379
Uzum vinolari 200 / hajmga ega eman bochkalarga yoki hajmi 0,25;
375; 0,5; 0,75 va 0,8 / bo'lgan shisha idishlariga quyiladi. 0‘ynoqi vinolar 800 kPa dan kam bo'lmagan bosimga chidamli maxsus qalin shishadan tayyorlangan idishlarga quyiladi. Konyak shisha idishlarga 0,1; 0,25 va
5 I dan quyiladi.
Vinolar qorong'i xonalarda, gorizontal holatda 8-18 °C haroratda saqlanadi. Yarimshirin xo'raki sharoblarni -2-8 °C haroratgacha saqlash lozim. Xonadagi havoning nisbiy namligi shisha idishlardagi vinolar uchun 70-75%, bochkalardagi vinolar uchun-75-80% bo'lishi kerak.
12-§. YORDAMCHI XOMASHYO VA MATERIALLAR
Jelelovchi moddalar marmelad, pastila, zefir va shu kabi jelesimon tuzilishdagi mahsulotlar ishlab chiqarishda qo'llaniladi. Ularga pektin, agar, agaroid, furselaran, jelatin va boshqalar kiradi.
Pektin. U shakar va kislotalar ishtirokida jelesimon mahsulot hosil qilish xossasiga ega. Pektin moddalar o'simliklardan olinadigan uglevodlardan iborat. Ular yerdagi barcha o'simliklar, ba’zi bir suv o'tlari, mevalar, ayrim o'simliklarning tana va ildizlari tarkibida mavjud. Pektin moddalari o'simliklarning hujayralararo moddalari tarkibiga kirib, hujayralarga plastiklik beradi va ularning hayot faoliyatida muhim o'rin tutadi. Suvni singdirib olish xususiyatiga ega bo'lganligi tufayli ular turli miqdordagi suvni saqlab turadi va bu bilan o'simlikni qurishdan saqlaydi.
Pektin moddalari turli darajada polimerizatsiyalangan pektin makro- molekulalarning bir jinsli bo'lmagan aralashmasidan iborat bo'lib, bu aralashmaning tarkibida pentozan, geksozan kabi moddalar ham mavjud. Pektin moddalar faqat shakar va kislotalar ishtirokida jele hosil qiladi. Jelesimon struktura hosil qilishi uchun 1 % jelelovchi pektin, 60 % shakar va 1 % kislota bo'lishi optimal sharoit hisoblanadi.
Tovar mahsulot sifatidagi pektin, odatda, quruq preparat (kukun) ko'rinishida bo'lib, u turli xomashyolardan (lavlagi, olma tulpi, sitrus mevalari va boshqalardan) ishlab chiqariladi.
Pektindan inson organizmidan og'ir metallarning tuzlarini chiqaruvchi vosita sifatida foydalanish mumkin. Shuning uchun tarkibida pektin moddalar ko'p bo'lgan qandolat mahsulotlari qo'rg'oshin kabi og'ir metallar bilan ishlaydigan ishchilar uchun profilaktik vosita sifatida tavsiya etiladi. Pektin ionlovchi nurlanishning zararli ta’siriga qarshi vosita sifatida ham qo'llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |