Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari
Download 462.71 Kb.
|
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI
371
Qaysi manbalardan olinganidan qat’i nazar suvning sifati standart (GOST-2874) talablariga mos kelishi kerak. U tiniq, rangsiz, ta’msiz va hidsiz bo'lishi lozim. Suvning rangi va xiraligi asbob yordamida aniqlanganda bu ko'rsatkichlarning kattaligi me’yorlanadi (rangi shartli 20° dan, xiraligi 1,5 mg dan oshmasligi kerak). Suvning tarkibida u yoki bu miqdorda atrof-muhitdan tushgan mineral va organik moddalar aralashmasi bor. Bu moddalarning ayrimlari organizm uchun zararli bo'lishi, boshqalari esa suvga yoqimsiz ta’m va hid berishi mumkin. Suvda mishyak, azotli moddalar, selen va shu kabi zararli moddalarning bo'lishiga yo'l qo'yilmaydi. Ayrim moddalarning miqdori o'rnatilgan me’yordan (xloridlar-350 mg//, sulfatlar-500 mg//, rux-5,0mg//, mis-1,0 mg//, temir-0,3 mg//, marganes-0,1 mg// dan) oshmasligi kerak. Suvni zararsizlantirish uchun ishlatiladigan erkin xlorning qoldi- g'i 0,3 mg// dan kam va 0,5 mg// dan ko'p bo'lmasligi lozim. Suvda erigan moddalarning umumiy miqdori (quruq moddalarning qoldig'i) 1000 mg// dan ko'p bo'lmasligi kerak. Ayrim vaziyatlarda Davlat sanitariya va epidemiologiya nazorati organlari ruxsati bo'yicha suvda bu ko'rsatkichning kattaligi 1500 mg//bo'lishiga yo'l qo'yiladi. Suvda erigan holda mavjud bo'lgan kalsiy va magniy tuzlarining miqdori «suv qattiqligi» ko'rsatkichini belgilaydi. Suvning qattiqligi 1 / suvdagi kalsiy yoki magniy ionlari milligramm ekvivalentlari (mg-ekv) orqali ifodalanadi (suvning 1 mg-ekv qattiqligi 1 / suvdagi 20,04 mg Ca yoki 12,16 mg Mg ionlari miqdoriga mos keladi). Qattiqlik ko'rsatkichi kattaligiga ko'ra (mg-ekv//) suv quyidagi guruhlarga bo'linadi: 1,5 gacha-juda yumshoq; 1,5-3-yumshoq; 3-6-sal qattiq; 6-9-qattiq; 9 dan yuqori-juda qattiq. Turli manbalarning suvi har xil qattiqlikka ega bo'ladi. Ichimlik suvining qattiqligi 7 mg-ekv// dan oshmasligi kerak. Davlat sanitariya va epidemioligiya nazorati organlari tomonidan ichimlik suvining qattiqligi 10 mg-ekv// gacha bo'lishiga ijozat berilishi mumkin. Suvning yuqori darajali qattiqligi bug' qozonlari, quvurlari va boshqa maqsadlar uchun salbiy ta’sir etsa-da, ammo xamir tayyorlashda u zarar yetkazmaydi. Kalsiy va magniy tuzlari kleykovinaning xossalarini kuchaytiradi, ya’ni kuchsiz undan tayyorlangan xamirning xossalarini, tayyor nonning sifatini yaxshilaydi. Sanitariya nuqtayi nazaridan suvning ichimlik sifatida yaroqliligini 1 sm3 suvdagi mikroorganizmlarning umumiy miqdori, shu jumladan, 372
Xonalar va jihozlarni yuvish uchun ishlatiladigan suv biologik nuqtayi nazardan toza boiishi kerak. Oziq-ovqat sanoati korxonalarida jihozlarni sovitish uchun foydalaniladigan suv mexanik aralashmalardan tozalangan boiishi lozim. Isitish va bug4 qozonlarida quyqa hosil boiishining oldini olish uchun ishlatiladigan suvni yumshatish kerak. Bunda turli kimyoviy (ohakli, sodali, nitratli, fosfatli) usullar qoilaniladi. Toza suv-mamlakatning milliy boyligi hisoblanadi. Uning iste’mol qilinishi esa tobora oshib bormoqda. Shuning uchun ishlab chiqarishda hosil boigan ayrim ikkilamchi suvlarni qaytadan tozalab ishlatish katta ekologik ahamiyatga ega. Download 462.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling