Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
Rekruting xizmatining tarkibiy qismi
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
1.5. Rekruting xizmatining tarkibiy qismi Rekruting xizmati (ingliz tilidan recruitment service) – bu provayder agentligining pullik asosda buyurtmachi-kompaniyalar uchun xodimlarni izlash va tanlash bo‘yicha vositachilik xizmati. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida kadrlar xizmatlari ro‘yxati tavsifi keltirilgan. Masalan, faoliyat turlari bo`yicha xizmatlarning umumdavlat tasniflagichi (FTBXUT) da quyidagi xizmatlar keltirilgan: Guruh 74.5 - Ishga yollash va saralash bo‘yicha xizmatlar; Sinf 74.50 - Ishga yollash va saralash bo‘yicha xizmatlar; 74.50.1 - Xodimlarni lavozimga belgilash xizmatlari; 74.50.11 - Ijrochi (boshqaruv) xodimlarni qidirish xizmatlari; 74.50.12 - Idora yordamchi personali va boshqa xodimlar lavozimlariga belgilash xizmatlari; 74.50.2 - Personal bilan ta’minlash xizmatlari; 24 74.50.21 - Idora yordamchi personali bilan ta’minlash xizmatlari; 74.50.22 - Uy xizmatchilari bilan ta’minlash xizmatlari; 74.50.23 - Savdo va sanoat ishchilari bilan ta’minlash xizmatlari; 74.50.24 - Bemorlarni parvarish qilish uchun personal bilan ta’minlash; xizmatlari; 74.50.25 - Boshqa personal bilan ta’minlash xizmatlari; Shuningdek iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi (IFUT) da xizmatlar bo‘yicha umumiy ma’nodagi tushuncha berilgan: 78.10.0 – Ishga joylashtirish bo‘yicha agentliklar faoliyati; 78.20.0 – Vaqtincha ishga joylashtirish bo‘yicha agentliklar faoliyati; 78.30.0 – Xodimlar bilan ishlash bo‘yicha boshqa tashkilotlar faoliyati. Kadrlar saralash bo‘yicha maslahatchilar uyushmasi tomonidan taqdim etilgan kadrlar xizmatlarining nomenklaturasi bu bo‘shliqni to‘ldirishga imkon beradi, chunki u uchta guruhga bo‘lingan rekruting xizmatlarining ba’zi turlarini aks ettiradi: 1) personalni saralash (ommaviy saralov, to‘g'ridan-to‘g'ri qidirish, mintaqaviy personalni saralash, chet el ishchi kuchlarini saralash, vaqtincha xodimlarni saralash va hk); 2) personalni baholash (sirli sotuvchi, xodimlarni baholash / attestatsiya qilish, poligrafiyadagi tadqiqotlar, rivojlanayotgan assessment markaz); 3) qo‘shimcha xizmatlar (ta'lim/treninglar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kadrlar auditi, kadrlar bo‘yicha maslahat, abonent xizmat ko‘rsatish, mehnat bozorini o‘rganish, ish haqi tahlili, korporativ tadbirlarni tashkil etish). Turli xil tasniflash 1.5.1-rasmda keltirilgan bo‘lib, u rekruting bo‘yicha xizmatlarning deyarli barcha turlarini qamrab oladi. Download 4.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling