184
massasi 200 g dan 500 g gacha. Uning hujayra to'qimalaridagi sharbatda erigan saxarozadan tashqari boshqa moddalar ham mavjud.
Sharbatning kimyoviy tarkibi lavlagining navi, yetishtirish va saqlash sharoitlari bilan bog‘liq. Qandlavlagining taxminiy kimyoviy tarkibi 6.1-rasmda tasvirlangan.
6.1-rasm. Qandlavlagining taxminiy kimyoviy tarkibi.
Lavlagi ildizmevasida 20-25% quruq moddalar mavjud bo‘lib, ular shakar ishlab chiqarishda saxaroza va noqandlarga bo‘linadi. Noqandlar deganda saxarozadan tashqari barcha quruq moddalar, shu jumladan, redutsiyalovchi qandlar va rafinoza ham tushuniladi.
Saxarozaning miqdori 14 dan 18% gacha boiishi mumkin. Muhim ko'rsatkichlardan biri sharbatning tozaligi bolib, u saxarozaning quruq moddalarga foizdagi nisbati bilan ifodalanadi. Yuqorida keltirilgan qandlavlagining taxminiy kimyoviy tarkibiga asoslangan holda, sharbatning tozaligi quyidagicha hisoblanadi:
T = 100 • 18,69/(18,69 + 3,04) = 86,6 %,
bu yerda 18,69-100 kg sharbatdagi saxarozaning miqdori; 3,04-100 kg sharbatdagi noqandlarning miqdori.
Lavlagi kagatlarda joylashtirib saqlanadi. Kagatlarda joylashtirishda lavlagining standart talablariga javob berishini quyidagi ko‘rsatkichlar bo'yicha aniqlanadi: fizik holati, yetilganligi, umumiy iflosganligi va h.k.
Lavlagini saqlashning optimal harorati 0-2 °C ni tashkil qiladi. Haroratni oshirish ildizmevalar nafas olishini jadallashtiradi, bu esa maqsadga muvofiq emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |