Sana: Fan: Jahon tarixi Sinfi: 7


Download 1.73 Mb.
bet5/5
Sana30.10.2020
Hajmi1.73 Mb.
#138761
1   2   3   4   5
Bog'liq
7 sinf jahon dars ishlanma


I.Tashkiliyqism: Salomlashish, davomataniqlanadi ,sinftozaligikuzatiladi, o`quvchilarbugunningJahondavaO`zbekistondagisiyosiyyangiliklaribilantanishtiriladi.

II.O`tilganmavzunitakrstorlash: O`qituvchio`tilgandarsniuygavazifasinitekshiradi,o`tilganmavzunimustahkamlashuchuntezkorsavollarberadi.

1.Saljuqiylar davlatiga kim va qachon asos solgan?2.Kichik Osiyoda yashagan o`g`uzlar kimga bo`ysunganlar?3.Saljuqiylar davlatida yerlar asosan kimlarning qo`lida bo`lgan? 4.Iqto yerlari kimlarga berilgan



III.Yangi mavzu bayoni: 1206- yilda qabilalar ittifoqi xonlarining qurultoyi Temuchinni Buyuk xon deb e'lon qilgan va u Chingizxon deb atala boshlangan. ,,Chingiz" Buyuk xonning unvoni hisoblanib, ,,dengiz", ,,okean" degan ma'nolarni anglatadi. Shu tariqa Osiyo qit'asida qudratli yangi bir davlat tashkil topgan. U ,,Yakka mo`g`ul ulusi" deb atalgan. Tarixda bu davlat Mo`g`ullar davlati deb ham, Chingizxon davlati deb ham yuritiladi.Chingizxon davlatni har biri ming oiladan iborat birlikka bo`lib idor etgan. Ularga Chingizxonga sadoqat bilan xizmat qilgan kishilar boshliq etib tayinlangan. Minglik o`z navbatida yuzlik va o`nlik oila birliklariga bo`lingan. Chingizxon katta istilochilik urushlari olib borish uchun zarur shart-sharoitni yarata olgan. Avvalo, 15 yoshdan 70 yoshgacha bo`lgan barcha erkak kishilar harbiy xizmatga yaroqli, deb belgilab qo`yilgan. Bu esa qo`shinning katta zaxirasini vujudga keltirish imkonini bergan. Ayni paytda mo`g`ullar a'lo darajadagi qo`shinga ega bo`lganlar. Bunga ular otsiz tasavvur qilib bo`lmaydigan ko`chmanchilik hayoti tufayli erishganlar. o`troq hayot kechirayotgan davlatlarning otliq qo`shini ularga bas kela olmas edi. Mo`g`ullar, shuningdek, Xitoyning ilg`or harbiy texnikasini ham puxta o`zlashtirib olgan edilar. Jumladan, ular devor teshadigan va o`t sochadigan qurollarga ham ega bo`lganlar. Chingizxon saralangan harbiy qism ham tashkil eta olgan edi.Va nihoyat, qo`shinda juda qattiq tartib, intizom o`rnatilgan, bu tartibni buzganlar ayovsiz jazolangan. Yuqorida qayd etilgan omillar Chingizxon va uning vorislariga istilochilik urushlari olib borish imkonini bergan. Chingizxon 1207- yildan 1227- yilgacha katta istilochilik urushlari olib bordi. Shu yillar ichida Janubiy Sibirni, Sharqiy Turkistonni, Shimoliy Xitoy, Xorazmshohlar imperiyasi hududlarini, Kavkazortining bir qismi, Dashti Qipchoq, Volgabo`yi va boshqa o`lkalarni bosib oldi. Shu tariqa Mo`g`ullar davlati o`z davrining ulkan imperiyalaridan biriga aylandi. Chingizxon 1224- yilda imperiyani to`rt nafar o`g`liga taqsimlab berdi.Katta o`g`li Jo`jiga Xorazm, Shimoliy Kavkaz va Janubiy Sibir hududlari berilgan. Ikkinchi o`g`li Chig`atoyga esa Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Movarounnahr tekkan. Mo`g`ullar davlatida Buyuk xon taxti hamda har bir ulusning o`zida ulus taxti uchun ayovsiz kurash davom etgan. III asrning 50- yillariga kelib Mo`g`ullar davlati parchalana boshlagan.Botuxon tuzgan Oltin o`rda, Xuloku tashkil etgan Eron davlati amalda mustaqil bo`lib olgan.

1348- yilda Chig`atoy ulusining o`zi ikki qismga bo`linib ketdi. Buyuk xon taxti uchun olib borilgan shafqatsiz kurashda Xuloku avlodlari o`qtoy avlodlarini butunlay qirib tashlagan.



IV.Mustahkamash:Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilarga ekranda rasmlar ko`rsatiladi.Ular rasmlarga qarab javob beradilar.

V.Baholash: Darsda faol qatnashgan,uyga vazifa bajargan,o`tilgan va yangi mavzuni mustah- kamlashda ishtirok etgan o`quvchilarbaholanadi.

VI.Uyga vazifa: Mavzu savollariga javob yozib

O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________ ____________

Sana: ______________Fan: Jahon tarixiSinfi: 7 ___ ____

Mavzu: Xitoy.

Maqsadlar: Ta`limiymaqsad:-o`quvchilarda Xitoy davlati haqida tasavvurni hosil qilish;

Tarbiyaviy maqsad: -o`quvchilarni o`z yurtini sevadigan, vatanparvar insonlar qilib tarbiyalash ;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, rivojlantirish

Tayanch kompetentsiyalar: Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Fanga oid kompetensiyalar: Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix faniningo‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;



Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi

Dars jihozi : darslik ,xarita , tarqatma materiallar _____________________________

Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: Salomlashish, davomataniqlanadi ,sinftozaligikuzatiladi, o`quvchilarbugunningJahondavaO`zbekistondagisiyosiyyangiliklaribilantanishtiriladi.

II.O`tilgan mavzuni takrstorlash: O`qituvchio`tilgandarsniuygavazifasinitekshiradi, o`tilganmavzunimustahkamlashuchuno`quvchilargasavollarberiladi.

1.Oltin Orda xonligi qay tariqa vujudga keldi?

2.Oltin O`rda boshqaruv tizimi haqida gapirib bering.

3.Oltin O`rda xonligida qanday soliq va majburyatlar joriy qilingan?

4.Oltin O`rda yuritgan tashqi siyosat haqida gapirib bering.

5.Amir Temur va Oltin O`rda haqida gapirib bering.



III.Yangi mavzu bayoni: Sun sulolasihukrtidorlari qanchalik urinmasin, mamlakat tarqoqligiga barham bera olmagan. Aksincha, u tobora kuchayib borgan. Natijada Xitoy amalda to`rtta davlatga bo`linib ketgan. Buning ustiga ko`chmanchi xalqlar hujumi ham imperiyani qiyin ahvolga solib qo`ygan. Oqibatda u zaiflashgan. Bu omil mo`g`ullar istilosini muqarrar qilib qo`ygan.1211- yilda mo`g`ullar Xitoyga hujum qilgan. Tez orada Shimoliy Xitoy bosib olingan. 1215yilda Pekin shahri egallangan. Mo`g`ullar Xitoyni to`la bosib olish uchun qariyb 70 yil vaqt sarflaganlar. Nihoyat, 1279- yilda Xitoy to`la bosib olingan. Bu bosqinchilik Chingizxonning nabirasi Xubilay (Tuluning o`g`li) tomonidan amalga oshirilgan. Oqibatda Sun imperiyasi barham topgan. Shu tariqa Xitoyda mo`g`ullar sulolasi hukmronligi o`rnatilgan. Bu sulola yuan sulolasi deb atalgan.Mo`g`ullar istilosi Xitoyga ham xarobalik keltirgan. Istilochilar Xitoy yerlarini o`z mollari uchun yaylovlarga aylantirganlar.1351- yilda Xitoyda mo`g`ullarzulmigaqarshi qo`zg`olon ko`tarilgan. Qo`zg`olonchilarning asosiy qismini dehqonlar tashkil etgan. Bu qo`zg`olon tarixga ,,qizil peshanabog`liklar" nomi bilan kirgan. Qo`zg`olonga rohib Chju Yuan Chjan rahbarlik qilgan. Qo`zg`olonchilar 1368- yilda Pekin shahrini ishg`ol qilganlar. Qo`zg`olon natijasida mo`g`ullar sulolasi hukmronligi barham topgan. Chju Yuan Chjan imperator deb e'lon qilingan. U Xitoy tarixida min sulolasi deb atalgan sulola hukmronligiga asos solgan. Minlar 1644- yilgacha hukmronlik qilganlar.Dehqonchilik va hunarmandchilikning taraqqiy etishi tashqi savdoning rivqjlanishiga sabab bo`lgan. Xitoyda tibbiyot ilmi ham rivojlangan. Chunonchi, Xitoy tibbiyoti kishilarni chechak kasalligiga qarshi emlashni kashf etganligi buning yorqin dalilidir. Xitoyda tarix ilmiga ham katta e'tibor berilgan. Bu xitoylarning o`z mamlakatlari tarixiga qiziqish bilan qarashlari natijasi edi. Xitoylarning bu qiziqishlari ularning: ,,O'tmish - kelajakning ustozi, shuning uchun o`tmishni unutma", - degan maqolida o`z ifodasini topgan edi. Imperatorlar tarix uchun barcha davlat hujjatlarining saqlanishiga alohida e'tibor berganlar. Xitoyda geografiya fani ham taraqqiy etgan. 62 kema va 30 ming dengiz harbiy jangchisidan iborat Xitoy harbiy dengiz floti yetti marta (1405 - 1433) harbiy dengiz ekspeditsiyasi uyushtirgan. Ularga admiral Chjan Xe qo`mondonlik qilgan edi. Bu ekspeditsiyalar natijasida Janubi-sharqiy va Janubiy Osiyo dengiz sohillarining mukammal xaritalari tuzilgan.

IV.Mustahkamash:Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar jadvalli topshiriq bajaradilar.



Sun sulolai hukmronligi davrida Xitoy

Yuan sulolasi hukmronligi davrida Xitoy

Min imperyasi davrida

Xitoy










V.Baholash: Darsda faol qatnashgan,uyga vazifa bajargan,o`tilgan va yangi mavzuni mustah- kamlashda ishtirok etgan o`quvchilarbaholanadi.

VI.Uyga vazifa: 37- mavzu savollariga javob yozib kelish.


O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________ ____________

Sana: ______________ Fan: Jahon tarixiSinfi: 7 ___ ____ ___

Mavzu: Yaponiya.

Maqsadlar:

Ta`limiymaqsad:-o`quvchilarda Yaponiya.tarixi haqida bilim berish;

Tarbiyaviy maqsad: -o`quvchilarni o`z yurtini sevadigan, vatanparvar insonlar qilib tarbiyalash ;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, rivojlantirish

Tayanch kompetentsiyalar: Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Fanga oid kompetensiyalar: Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix faniningo‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi,

Dars jihozi : darslik ,xarita , tarqatma materiallar _____________________________

Darsning borishi:

I.Tashkiliyqism:Salomlashish,davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklar ibilan tanishtiriladi.

II.O`tilganmavzunitakrstorlash:O`qituvchio`tilgandarsniuygavazifasinitekshiradi, o`tilganmavzunimustahkamlashuchuno`quvchilargasavollarberiladi.

1.Sun sulolasi davrida Xitoy iqtisodiyotining rivoji quyidagicha edi-…, 2.Panno - …,

3.Xitoyning yirik savdo va hunarmandchilik markazlari bular-…, 4.Xubilay xonligi davri-…, 5.1279-1368-yillar-…, 6. Min imperyasi-…, 7. Chjan Xe-… .

III.Yangi mavzu bayoni: VII asrdan boshlab Yaponiyada yer-mulk egaligi jamiyati vujudga kela boshladi. 646- yilda barcha yer davlat mulki deb e'lon qilingan. Aholi davlat chek yerlari egasiga aylangan. Ayni paytda yirik aslzodalarga davlat oldidagi xizmatlari uchun yer-mulklar in'om etila boshlangan. Bu yerlar syoen deb atalgan. Syoen otadan bolaga meros qoldiriladigan bo`lgan va soliqdan ozod etilgan.

XII asrda Yaponiyada imperator hokimiyati o`rnatilgan. U barcha yerning oliy mulkdori, deb e'lon qilingan. Shu jumladan, diniy hokimiyat ham uning qo`lida to`plangan edi. Imperatoraing qarindosh-urug`lari davlatda eng yuqori lavozimlarni egallaganlar. Ayni shu davrdan boshlab, Yaponiyada yirik yer egalari va harbiy yetakchilar xonadonlarining mavqei ham tobora kuchayib borgan. Bu xonadonlarning har biri tanho hukmronlikka intilganlar. Oqibatda tez orada ular o`rtasida qonli urushlar boshlangan. Harbiyfeodal xonadonlarning eng qudratlisi Minamoto xonadoni edi. U 1192yilda o`zining barcha asosiy raqiblarini tor-mor etgan. Uning samuraylari poytaxt Kioto shahrini egallagan. Vaqt o`tishi bilan samuraylarning bir qismi mayda harbiy yer egalariga aylanganlar. Asosiy qismi esa malakali asosda harbiy xizmatni davom ettirgan. Ular urushlarda qo`lga kiritilgan o`lja va syogun to`laydigan maosh hisobiga yashaganlar.Yaponiya madaniyatiga Xitoy madaniyati katta ta'sir ko`rsatgan. VIII - IX asrlar Yaponiyaning Xitoy va Koreya bilan madaniy aloqalari rivqjida alohida davr hisoblanadi.VIII asrda Yaponiyada dastlabki yozuv paydo bo`ldi.IX asrdan boshlab yapon iyeroglif alifbosi keng tarqala boshladi. Alifbe va yozuvning paydo bo`lishida monaxlar muhim rol o`ynashgan. Chunonchi, monaxlar Kibi Makibi va Kukaylar yapon alifbesining asoschilari hisoblanishadi. Dastlabki yozma yodgorlik namunasi ,,Qadimgi ishlar yilnomasi" deb ataladi.

Yaponiyada VIII asrdan boshlab boshlang`ich, o`rta va markaziy deb ataluvchi maktablar faoliyat ko`rsata boshlagan.X asr boshlariga kelib, tabiatshunoslikga oid dastlabki ensiklopediya nashr etilgan. Uning muallifi saroy dorishunosi Fukae Sukexito bo`lgan.Dehqonchilikning rivojlanishi astronomiya va meteorologiyaga oid bilimlarga bo`lgan ehtiyojni oshirgan. Ayni paytda yapon xaritashunosligi ham vujudga kelgan va rivojlangan. Ruhoniy Gyogu Bosasu Yaponiyaning birinchi xaritasini yaratgan. XII - XIII asrlarda kitob nashr etishda katta muvaffaqiyatlarga erishilgan. XIV asrdan Xitoy noshirlari Yaponiyaga kela boshlaganlar. Bu hodisa xususiy nashrlarning paydo bo`lishiga xizmat qilgan.XIV asrda yozilgan ,,Ilohiy monarxlik vorisligining haqqoniy tarixi" asarida xonadonlarning toj-taxt uchun kurashi o`z ifodasini topgan.

IV.Mustahkamash:Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar atamalar izohlaydilar.

Syoenlar, xanke, samuraylar, ryokalar, mikado , syogun , Minamoto

V.Baholash: Darsda faol qatnashgan,uyga vazifa bajargan,o`tilgan va yangi mavzuni mustah- kamlashda ishtirok etgan o`quvchilarbaholanadi.

VI.Uyga vazifa: mavzu savollariga javob yozib kelish.


O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________ ____________

Sana: ______________ Fan: Jahon tarixiSinfi: 7 ___ ____ ____

Mavzu: O‘rta asrlarda Koreya .

Maqsadlar:

Ta`limiymaqsad:-o`quvchilarga Koreya tarixi haqida bilim berish;

Tarbiyaviy maqsad: -o`quvchilarni o`z yurtini sevadigan, vatanparvar insonlar qilib tarbiyalash ;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, rivojlantirish

Tayanch kompetentsiyalar: Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Fanga oid kompetensiyalar: Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix faniningo‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi,

Dars jihozi : darslik ,xarita , tarqatma materiallar _____________________________

Darsning borishi:

I.Tashkiliyqism:Salomlashish,davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklar ibilan tanishtiriladi.

II.O`tilganmavzunitakrstorlash:O`qituvchio`tilgandarsniuygavazifasinitekshiradi, o`tilganmavzunimustahkamlashuchuno`quvchilargasavollarberiladi Syoenlar -…, xanke-…, ryokalar-…, samuraylar-…, mikado-…, syogun-…,

III.Yangi mavzu bayoni: «Tonggi tarovat» mamlakati. Choson (koreyscha, «Tonggi tarovat») ilk koreys davlatidir. Mazkur davlatning asoschisi afsonaviy Tangun hisoblanadi. Tang un Pxenyanda Choson qirolligiga asos solgan. Koreyslar Tangun davrini koreys xalqining tashkil topish davri deb hisoblashadi.O‘zaro kurashlar va xitoyliklar bilan bo‘lgan janglar mil. avv. I asrda Qadimgi Chosonni uch qirollikka – Pek che, Silla va Koguryoga bo‘linib ketishiga olib keldi. Uch qirollik davri. Koguryo davlatining tashkil topgan davri haqida tarixchi olimlar yagona fikrga kela olishmagan. Lekin u IV–V asrlarda Koreya yarimorolining shimoliy qis mi, qo‘shni Lyaodun yarimorolini egallagan yirik davlat bo’lgan. Koguryo qirolligining qo‘shini o‘zining jangovarligi bilan ajralib turgan. Ular birin-ketin qo‘shni hududlarni zabt etgan.O‘rta asrlarda pekchelik tabib, hunarmand va olimlar hozirgi Yaponiyaning ijtimoiy va mad aniy hayoti asoslari shakllan ishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Hattoki, pekchelik olim Van In Yaponiya taxt vorisi bo‘lgan shahzodaga us-tozlik qilgan. Pekche sulolasi hukmdorlari orqali Koreyaga xitoy yozuv va iyerogliflari hamda buddizm kirib keladi.Silla qirolligi Koreya yarimorolining janubi-sharqida joylashgan. Dastlab Uch qirollik ichida Silla qirolligi eng zaifi va kam taraqqiy etgani edi. Silla qirolligi 668-yilda Xitoydagi Tan sulolasi bilan ittifoq tuzib, Koreya yarimorolini o‘z hok imiyati ostida birlashtirdi. Lekin Koreya Xitoyga boj-yasoq to‘lab turgan. Mamlakatning birlashuvi Koreyada yer egaligi munosabatlarining uzil-kesil shaklla-nishida katta ahamiyat kasb etadi. O‘zaro urushlarga chek qo‘yilishi, qo‘shni davlatlar bilan tinchlik o’rnatilishi mamlakatda ishlab chiqarish kuchlari rivojiga yo‘l ochadi.VIII asr o‘rtalarida Silla qirolligin ing oltin davri boshlandi. Ushbu davrda davlat o‘z taraqqiyoti va qudr atining cho‘qqisiga erishadi.Koryo qirolligi. Lashkarboshi Van Gon tomonidan Koryo sulolasi (918–1392)ga asos solingan. Ushbu davlat poytaxti Sonak shahri (hozirgi Shimoliy Koreyadagi Keson) bo‘lgan. Koreya nomi Koryo nomidan kelib chiqqan. Van Gon o‘z oldiga Koguryo qirolligining shimoli-sharqiy Xitoyda yo‘qotgan hududlarini qaytarib olish vazifasi ni qo‘yadi. Biroq ushbu vazifa amalga oshirilmay qoladi.

IV.Mustahkamash:Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar jadval to`ldiradilar.

Koreyadagi qirolliklar hukmronligi davriga baho bering.



Choson qirolligi davri

Parxe qirolligi davri

Silla qirolligi davri

Koryo qirolligi davri












Mustaqil jadval to`ldirgan o`quvchilar baholanadi.

V.Baholash: Darsda faol qatnashgan,uyga vazifa bajargan,o`tilgan va yangi mavzuni mustah- kamlashda ishtirok etgan o`quvchilarbaholanadi.

VI.Uyga vazifa: mavzu savollariga javob yozib kelish.

Bugungi Koreya haqida va Koreya - O`zbekiston munosabatlari haqida ma`lumot to`plab kelish.

O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________ __________

Sana: ______________Fan: Jahon tarixi Sinfi: 7 ___ ____ ____

46- dars. Mavzu: Hindiston

Maqsadlar:

Ta`limiymaqsad:-o`quvchilarda Dehli sultonligining tashkil topishi, uning hukmdorlari haqida bilim berish;

Tarbiyaviy maqsad: -o`quvchilarni o`z yurtini sevadigan, vatanparvar insonlar qilib tarbiyalash ;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, rivojlantirish

Tayanch kompetentsiyalar: Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Fanga oid kompetensiyalar: Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix faniningo‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi,

Dars jihozi : darslik ,xarita , tarqatma materiallar _____________________________

Darsning borishi:

I.Tashkiliyqism:Salomlashish,davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklar ibilan tanishtiriladi.

II.O`tilganmavzunitakrstorlash:O`qituvchio`tilgandarsniuygavazifasinitekshiradi,O`quvchilarKoreyadahukmronlikqilgansulolalarnominivashusuloladabo`lgano`zgarishlarnidaftargayozibko`rsatadilar.

Namuna: Tangun davri – koreys xalqining tashkil topishi davri bo`ldi.



III.Yangi mavzu bayoni:XI asrda Shimoliy Hindiston g`aznaviylar davlatiga bo`ysundirilgan. Shu tariqa Shimoliy Hindiston g`aznaviylar davlatining bir viloyatiga aylangan.

1206- yilda g`aznaviylar noibi Qutbiddin Oyboq Shimoliy Hindistonni mustaqil deb e'lon qilgan. Bu yangi davlat Dehli sultonligi deb atalgan. Dehli shahri sultonlik poytaxti etib belgilangan.

XIII asr oxiri - XIV asr boshlarida Dehli sultonligi yanada kengaygan. Bu ulkan davlat viloyatlarga bo`lib boshqarilgan.Dehli sultonligida ham barcha yerlar davlatning mulki hisoblangan. Yerlarning ma'lum qismini sulton iqto` sifatida in'om etgan. Iqto` yerlar musulmon zodagonlariga harbiy xizmatlari uchun berilgan. Iqto`dor boyligining asosiy qismini iqto` yerlarida yashovchi aholidan olinadigan soliq tashkil etgan. Shuningdek, xolisa yerlar ham bo`lib, u sultonga qarashli bo`lgan. Undan yig`ilgan soliq sultonlik xazinasiga tushgan.Ayni paytda mahalliy knyazliklar saqlanib qolingan. Rojalar ularni amalda mustaqil idora etganlar. Ularning Dehli sultonligiga qaramligi belgilangan soliqni to`lab turishdan iborat bo`lgan.

Bir tomondan, viloyatlar markaziy hokimiyatgabo`ysunmaslikka intilar edilar. Ikkinchi tomondan, sulton mustaqillikka intilayotgan vassal hind rojalariga qarshi muttasil urush olib borishga majbur bo`lgan.

Bu urushlar jamoachi dehqonlardan olinadigan soliqlarning yanada oshirilishiga olib kelgan. Hosilning 1/4 qismi hajmida soliq to`lagan jamoachi dehqonlar endilikda 1/2 qismi hajmida to`lashga majbur etilgan. Bu sultonlikdagi ichki vaziyatni yanada keskinlashtirgan.XIV asrning 30- yillariga kelib, aholi hatto 1/4 hajmdagi soliqni ham to`lay olmay qolgan.Muttasil yetti yil davom etgan qurg`oqchilik iqtisodiyotni butunlay xonavayron qilgan. Mamlakatda ocharchilik yuz bergan. Ana shunday bir sharoitda 1398- yilda Amir Temurning Hindistonga yurishi boshlangan. Tajribali sarkarda Amir Temur hech bir qarshiliksiz Dehlini egalladi, sultonlik tobe etildi. Amir Temurning oldida Usmonli turklar imperiyasiga qarshi kurash vazifasi turganligi uchun u tez orada Samarqandga qaytdi. Shunday bir sharoitda Dehli sultonligi yana avvalgi qudratini tiklashi mumkindek edi. Biroq o`zaro ichki urushlar bunga imkon bermagan. Mamlakatda tarqoqlik tobora kuchaya borgan. Dehli sultoni Buyuk sulton hisoblansa-da, amalda oddiy bir davlat hukmdoriga aylanib qolgan. o`zaro urushlar natijasida sultonlikda hokimiyat sayyidlarsulolasi qo`liga o`tgan (1414 - 1451). Biroq bu sulola hokimiyat tepasida uzoq tura olmagan.1451- yildan hokimiyatni afg`onlar qabilasi boshlig`i Bahlul Lodi boshqara boshlagan. Yangi sulola to Zahiriddin Muhammad Boburning Hindistonni egallaguniga qadar (1526- yil) hukmronlik qilgan.

IV.Mustahkamash:Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar jadval to`ldiradilar.

Dehli sultonlarining siyosatini taqqoslang.


Qutbiddin Oyboq

Shamsiddin Eltutmish

Alouddin Xiljiy

Muhammad Tug`luq

Feruzshoh Tug`luq

Mahmud

















V.Baholash: Darsda faol qatnashgan,uyga vazifa bajargan,o`tilgan va yangi mavzuni mustah- kamlashda ishtirok etgan o`quvchilarbaholanadi.

VI.Uyga vazifa: 40- mavzu savollariga javob yozib kelish.

O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________ ____________

Sana: ______________ Fan: Jahon tarixiSinfi: 7 ___

47- dars. Mavzu: O`rta asrlarda Amerika

Maqsadlar:

Ta`limiymaqsad:- quvchilargao`rtaasrlardaAmerikaxalqiningxo`jaliktaraqqiyotiMayyalar,asteklar,inklardavlatihaqidama`lumotberish Tarbiyaviy maqsad: -o`quvchilarni o`z yurtini sevadigan, vatanparvar insonlar qilib tarbiyalash ;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, rivojlantirish

Tayanch kompetentsiyalar: Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Fanga oid kompetensiyalar: Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix faniningo‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;



Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi,

Dars jihozi : darslik ,xarita , tarqatma materiallar _____________________________

Darsning borishi:

I.Tashkiliyqism:Salomlashish,davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklar ibilan tanishtiriladi

II.O`tilgan mavzuni takrstorlash: O`qituvchio`tilgandarsniuygavazifasinitekshiradi,o`tilganmavzunimustahkamlashuchuno`quvchilar 3 guruhgabo`linadivatopshiriqberiladi.

1-guruh: Dehli sultonligining tashkil topishi haqida ma`lumot bering

2-guruh: Dehli sultonligida yer egaligi haqida ma`lumot bering.

3-guruh: Dehli sultonligi XIV-XV asrlarda.

Guruhlar tagdimot qiladilar ,o`qituvchi kamchilikni to`ldirib boradi.Eng faol guruh aniqlanib, rag`batlantiriladi.

III.Yangimavzubayoni: Amerikaning tub aholisi hindular deb ataladi. Bu aholi hozir ham mavjud. Ularning ajdodlari bir necha o`n ming yillar avval Osiyodan Bering bo`g`ozi orqali Amerikaga kelib qolgan. Hindular o`rta asrlarda ham urug`chilik tuzumida yashar edilar. Ko`pdan-ko`p hindu xalqlari orasida mayya, atstek va ink xalqlari xo`jalik hamda madaniyjihatdan boshqalardan ustun edilar. Aholining ko`pchilik qismi ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirishgan.

Biroq Shimoliy Amerikaning janubida, Markaziy va Janubiy Amerika qirlari hamda tog`larida dehqonchilik ham rivojlangan. Dehqonlar toshboltalarda o`rmon kesib, daraxtlarni yoqib, yer ochishgan. Yerni yog`och so`qalar bilan ag`darib yumshatishgan. Ilgari paytlarda yevropaliklarga ma'lum bo`lmagan makkajo`xori, kartoshka, kungaboqar, pomidor, kakao, tamaki kabi ekinlarni o`stirishgan. Qit'aning kattagioa, qismida hayvonlarni ishga o`rgatishni bilishgan. Amerikada otlar yo`q edi. Faqat shimolda itlarni, lamaga o`xshash tuyalarni qo`lga o`rgata boshlashgan. Parrandalardan kurka va o`rdaklarni boqishgan.Markaziy Amerikaning Yukatan yarim orolida, qalin chakalakzorlar orasida mayyalar yashardi. Yerlar jamoalarga tegishli edi. Jamoalar o`zlariga qarashli oilalarga o`rmondan tozalangan bo`liq yerlarni foydalanish uchun berardi. Milodning birinchi ming yilligida mayyalarda shahar-davlatlar vujudga keldi. Har bir shaharga ,,Ulug` inson" hukmdorlik qilardi. Inklar davlati XII asrda tashkil topgan. Inklar qo`shni qabilalarni zabt etganlar. Davlat tepasida cheklanmagan hukmdor Oliy Inka turardi. Oliy Inkaning yaqin qarindoshi bo`lgan erkaklar o`zlarini ,,Quyosh o`g`illari" deb atashardi. Bunga inklarning quyoshni bosh xudo deb hisoblashlari sabab bo`lgan. ,,Quyosh o`g`illari" davlatda yuqori lavozimlarni egallaganlar. Bo`ysundirilgan davlatlar xalqlari ularga to`la itoat etib, inklar tilida gaplashishgan va inklarning qonunlari, rasmrusumlari asosida yashashgan.Aholi jamoa bo`lib yashar, har bir jamoa dehqon oilalaridan iborat edi. Hokimiyat ruxsatisiz jamoa a'zosi qishloqdan tashqariga chiqolmasdi.,,Quyosh o'g`illari"ning bolalari maxsus maktablarda o`qishardi. Hali yozuv yo`q paytlarda bolalar inklar dini, boshqarish tartiblari, qonunlari va urf-odatlari haqidagi ma'lumotlarni yodlab o`rganishardi. Me'morlar ibodatxonalar, qasrlar, qal'alar qurishardi. Inklarning asosiy qal'asi - Kusko baland qoyalikka qurilgan. Bu qal'a shaharlar bilan yerosti yo`llari orqali birlashtirilgan bo`lgan.

IV.Mustahkamash:Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar jadval to`ldiradilar.

Amerika davlatlarini qiyoslang.


Mayyalar davlati

Asteklar davlati

Inklar davlati








V.Baholash: Darsda faol qatnashgan,uyga vazifa bajargan,o`tilgan va yangi mavzuni mustah- kamlashda ishtirok etgan o`quvchilarbaholanadi.

VI.Uyga vazifa: 41- mavzu savollariga javob yozib kelish.

O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________ ____________

Sana: ______________ Fan: Jahon tarixiSinfi: 7 ___ ____ ____

48- dars. Mavzu: Afrika xalqlari o’rta asrlarda.

Maqsadlar:

Ta`limiymaqsad:-o`quvchilarga O`rta asrlarda Afrika xalqining xo`jalik taraqqiyoti Gana,Mali,Songai,Aksum davlatlari haqida ma`lumot berish,

Tarbiyaviy maqsad: -o`quvchilarni o`z yurtini sevadigan, vatanparvar insonlar qilib tarbiyalash ;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, rivojlantirish

Tayanch kompetentsiyalar: Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Fanga oid kompetensiyalar: Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix faniningo‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi,

Dars jihozi : darslik ,xarita , tarqatma materiallar _____________________________

Darsning borishi:

I.Tashkiliyqism:Salomlashish,davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi



II.O`tilganmavzunitakrstorlash: O`qituvchio`tilgandarsniuygavazifasinitekshiradi, o`tilganmavzunimustahkamlashuchuno`quvchilar 3 guruhgabo`linadivatopshiriqberiladi.

1-guruh: Mayyalar davlati haqida ma`lumot bering

2-guruh: Asteklar davlati haqida ma`lumot bering

3-guruh: Inklar davlati haqida ma`lumot bering

Guruhlar tagdimot qiladilar ,o`qituvchi kamchilikni to`ldirib boradi.Eng faol guruh aniqlanib, rag`batlantiriladi.

III.Yangi mavzu bayoni: Reja:1.Afrika aholisi va xo`jaligi. 2.Afrikaning dastlabki davlatlari.Gana 3.Mali davlati. 4.Songai davlati. 5.Aksum davlati. 6.Afrika madanyati.

Afrikaning tropik o`rmonlarida pigmeylar, bushmenlar kabi turli qabilalar yashashardi. Ular ovchilik bilan shug`ullanishgan. Nayza, kamon va o`q-yoy bu qabilalarning asosiy qurollari edi. Afrikaning eng qadimiy davlatlaridan biri Gana edi. Oltin va tuz savdosi bu davlatga juda katta "daromad keltirgan. Gana kamonchilar va suvoriylardan iborat qo`shinga ega bo`lgan. XI asr oxirida arablarning Marokash sultonligi Gana poytaxtini bosib olgan va vayron qilgan. Gana shohi sultonga xiroj to`lab turishga majbur etilgan. Zodagonlari islom dinini qabul qilgan. Tez orada mustaqillikka erishgan Ganani keyinchalik Mali davlati o`ziga tobe etgan. Malining gullab-yashnashi XIII asrga to`g`ri keladi. Kuchli qo`shini bo`lgan Mali hukmdori karvon yo`llari va oltin qazib oladigan qo`shni yurtlarni bosib olgan. Hukmdor va uning yaqinlari islom dinini qabul qilishgan. Shundan so`ng Mali shaharlariga Shimoliy Afrikadan kelgan musulmon savdogarlari joylasha boshlagan.XV asrda Mali butunlay inqirozga uchradi.. Afrika xalqlarida ko`pgina qadimiy afsona va ertaklar saqlanib qolgan. UJar qimmatli tarixiy manbalar bo`lib ham xizmat qiladi. Ayniqsa, g`arbiy Sudan xalqiari madaniyati rivojlandi. Islom qabul qilinganidan keyin bu yerda arab mamlakatlari me'morlari machitlar, saroylar, qasrlar, jamoat binolari (kasalxona, hammom, istirohat bog`lari va boshqalar) qurganlar. Musulmon maktab, madrasalari ishga tushirilgan. Tombuktu madrasasida ilohiyot bilan birga tarix, fiqh (qonunchilik), matematika, astronomiya ham o`qitilgan. Afrikaliklar san'atda katta muvaffaqiyatlarga erishganlar. Yog`och va jezdan yasalgan haykallar va niqoblar ifodaviyligi bilan kishilarni hayratga solgan. Benindagi shoh saroyi zallari va galereyalarida podsholaru a'yonlarning jez lavhalarga ishlangan bo`rtma rasmlari topilgan. Bu lavhalarda ov, urush, saroy hayoti sahnalari aks ettirilgan.

IV.Mustahkamash:Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilar jadval to`ldiradilar.

Afrika davlatlarini qiyoslang.



Mali

davlati


Songai davlati

Aksum davlati








V.Baholash: Darsda faol qatnashgan,uyga vazifa bajargan,o`tilgan va yangi mavzuni mustah- kamlashda ishtirok etgan o`quvchilarbaholanadi.

VI.Uyga vazifa: Mavzu savollariga javob yozib kelish

O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________ ____________
Sana: ______________Fan: Jahon tarixiSinfi: 7 ___ ____ ____

49- dars. Mavzu: Osiyo,Amerika va Afrika xalqlari madanyati

Maqsadlar:

Ta`limiymaqsad:-o`quvchilarda o`quvchilarga O`rta asrlarda Afrika xalqining madanyati haqida bilim berish;

Tarbiyaviy maqsad: -o`quvchilarni o`z yurtini sevadigan, vatanparvar insonlar qilib tarbiyalash ;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, rivojlantirish

Tayanch kompetentsiyalar: Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;

Fanga oid kompetensiyalar: Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix faniningo‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi,

Dars jihozi : darslik ,xarita , tarqatma materiallar _____________________________

Darsning borishi:

I.Tashkiliyqism:Salomlashish,davomat aniqlanadi ,sinf tozaligi kuzatiladi, o`quvchilar bugunning Jahonda va O`zbekistondagi siyosiy yangiliklar ibilan tanishtiriladi.



II.O`tilgan mavzuni takrstorlash: O`qituvchio`tilgandarsniuygavazifasinitekshiradi, o`tilganmavzunimustahkamlashuchuno`quvchilarguruhlargaajratiladi.

III.Yangi mavzu bayoni:

Usmonlilar jamiyatida XV asr oxirida mad an iyatning turli sohalari ravnaq topdi. Mamlakatda shoira Mehri xotun va shoir Mulla Mahmud kabi qator iqtidorli shoirlar yetishib chiqdi. Turk me’morchiligi turli mamlakatlardan keltirilgan usta – quruvchilar tajribasidan foydalanib yuksala borgan. Millati yunon bo‘lgan Xoja Sinon qurgan ajoyib me’morchilik durdonalari uni

butun jahonga tanitdi. U o‘z faoliyati davrida 300 dan ortiq inshootlar: masjidlar, madras alar, saroylar, favvoralar, hammom va ko‘pr iklar qurilis higa boshchilik qilgan.Fanning turli sohalari ichida geografiyaning taraqqiyoti, ayniqsa, e’tiborga molikdir. Turkiyalik dengiz sayyohi Piri Raisning asarlari, uning O‘rta, Qora va Egey dengizlari atlasi – «Bahriya» dunyo fanidagi katta yutuq edi. Evliya Chalabiyning Yevropa manbalari asos ida bitilgan ko‘p jildli «Sayo hatnoma» va Xoja Xa lifaning «Jahonnoma» asarlarida arab va jahonning turli mamlakatlari haqida bayon qilinadi.Koreys madaniyati. Sechjon Buyuk (1418–1450) soliq tizimida islohot o‘tkazadi, davlat boshqaruvini tak omill ashtirib boradi. Uning davrida koreys madaniyati va san’ati gullab yashnaydi. Ilk bor milliy koreys universitetiga asos solinib, unda mumtoz xitoy adabiyoti o‘rgatilgan. Budda ibodatxonasi hisoblangan – Pulguksa quriladi. Qirol Sechjon mamlakatning don ishmand va iqtidorli hukmdori bo‘lgan. Uning boshqaruvi davrida maorif, ilm-fan va qishloq xo‘jaligida ulkan muvaffaqiyatlarga erishiladi. Mаyyalаrning iqtisоdiy-mаdаniy tаrаqqiyoti milоdiy аsr bоshlаridа yozuvni yarаtish imkоnini bеrаdi. Kоhinlаr qilq аlаm bilаn iyеrоgliflаrni bitib, rаsmlаr bilаn bеzаtgаn.Mаyyalаr hаyotidа kоhinlаr muhim o‘rin tutgаn. Ulаr jаmоа a’zоl аrigа dеhqоnchilik ishlаrini bаj аrish muddаtlаrini bеlgilаb bеrgаnl аr. Mаyyalаr eng аniq tаqvimlаrdаn birini yarаtgаnlаr. Mаtеmаtikаgа «nоl»ni anglatuvchi belgi mаyy alаr tоmоnidаn hindl аrdаn hаm avval kiri-tilgаn. Mаmlаkаt pоytахti – Chi chеnItsаdа rаsаdхоnа qurilgаn. Undа kоhinlаr sаyyorаl аrning Quyosh tеvаrаgidа аylаnishi vаqtini hisоblаb chiqqаnlаr hamda Quyosh vа Оyning tutilishini

оldind аn аytib bеrа оlgаnlаr.



IV.Mustahkamlash: Guruhlarga ajratilib topshiriq beriladi.

1-guruh: Dashti Qipchoq -...,Yettisuv -..., Ulus –...

2-guruh: Kalon - ... , Noyon - ... , Qopchur -...

3-guruh: Ekspeditsiya -..., Hindi-Xitoy - ..., Moliyaviy inqiroz -...

Guruhlar baholanib boradi.

V.Baholash: Darsda faol qatnashgan guruh va o`quvchilar ,uyga vazifa bajargan,o`tilgan va yangi mavzuni mustahkamlashda ishtirok etgan o`quvchilarbaholanadi.

VI.Uyga vazifa: Jadval to`ldirish.


Davlat nomi

Yer egaligi shakllari

Madanyati

Yashash tarzi

Xitoy










Yaponya










Afrika










Amerika









O`.T.I.B.D.O` __________________ ____________ _________




Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling