Segmentar hisoboti


-§. Ichki segmentar hisobotni tuzish qoidalari va tamoyillari


Download 57.69 Kb.
bet6/7
Sana05.01.2022
Hajmi57.69 Kb.
#216927
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Документ Microsoft Word

3-§. Ichki segmentar hisobotni tuzish qoidalari va tamoyillari

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobi ma’lumotlarini qayta ishlash natijasida ichki segmentar hisoboti tuziladi. Rivojlangan bozor iqtisodiyoti shakllangan mamlakatlarda ichki segmentar hisobotni tuzish bo‘yicha bir qator ijobiy tajribalar shakllangan. Ular asosida quyidigi xulosalarni shakllantirish mumkin:

1. Ichki segmentar hisobot aniq va manzilli bo‘lishi kerak. Agar unda quyidagilar bartaraf etilmagan bo‘lsa, u kerakli natijalarni bermaydi:


  • eng avvalo xarajatlar va daromad markazlarini boshqaruvchi rahbarlar talabini qondiradigan emas, balki realizatsiya hajmini belgilash, xarajatlarni hisobga olish kabi umumiy ma’lumotlarni shakllantirish bilangina cheklanib qolgan bo‘lsa;

  • har bir menejer talabi doirasidagi ma’lumotlarni emas, balki xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy, ya’ni bosh rahbari manfaatini qondiradigan ma’lumotlarni shakllantirish bilangina cheklangan bo‘lsa;

  • aniq, ixcham va keng qamrovli emas, balki juda ko‘p ma’lumotlaru, lekin asosiy masaddan cheklantiradigan juda ko‘p “kerakmas” axborotlarni berishga moslashgan bo‘lsa.

  1. Samarali va tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun ma’lumot tezkor va foydali bo‘lishi kerak. Tayyorlanayotgan ma’lumotlar eng avvalo har bir menejer psixologiyasini e’tiborga olgan holda alohida tayyorlanishi maqsadga muvofiqdir. Aniqrog‘i, hisobotni shakllantirayotgan mutaxassis ana shu menejer qaysi xildagi ma’lumotlarni xush ko‘rishini (yozmami, grafiklimi, jadvallimi va sh.k.), ish stili qanaqaligini, nimani xohlayotganligini sezishi va ma’lumotni ana shu tarzda tayyorlab berishi katta muvaffaqiyatlar garovidir.

  2. O‘tgan davrlarga xos bo‘lgan turli xil ma’lumot va ko‘rsatkichlarni tahlil qilish bilan ovora bo‘lib qolmasdan, asosiy e’tiborni ana shu segment, ya’ni mas’uliyat markazi ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqarishga qaratish kerak.

  3. Segmentar hisobot shakllari tez-tez o‘zgaradigan bo‘lsa, u kerakli samarani bermaydi, shunga muvofiq imkon qadar uning shakllari uzoq vaqt o‘zgarmasligiga erishish lozim.

  4. Hisobotlar eng assosiy ma’lumotlar va ko‘rsatkichlarni qamrab olishi kerak, ortiqcha hisob-kitoblar va turli xil formulalar menejerlarni asosiy maqsaddan chalg‘itishdan boshqaga yaramaydi.

  5. Ma’lumotlarni faqat yozma hisobotlar shaklida berishdan tashqari, hisob-kitoblarni amalga oshirgan buxgalter menejerlar bilan bevosita og‘zaki muloqotlar ham qilishlari, maqsadga muvofiqdir.

Ichki segmentar hisobot shakllari, ularni taqdim etish davrlari, mazmuni kabi masalalar har bir xo‘jalik yurituvchi subyektda uning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib rahbarlari tomonidan mustaqil tarzda belgilanadi.

Shu bilan birgalikda ichki segmentar hisobot shakllariga qo‘yiladigan, ya’ni ularni tuzishda amal qilinishi kerak bo‘lgan umumiy tamoyillar ham mavjud. Xususan:



  • mas’uliyat markazlari faoliyatini nazorat qilish imkoniyati yaratilishi tamoyili;

  • chetlanishlarni boshqarish tamoyili;

ma’lumotlarning tezkorlik, ehtiyotkorlik, taqqoslanuvchanlik

tamoyili va sh.k.

Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqiladigan bo‘lsa, ichki foydalanuvchilar uchun tuziladigan segmentar hisobot qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak va uning ma’lumotlaridan samarali hamda tezkor foydalanish uchun qanday yondashish kerak degan savolning qo‘yilishi tabiiydir.

Har qanda segmentar hisobot eng avvalo rejalashtirilgan yoki me’yorlashtirilgan ko‘rsatkichlarning haqiqatda chetlanishi (og‘ishini) aks ettirishi kerak. Boshqaruv hisobida bunday yondashuvni chetlanishlarni (og‘ishlarni) boshqarish deb, e’tirof etiladi. Chetlanishlarni boshqarish:



  • foydaning o‘sishi, zarar vujudga kelayotganligi yoki vujudga kelgan chiqimlar miqdorini tezkor tartibda aniqlash imkonini yaratadi. Uning sabablari turli xil bo‘lishi mumkin, masalan ishlab chiqarish sharoitining o‘zgarishi, ishlab chiqarish quvvatining cheklanganligi, xarajatlarning ayrim turlari bo‘yicha xarid baholarining oshib ketishi, ishlab chiqarilgan mahsulotga baholarni belgilash siyosatining o‘zgarishi, omborda tayyor mahsulotlar zaxirasining to‘planib qolishi, texnologik sababalar va h.k.;

  • vujudga kelgan chetlanishlarning sabablarini aniqlash va ularni imkon qadar tezkor tartibda bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash mumkin bo‘ladi.

Boshqaruv hisobini samarali tashkil qilish maqsadida hamisha e’tibor qilish kerakki – barcha xarajatlar va harakatlar kim tomonidandir nazorat qilinishini ta’minlash mumkin. Masalan, menejer umumxo‘jalik xarajatlari bo‘yicha nazoratni o‘z zimmasiga olib, o‘z navbatida quyi bo‘limlardagi bo‘lim boshliqlarining faoliyatini kuzatishi, bo‘lim boshliqlari esa keyingi pog‘ona mas’ullari faoliyatini boshqarishi va shunga munosib tarzda nazoratga olishi mumkin.

Tarkibiy tuzilma maqomiga ega ikkita filiali hamda Toshkent shahrida bo‘limiga ega bo‘lgan “Rohat” muzqaymoq fabrikasining faoliyatini ko‘rib chiqamiz. Fabrikaning 1-filiali Xiva shahrida, 2-filiali esa Namangan shahrida joylashgan.

Bu segmentlarning har birining daromad va xarajatlari alohida hisobga olinadi, shunga muvofiq ularning har biriga mustaqil foyda markazi sifatida qaraladi. Bundan tashqari fabrika faoliyatini alohida ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlari bo‘yicha hisobga olsa ham bo‘ladi. Chunki, har bir mahsulot turi bo‘yicha mustaqil tarzdagi ishlab chiqarish xarajatlari byudjeti tuzilgan, shunga muvofiq moliyaviy natijalarini hisoblash imkoniga ega. Odatda, har bir mas’uliyat markazining fabrika rahbari tomnidan tayinlangan rahbarlari bor.

Xarajatlar smetasi yil boshida hisoblab, tayyorlangan. Smetada xarajatlar ikki guruhga – shartli-doimiy hamda shartli-o‘zgaruvchanlarga bo‘lingan. Shartli-o‘zgaruvchan xarajatlar tarkibida ishchilarning mehnat haqi xarajatlari hamda xomashyo va materiallar hisobga olingan.

Shartli-doimiy xarajatlar tarkibida esa – marketing, ma’muriy, tijorat hamda boshqa xarajatlar hisobga olingan. Bu xarajatlar har bir tarkibiy tuzulma bo‘yicha umumiy tarzda hisobga olinadi, keyin esa mahsulot turlari bo‘yicha ularning ishlab chiqarishdagi ulushiga mos tarzda taqsimot qilinadi.

Quyidagi 5-jadvalda “Rohat” muzqaymoq fabrikasining bir yillik sotuv hajmi byudjeti keltirilgan.



5-jadval “Rohat” muzqaymoq fabrikasining yillik sotish byudjeti


Download 57.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling