Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
To‘g'ridan-to‘g'ri
qidirish (inglizcha executive search) - bu faqat yuqori boshqaruv lavozimlarida ishlashga qodir yuqori malakali va yuqori maoshli mutaxassislarga, shuningdek talabi taklifidan oshib ketadigan faoliyatning noyob sohalaridagi mutaxassislarga qaratilgan rekrutment yo‘nalishidir. To‘g'ridan-to‘g'ri qidiruv faol qidiruvda bo‘lgan nomzodlar orasida ham, boshqa kompaniyalarda muvaffaqiyatli ishlayotganlar orasida ham amalga oshiriladi. To‘g'ridan-to‘g'ri qidirishning asosiy vositalari: ochiq manbalar, tavsiyalar, rekruting agentligida dastlabki tanlovdan o‘tgan top menejerlarning shaxsiy ma'lumotlar bazasi. Shuni ta'kidlash kerakki, qimmatbaho mutaxassislar, qoidaga ko‘ra o‘zlarining rezyumelarini ochiq manbalarga joylashtirmaydilar. Executive search uchun mehnat harajatlari klassik rekrutmentga qaraganda 3 baravar yuqori, chunki talab qilinadigan mutaxassislar ish izlamaydilar, o‘zlari haqida ma'lumotni nashr qilmaydilar va reklamalarga javob bermaydilar. Natijada, to‘g'ri nomzodlarni qidirish va saralash kamida 2-6 oyni, ba'zi hollarda taxminan 1 yilni oladi. To‘g'ridan-to‘g'ri qidirish natijasida topilgan xodim uchun kafolatli yordam - kamida 6 oy. Nomzodlarni to‘g'ridan-to‘g'ri izlash bosqichlarining mantiqiy ketma- ketligi 2.2.1 – rasmda berilgan. Odatda, buyurtmachi kompaniyalar donor kompaniyalarning 40 foizidan ko‘prog'ini bilishmaydi. Ushbu ma'lumotni reytinglardan, OAVdagi nashrlarni tahlil qilishdan, sanoat ko‘rgazmalarida, shuningdek, etakchi kompaniyalar xodimlaridan intervyu olish orqali olish mumkin. To‘g'ridan-to‘g'ri qidirish qiymati mutaxassisning yillik daromadining 15-20 foizini yoki uning yillik ish haqining 30-35 foizini tashkil etadi. Qoidaga ko‘ra, xizmatlar uchun to‘lov ikki bosqichda amalga oshiriladi - qisman oldindan to‘lov (qaytarib berilmaydi) va qo‘shimcha xarajatlarni to‘lash. Nomzodni topish ehtimoli 60% dan ortiq. Download 4.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling