28
nomzodning o‘rtacha yillik daromadining 12 foizini tashkil etadi. Agar
o‘rtacha oylik daromadning katta qismi foizlar yoki bonus ko‘rinishidagi
tarkibiy qismlaridan kelib chiqsa, u holda belgilangan shartnoma qiymati
o‘rnatiladi. Rekruting agentligi asosan ish bilan band bo‘lganlarning
miqdoriy ko‘rsatkichlariga e'tibor qaratadi. O‘z
navbatida, nomzodni
muvaffaqiyatli tanlashning narxi katta bo‘lishi mumkin.
2.1-jadvalda klassik rekrutment xizmatlarining loyihaviy qiymati
ko‘rsatilgan.
2.1-jadval – N rekruting agentligida mutaxassislar va o‘rta
menejerlarni
tanlash uchun taxminiy narxlar ro‘yxati
Klassik rekrutment
Narx
Buyurtma monitoringi va motivatsiya tizimini
ishlab chiqish
0
ish haqi
Reklama joylashtirish
0.03 ish haqi
Ochiq manbalar bo‘yicha qidirish
0.1 ish haqi
Ma'lumotlar bazasi bo‘yicha qidirish
0.14 ish haqi
Telefon
orqali intervyu
0.2 ish haqi
Shaxsiy intervyu
0.7 ish haqi
Tavsiyalar to‘plash
0.1 ish haqi
Nomzodning ishga chiqishi va 1
oylik kafolat
0.8 ish haqi
Klassik rekrutment texnologiyasidan foydalanganda,
provayder
agentligi tajribasiga qarab, natija 10-40% ni tashkil qiladi.
Klassik rekrutmentda, shartnomaga muvofiq xodimni bepul
almashtirish uchun kafolat muddati - 3 oy.