Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rekrutmentning vazifalari
- Reklama bosqichi
- Keng tanlov bosqichi
- Nomzodni baholash bosqichi
- Yakuniy nomzodlarni taqdim etish bosqichi
- Nomzodlarni tanlash bosqichi
- Ishga qabul qilish va ro‘yxatdan o‘tish bosqichi
- Yangi xodimni moslashtirish bosqichi
Klassik rekrutment
bu o‘rta darajali xodimlarni va malakali ishchilarni qidirish va tanlash usuli. Ushbu usulning o‘ziga xos xususiyati bu keng qamrovli qidirishdir. Qidiruv mehnat bozorini o‘rganish, bo‘sh ish o‘rinlari reklamasi asosida olib boriladi. Klassik rekrutment usuli bo‘yicha kadrlar tanlash texnologiyasi quyidagi asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi: - Kerakli mutaxassisni topish uchun so‘rovni shakllantirish bosqichi Xaridor bilan batafsil muzokaralar olib borish, vazifalar va vakolatlarni to‘g'ri shakllantirish - qidirish va tanlash jarayonida muvaffaqiyat kaliti. Shu sababli, ushbu bosqichda rekruterlar mijoz bilan yaqin aloqalarni o‘rnatadilar. Klassik rekrutment texnologiyasining birinchi Rekrutmentning vazifalari * Korxona/tashkilotga kerakli ishlarni bajarishga qodir motivatsiyalangan mutaxassislarni jalb qilish; *Ichki va tashqi kadrlar zaxirasini ta'minlash (ya'ni tegishli lavozim paydo bo'lganda nomzodlarni tez va samarali tanlash imkoniyatini ta'minlash). 19 bosqichida rekruterlar mijoz bilan uchrashadi. Muzokaralar jarayonida nomzodga qo‘yiladigan asosiy talablar aniqlanadi va buyurtmachi kompaniyaning tashkiliy tuzilishi muhokama qilinadi. Rekruter ushbu bo‘sh ish uchun mehnat bozorini o‘rganish natijalari, shuningdek ushbu loyiha uchun ishlar quiymati haqida hisobot beradi. Kelishuvga erishilgach, shartnoma imzolanadi. - Reklama bosqichi Buyurtmachi kompaniyadan olingan bo‘sh ish talablari asosida "nomzodlarni qidirish xaritasi" tuziladi, ya'ni zarur mutaxassislarni izlash yo‘llari va manbalari rejalashtiriladi. Ushbu bo‘sh ish uchun malakali reklama tayyorlanadi, unda asosiy talablarga javob bermaydigan nomzodlar elakdan o‘tadi, boshqa tomondan, iloji boricha ko‘proq nomzodlarning e'tiborini jalb qilinadi. Ushbu e'lon agentlik veb-saytida, bandlik saytlarida va OAV bosma nashrlarda joylashtiriladi. - Keng tanlov bosqichi Ushbu bosqichda "qidirish xaritasi"ga ko‘ra nomzodlarni keng qidirish amalga oshiriladi. Bunda odatda agentlik ma'lumotlar bazasi, Internet resurslari va bosma ommaviy axborot vositalari manba bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu bosqichda rezyume tahlili, telefon orqali intervyu va rekruter bilan intervyu amalga oshiriladi. - Nomzodni baholash bosqichi Potentsial nomzodlar bilan suhbat o‘tkazgandan so‘ng, rekruter tomonidan nomzodning anketa ma'lumotlari, bilimlari, ko‘nikmalari, shaxsiy ma'lumotlari buyurtmachining talablariga muvofiqligi, shuningdek nomzodning shaxsiy kutilmalari uni yollash shartlariga va nomzodning shaxsiy uslubi korporativ uslubiga mos kelishini ma’lumotlari tahlil qilinadi. Nomzodlarni baholash asosida rekruter uni mijozga topshirish haqida qaror qabul qiladi. Ushbu bosqichda avvalgi ish joylaridan nomzodlar uchun tavsiyalar to‘planadi. - Yakuniy nomzodlarni taqdim etish bosqichi Buyurtmachiga taqdim etish uchun tanlangan har bir nomzod uchun rekruting agentligining shaklidagi rezyume tuzilib, rekruterning kuzatuv xati va oldingi ishlardan olingan tavsiyalar bilan birga buyurtmachiga yuboriladi. Qoidaga ko‘ra, rekruter ushbu nomzodlarning mijoz bilan suhbatini tashkil qiladi. - Nomzodlarni tanlash bosqichi Ushbu bosqichda rekruter mijozga yakuniy nomzodlar bilan samarali muloqotni o‘rnatishga yordam beradi. Ushbu bosqichning natijasi mijoz tomonidan yakuniy nomzodni tanlashdir. 20 - Ishga qabul qilish va ro‘yxatdan o‘tish bosqichi Ushbu bosqichda nomzodni ishga chiqish sanasi kelishib olinadi, rekruter nomzodga ishga rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlar to‘g'risida maslahat beradi. Ushbu bosqich nomzodning ishga chiqishi bilan tugaydi. Shu bilan, klassik rekrutment usuli xizmatlari narxi to‘lanadi. - Yangi xodimni moslashtirish bosqichi Mijoz kompaniyasida nomzodning moslashuv davri muvaffaqiyatli o‘tishi uchun, rekruter mijoz va yollangan nomzod bilan doimiy aloqada bo‘lib, ishonchli aloqalarni ta'minlaydi. Rekruter kafolat muddati davomida ishdan bo‘shatilgan nomzodni kafolatli bepul almashtirishni ta'minlaydi, u mijoz bilan individual ravishda kelishib olinadi va bu 3 oydan 6 oyni tashkil etishi mumkin. Download 4.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling