Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet296/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

375


Likyorning desert navlari eman bochkalarda 6 oydan bir yilgacha saqlanadi.


Kremlar tarkibida spirtning kamligi (20-30%) va qandning ko‘pligi (49-60 %) bilan ajralib turadi. Ularni tayyorlash uchun spirtlangan meva-rezavor sharbatlari, xushbo'y spirtlar, spirtli sharbatlar va turli xil qo‘shimchalardan foydalaniladi.
Punshlar tarkibida 15-20% spirt va 33-40% qandlar mavjud boigan alkogolli ichimliklardir. Ularni tayyorlash uchun spirtlangan meva- rezavor morslar, sharbatlar va shiralardan tashqari vino va konyakdan ham foydalaniladi.
Rom-bu kuchli alkogolli ichimlik boiib, shakarqamish shakari yoki shakarqamish melassasini bijgitish natijasida olingan spirtdan tayyorlanadi. Rom spirti 50% li quvvatgacha distillangan suv bilan suyultiriladi va yangi eman bochkalarda 5 yil davomida saqlanadi. Rom o‘ziga xos hidli, biroz kuydiruvchi ta’mli, och jigar rangli tiniq eritma boiib, tarkibida 45 % spirt va 2% qand boiadi.
Viski-tarkibida 45% spirt boigan quvvatli spirtli ichimlik hisob­lanadi. Viski dondan tayyorlangan (arpa, makkajo'xori yoki ularning aralashmasi) spirtni kuydirilgan (ichki tomonidan) bochkalarda 3-10 yil davomida saqlab tayyorlanadi. Viski och jigar rangi, don va kuyindiga xos boigan hidi bilan ajralib turadi.
Likyor-araq mahsulotlarining sifati degustatsiya va tajriba usullari bilan aniqlanadi.
Araq va likyor-araq mahsulotlari tiniq, har birining nomiga mos keluvchi rangga, ta’mga va xushbo‘ylikka ega boiishi kerak.
Araq va likyor-araq mahsulotlarining sifatini baholashda organolep­tik usulda tashqi ko‘rinishi, mazasi va hidi aniqlanadi. Ular shisha, sopol yoki chinni idishlarga quyiladi. Idishlarning og‘zi po‘kak yoki polietilen tiqinlar, plastmassa yoki aluminiy qalpoqchalar bilan berkitiladi.
Quvvatli spirtli ichimliklar quruq, yaxshi shamollatiladigan xona­larda 10-20 °C haroratda saqlanadi. Rang berilgan mahsulotlar qorongi joylarda saqlanishi kerak, chunki yorugiik ta’sirida bo‘yovchi moddalar parchalanishi natijasida mahsulotning o‘ziga xos boigan rangi o‘zgarishi mumkin.
Uzum vinosi. U yanchilgan uzumning tullpi bilan yoki tulpisiz bijgitish yoii bilan tayyorlanadi. Uzum vinolarida spirt miqdori 9% dan 20% gacha boiishi mumkin.
Vino ishlab chiqarish texnologik jarayonining umumiy texnologik sxemasi quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: uzumni g‘ujumlaridan



Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling