqarish
paytida oʻrgangan bilimlari juda ham mustahkam va ishonarli boʻladi, shuningdek,
oʻquvchilar mustaqil fikrlashga oʻrganadi, bu ularni tadqiqot olib borishni dastlabki usullari 
bilan tanishtirishga yordam beradi.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling