Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari
Download 462.71 Kb.
|
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI
201
yetguncha davom ettiriladi, bu o‘ta to'yinish koeffitsiyentining 1,30-1,35 qiymatiga mos keladi. Kristall o‘zaklarni hosil qilish, shakar kukunini kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi (40 t utfel uchun 60-80 g). Kristallar o‘lchamlarini oshirgandan keyin utfel oxirigacha-quruq moddalar konsentratsiyasi 93,0% ga yetguncha quyultiriladi. Utfel II utfel aralashtirgichga tushganidan so‘ng, darhol davriy ishlaydigan sentrifugaga beriladi. Shakar utfel massasiga nisbatan 1 % toza issiq suv bilan oqartiriladi. Sentrifugalashda turli tozalikka ega ikki ottyok olinadi. Utfel III-utfel II ning birinchi va ikkinchi ottyoklari, affinatsion ottyoki va utfel III ning sentrifugalash elaklarini yuvishdan olingan eritmalarini quyultirish yo‘li bilan olinadi. Utfelning quyultirilishi oldingi jarayonlardan iborat bo‘lib, faqat quyultirish davomiyligi ottyoklarning tozaliligi pastroq bo‘lganligi tufayli, utfel II nikiga nisbatan 1,5-2,5 marta uzoqroq bo‘ladi. Kristallar o‘zaklarini hosil qilishdan oldin utfel vakuumda 68 °C haroratda quruq moddalar miqdori 83-85 % ga yetguncha quyultiriladi, bu esa o‘ta to'yimsh koeffitsiyentining 1,35-1,4 qiymatiga mos keladi. Shakar kukunini kiritishdan oldin harorat 70-73 °C gacha ko‘tariladi. 40 tonna utfelga 150-200 g shakar kukuni kiritiladi. Kristallar olchamlarini oshirish o‘ta to‘ymish koeffitsiyentining qiymati 1,15-1,25 bo'lganda, utfel II ottyoklarini berib turib, amalga oshiriladi. Quyultirilgan utfel III da quruq moddalarning miqdori 94,5-96,0% ni tashkil etishi kerak. Vakuum apparatdan utfel III utfelaralashtirgichning qabul qiluvchisiga, undan oltita utfelaralashtirgich-kristallizatordan iborat qurilmaga tushadi. Utfel unga qarama-qarshi, valning ichidan va utfelaralashtirgich disklarining bo‘sh kovaklaridan harakatlanadigan sovuq suv bilan sovitiladi. Kristallash davomida utfelning harorati 70-75 °C dan 35-40 °C gacha pasayadi. Butun jarayon davomida faqat kristallar o‘lchamini oshirish va mayda kristallar («un») hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida o‘ta to‘yinish koeffitsiyentining qiymati 1,20-1,25 oralig‘ida saqlanib turiladi. Sentrifugalashdan oldin utfel utfelaralashtirgichda 45-50 °C haroratgacha isitiladi va davriy ishlaydigan FPN 125 1L-3 sentrifugada shakarni suv bilan oqartirmasdan sentrifugalanadi. Bunda faqat bitta ottyok-melassa olinadi. Kristallar sirtida melassaning yupqa pardasi qoladi va shu tufayli sariq shakarning tozaligi 94-95% ni tashkil qiladi. Uning tozaligini oshirish uchun u affmatsiyalanadi, ya’ni III kristallizatsiya shakari 202 utfel I ning suyultirilgan birinchi ottyoki bilan quruq moddalar miqdori 89-90 % ga yetguncha utfelaralashtirgichda 65 °C haroratda 20 minut davomida aralashtiriladi. Buning natijasida kristallarni yupqa qatlamda qoplangan noqandlarning bir qismi affinatsiyalanadigan eritmaga o'tadi va utfelni sentrifugalashda tozaroq shakar-affinad olinadi (tozaligi taxminan 97%). Shakar affinad va II kristallizatsiya shakari II saturatsiya sharbatida 80-85 °C haroratda quruq moddalar miqdori 65-70 % ga yetguncha eritiladi (klerlanadi), kristalli shakar olish boshlanish jarayoniga yuboriladi va bug‘lantiruvchi qurilma qiyomi bilan aralashtirib, sulfitlashga beriladi. S/itfA-m'-kristall ko‘rinishdagi saxaroza hisoblanadi. GOST 21 talablariga asosan, shakar oq rangli yaltiroq, shirin ta’mli, begona ta’msiz va hidsiz bo‘lishi, suvda yaxshi erishi, bunda eritma tiniq boiishi kerak. Shakar kristallari olchamlari 0,2 dan 2,5 mm gacha boiishi, bir xil tuzilishli, aniq qirrali, sochiluvchan, yopishmaydigan boiishi kerak. Shakarning namligi 0,15% dan oshmasligi kerak. Shakar quruq moddalarining kamida 99,75 % i saxarozadan iborat (sanoatda qayta ishlash uchun moijallangan shakarda 99,55% bolishiga ruxsat etiladi). Shakar eritmalarining rangi maxsus asbobda aniqlanadi va 1 shartli birlikdan oshmasligi kerak; qayta ishlash uchun moijallangan shakarda 1,5 shartli birlikkacha bolishiga yol qo'yiladi. Eng katta olchami 0,3 mm boigan metall aralashmalar 1 kg shakarda 3 mg dan ko‘p bolmasligi lozim. Download 462.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling