Ob`yekyiv ko`rganda aksariyat xollarda uyqu va bilak arteriyalarida susayishi yoki umuman yo`qolishi xamda uyqu va o`mrov osti arteriyalari ustida sistolik shovqin aniqlanadi. Buyrak arteriyalari zararlanganda arterial gipertenziya rivojlanadi.
Laborator-asbobiy tekshirishlar. Kasallikning klinik kechishiga mos ravishda umumiy qon taxlilida turli darajadagi neytrofilli leykositoz, yengil kamqonlik va EChT oshishi kuzatiladi. Biokimyoviy taxlilda qonda a-globulinlar va fibrinogen, ko`p xollda C-reaktiv oqsil, revmatoid va antinuklear omillar ko`tariladi. Shuningdek yirik tomirlarni dopler yordamida ko`rish va angiografiya muxim tashxisiy axamiyatga ega.
2. Jigar sirrozi etiologiyasi, klinikasi, kalassigfikatsiyasi.
3. EKG interpritasiyasi
SamDTI, Davolash fakulteti
4- son ichki kasalliklar kafedra yig'ilishida
"Tasdiqlangan"
Kafedra mudiri,
v/b Xoljigitova M.B.
« » 20 yil
Bayonnoma №
Bilet №12
Tugunchali pereartrit etiologiyasi, patagenezi, klinikasi, tasnifi.
Mushak tipidagi o`rta va kichik kalibrdagi arteriyalarning segmentar yallig`lanishi va keyinroq zararlangan soxalarning ishemiyasi va nekrozi bilan kechuvchi kasallik- tugunchali poliarteriit (Kusmaul-Mayer kasalligi) deb ataladi. Yaqin vaqtlargacha tugunchali periarteriit deb nomlangan va ko`proq erkaklar kasallanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |