553. 24-rasmda tasvirlangan A, B, C, D va E nuqtalarning koordinatalarini yozing:
554. A nuqta sanoq boshi O nuqtadan 4 birlik o’ngda, B nuqta esa 5 birlik chapda yotadi. C va D nuqtalar O nuqtaga nisbatan qayerda yotadi (25-rasm):
5. Darsga yakun yasash va baholash – darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilan birgalikda aniqlash. O’quvchilarning mavzu bo’yicha savollariga javob berish, ulaming o’zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni tilga olish va baholash;
6. Uyga vazifa ________________________
Sana: «___» _____________ 201__ y.
Mavzu: BUTUN SONLAR TO’PLAMI. QARAMA-QARSHI SONLAR
Darsning maqsadi: Butun sonlar to’plami. Qarama-qarshi sonlar haqida tushuncha va ular ustida to’rt amalga doir mashqlar yechishni o’rgatish, mavzuga doir misollar yechib ko’rsatish.
Darsning ko’rgazmali qurollari: ______________________________
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism – salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;
2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik – yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi
mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash
va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;
3. Yangi mavzuni yoritish:
1. Butun sonlar to’plami.
…, -3, -2, -1, 0, 1, 2, 3, … sonlari qatori butun sonlar qatori deyiladi.
Son o’qida 0, 1, 2, ... sonlarini hamda -1, -2, -3, ... sonlarini tasvirlashni o’rganib oldik.
Butun sonlar qatorida 0 sonidan o’ngda joylashgan 1, 2, 3, ... sonlari natural sonlar yoki butun musbat sonlar deb ataladi.
Butun sonlar qatorida 0 sonidan chapda joylashgan -1, -2, -3, ... sonlari butun manfiy sonlar deyiladi.
Odatda, ..., -2, -1, 0, 1, 2, ... butun sonlar qatori butun sonlar to’plami deyiladi va Z harfi bilan belgilanadi:
Z={.., -2, -1, 0, 1, 2, ...}.
Do'stlaringiz bilan baham: |