Segmentar hisoboti


Download 57.69 Kb.
bet7/7
Sana05.01.2022
Hajmi57.69 Kb.
#216927
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Mahsulot turi

Miqdori (dona)

Narxi (p.b.)

Tushum

(p.b.)

Toshkent bo‘limi

27600

-

1 143 000

1. Plombir

15000

30

450000

2. Tort-muzqaymoq

6300

90

567000

3. Mevali muz

6300

20

126000

1-Filial (Xiva sh.)

37500

-

1 564 050

1. Plombir

9400

31

291400

2. Tort-muzqaymoq

9350

94

878900

3. Mevali muz

1875

21

393750

2-Filial (Namangan sh.)

20400

-

532200

1. Plombir

10200

21

214200

2. Tort-muzqaymoq

3000

70

210000

3. Mevali muz

7200

15

108000

Jami

85500

-

3 239 250

Ushbu byudjet parametrlari shakllantirilgandan keyin quyidagi 6 va 7-jadvallar ko‘rinishidagi xomashyo va materiallar byudjeti hamda xomashyo va materiallarni xarid qilish byudjetlari tuziladi. E’tirof etish kerakki, xomashyo va materiallar byudjeti tuzilgandan keyin uning parametrlari asosida xomashyo va materiallarni xarid qilish byudjeti ko‘rsatkichlari shakllantirilgan.





  1. jadval “Rohat” muzqaymoq fabrikasining yillik ishlab chiqarish byudjeti,

(pul birligida)





Plombir

Tortmuzqaymoq

Mevali muz

1.Sotish hajmi







Toshkent bo‘limi

15000

6300

6300

1-filial

9400

9350

187500

2-filial

10200

3000

7200

2. Davr ohiriga zaxira







Toshkent bo‘limi

450

3230

250

1-filial

280

370

370

2-filial

310

120

220

3.Umumiy talab







-Toshkent bo‘limi

15450

6620

6550

1-filial

9680

9720

19120

2-filial

10510

3120

7420

4.Davr boshiga zaxira







Toshkent bo‘limi

900

400

240

1-filial

480

400

350

2-filial

600

260

200

5.Ishlab chiqarish hajmi







Toshkent bo‘limi

14550

6220

6310

1-filial

9200

9320

18770

2-filial

9910

2860

7220



  1. jadval Yil davomida xomashyo va materiallarni sotib olish byudjeti, (pul birligida)



Sut

Qaymoq

O‘rash (paket)



Toshkent bo‘limi

1-

Filial


2-

Filial


Toshkent bo‘limi

1-Filial

2-Filial

Toshkent bo‘limi

1-

Filial


2-

Filial


Umumiy talab

1165,6

1395,9

826,5

1734,6

4653,8

2708

3330

4661

2285

Davr oxiriga zaxira

1200

1400

1000

1800

5000

2700

3400

5000

2300

Jami talab

2365

2796

1826

3535

9654

5408

6730

9661

4585

Davr boshiga zaxira

2000

1500

900

3000

6000

2000

3000

4000

2000

Baho

(1birlik)



40

35

30

40

30

30

8

7

5

Xaridlar hajmi

14600

48860

27795

21400

109620

102240

29840

39627

12925

Yuqorida keltirilgan byudjetlar tuzilgandan keyin, “Rohat” muzqaymoq fabrikasi bo‘yicha quyidagi 8-jadval ko‘rinishidagi yillik umumishlab chiqarish xarajatlari byudjeti parametrlari shakllantiriladi.





  1. jadval

Rohat” muzqaymoq fabrikasining yillik umumishlab chiqarish xarajatlari byudjeti

Xajajatlar moddalari (turlari)

Miqdori, (p.b.)

Toshkent bo‘limi

100 584

-yordamchi materiallar

22860

-ishchilarning mehnat haqi

34290

-amortizatsiya ajratmalari

22860

-uskunalarni ta’mirlash

10287

-tijorat xarajatlari

10287

1-Filial (Xiva sh.)

137 635

-yordamchi materiallar

31281

-ishchilarning mehnat haqi

46921

-amortizatsiya ajratmalari

31281

-uskunalarni ta’mirlash

14076

-tijorat xarajatlari

14076

2-Filial (Namangan sh.)

46 824

-yordamchi materiallar

10644

-ishchilarning mehnat haqi

15960

-amortizatsiya ajratmalari

10644

-uskunalarni ta’mirlash

4789

-tijorat xarajatlari

4789



  1. jadval Umumishlab chiqarish xarajatlarining turlariga qarab taqsimlanishi



Plombir

Tortmuzqaymoq

Mevali muz

Jami

Toshkent bo‘limi









-ishlab chiqarish hajmi

14550

6220

2310

27080

-umumishlab chiqarish xarajatlari

54043

23103

23437



1-Filial









-ishlab chiqarish hajmi

9200

9320

18770

37290

-umumishlab chiqarish xarajatlari

33956

34399

69279



2-Filial









-ishlab chiqarish hajmi

10200

3000

7200

20400

-umumishlab chiqarish xarajatlari

23412

6885

16526



Ana shu jadvallar asosida amalga oshiriladigan hisob-kitoblarga asosan bir dona mahsulotning to‘liq tannarxi quyidagicha bo‘ladi (10jadval):



10-jadval

Segmentlar






Mahsulotlar turi




Plombir (p.b.)

Tortmuzqaymoq

(p.b.)


Mevali muz

(p.b.)


Toshkent bo‘limi

18,0

54,0

12,0

1-Filial (Xiva sh.)

18,6

40,0

12,6

2-Filial (Namangan sh.)

12,6

42,0

9,0

Shu o‘rinda qayd etish kerakki, ishlab chiqarish faoliyati natijalari tahlilini yakunlamasdan, ya’ni vujudga kelgan chetlanishlarni tahlil qilmasdan turib rejalashtirish bilan shug‘ullanish o‘z mohiyatini yo‘qotadi. Buning uchun faoliyatning moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi quyidagi 11-jadval ko‘rinishidagi hisobot shakli tuziladi. Jadvalda fabrikaning foyda markazlari hududiy segmentlar tashkil qilingan, shuningdek fabrika faoliyati ham har bir mahsulot turi bo‘yicha keltirilgan.



11- jadval Foyda markazlarning

mahsulot turlari bo‘yicha hisobotlari shakllari, (pul biriligida)

Ko‘rsatkichlar



Jami yil boshidan

Mas’ul


Sabab


reja

bo‘yicha



haqiqatda

og‘ish

Toshkent bo‘limi

Foyda markazi direktori (FMD)

FMD

Plombir:











-sotishdan olingan tushum

450 000

500 000

50 000

(B)




Sotish hajmi va talabning ortishi

-o‘zgaruvchan xarajatlar

261 900

270 000

8 100

(N)




Xomashyo narxining oshishi

-marjinal foyda

188 100

230 000

41 900

(B)




Tushumning oshishi

Tort-muzqaymoq:











-sotishdan olingan tushum

567 000

610 000

43 000

(B)




Sotish hajmi va talabning ortishi

-o‘zgaruvchan xarajatlar

335 880

340 000

4 120

(N)




Xodimlar sonining ko‘payishi

-marjinal foyda

231 120

270 000

38 880

(B)




Tushumning oshishi

Mevali muz:











-sotishdan olingan tushum

126 000

127 000

1 000

(B)




Sotish va ishlab chiqarish hajmining ortishi

-o‘zgaruvchan xarajatlar

27 720

35 000

7 280

(N)




Xomashyo narxi va xodimlar sonining oshishi

-marjinal foyda

98 280

92 000

-7 279

(N)




Xomashyo narxi va xodimlar sonining oshishi

1-Filial

Foyda markazi direktori (1-filial FMD)

FMD





Plombir:











-sotishdan olingan tushum

291 400

350 000

58 600

(B)




Ishlab chiqarish va sotish hajmining oshishi, dam olish maskanlariga talabning oshishi

-o‘zgaruvchan xarajatlar

171 120

200 000

28 880

(N)




Ishchilar sonining oshishi, sotib olish hajmining oshishi

-marjinal foyda

120 280

150 000

29 720

(B)




Tushumning oshishi

Tort-muzqaymoq:











-sotishdan olingan

87 890

80 000

-7 890



Ahol talabining qisqarishi

tushum







(N)







-o‘zgaruvchan xarajatlar

90 000

95 000

5 000

(N)




Materiallar narxining biroz oshishi

-marjinal foyda

-2 110

-15 000

-12 890

(N)




Tushumning kamayishi, xarajatlarning ortishi

Mevali muz:











-sotishdan olingan tushum

393 750

400 000

6 250

(B)




Sotish hajmining oshishi

-o‘zgaruvchan xarajatlar

236 502

237 000

498 (N)



Ish haqining oshishi

-marjinal foyda

157 248

163 000

5 752

(B)




Tushumning ortishi, xarajatlarning biroz ortishi

2-Filial

Foyda markazi direktori (2-Filial FMD)

FMD





Plombir:











-sotishdan olingan tushum

214200

220 000

5 800

(B)




Sotish hajmining oshishi

-o‘zgaruvchan xarajatlar

128 520

120 000

-8 520

(B)




Ishchilar sonining qisqarishi

-marjinal foyda

85 680

100 000

14 320

(B)




Xarajatlarning qisqarishi, tushumning ortishi

Tort-muzqaymoq:











-sotishdan olingan tushum

210000

220 000

10 000

(B)




Reklama orqali sotish hajmining ortishi

-o‘zgaruvchan xarajatlar

126 000

130 000

4 000

(N)




Tannarxning ortishi

-marjinal foyda

84 000

90 000

6 000

(B)




Tushumning ortishi

Mevali muz:











-sotishdan olingan tushum

108000

100 000

-8 000

(N)




Talabning tushishi, qish fasli tufayli sotish hajmining kamayishi

-o‘zgaruvchan xarajatlar

64 800

69 000

4 200

(N)




Materiallar yetkazib berish xizmatining narxi oshishi

-marjinal foyda

43 200

31 000

-12 200

(N)




Tushumning keskin kamayishi, xarajatlarning ortishi

Fabrikaning tushumi

2 448 240

2 607

000


158 760

(B)


Fabrika direktori

Sotish hajmining ortishi

Fabrikaning o‘zgaruvchan xarajatlari

1 441 542

1 496

000


54 458

(N)




Xomashyo va materiallar narxi va xodimlar sonining ortishi

Fabrikaning marjinal foydasi

1 006 698

1 111

000


104 302

(B)




Tushum va xarajatlarni ortishi

11-jadvalda keltirilgan segmentar hisobot bir tomondan har bir mahsulot turi bo‘yicha marjinal daromad miqdorini hisoblash imkonini beradi, ikkinchi tomondan esa shartli-o‘zgaruvchan xarajatlarning oxirgi moliyaviy natijalarning shakllanishidagi o‘rnini ko‘rsatadi.Ushbu hisobot shakli har bir tarkibiy tuzilma bo‘yicha olinayotgan foyda miqdorini tahlil qilish imkonini yaratadi. Shuningdek, foydaning umumiy miqdoriga har bir mahsulot qancha hissa qo‘shayotganligini ham aniq ko‘rish mumkin.

Bu hisobot shaklining oddiyligi va ortiqcha hisob-kitoblarsiz holda tuzilganligi uchun ham barcha uchun yengil tarzda tushuniladi. Bu yerda bo‘lim va filiallarning ma’muriy-boshqaruv xarajatlari alohida-alohida tovarlar guruhi bo‘yicha taqsimlanmaydi. Chunki bunday xarajatlar hududiy segmentning umumxo‘jalik xarajatlari tarkibida hisobga olinadi hamda oxirida marjinal daromadlar miqdoridan qoplanadi.

Operatsion xarajatlar fabrikaning butun faoliyati bilan bog‘liq bo‘lsada ular faqat Toshkent bo‘limi xarajatlari tarkibida hisobga olinadi. Bunday xarajatlar tarkibiga xodimlarning xizmat safari xarajatlari, fabrikaning ma’muriy va tijorat xarajatlari va shu kabi sarflar kiradi.Bunday xarajatlar fabrikaning umumxo‘jalik xarajatlari deb hisobga olinadi. Bunday xarajatlar alohida hududiy segmentlar o‘rtasida taqsimlanmaydi, ular fabrikaning marjinal daromadi hisobidan qoplanadi.

Foyda bo‘yicha segmentar hisobotni tuzishning yana boshqa bir alternativ varianti ham bor. Unda marjinal daromad ko‘rsatkichi o‘rniga fabrika segmentlari bo‘yicha yalpi foyda ko‘rsatkichi hisoblaniladi. U quyidagi formula orqali hisoblanadi:

Yf = T - ICht,

bu yerda, Yf – foyda markazining yalpi foydasi, so‘m.;



T – foyda markazining sotuvdan kirim qilgan tushumi miqdori (tashqi haridorlarga, shuningdek ichki iste’molchilar, ya’ni segmentlarga chiqarilgan tovarlar bo‘yicha tushum ham), so‘m;

ICht – foyda markazi tomonidan sotilgan tovarlarning (ish, xizmat) ishlab chiqarish tannarxi (bu ko‘rsatkich to‘g‘ri material xarajatlari, mehnat haqi xarajatlari hamda shu foyda markazi faoliyatiga olib borilgan egri xarajatlar miqdoridan iborat bo‘ladi), so‘m.

Mana shunday yondashuv asosida tuzilgan alohida hududiy segmentlarning hisoboti quyidagi 12-jadval ko‘rinishiga ega bo‘ladi:



12- jadval “Rohat” muzqaymoq fabrikasining foyda markazlari faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti, (ming pul birligida)



T .r

.



Ko‘rsatkichla r

Jami yil boshidan

Toshkent bo‘limi

1-Filial

2-Filial

Fabrika bo‘yicha jami





Reja

Og‘ish

Reja

Og‘ish

Reja

Og‘ish

Reja

Og‘ish

1

Tovarlar sotishdan tushgan tushum

1 143


94 (B)


773,0


57,0


(B)

532,2


7,8


(B)

2 448,2


158,8 (B)



2

Sotilgan tovarlarning ishlab

chiqarish tannarxi



625,5


19,5 (N)



497,6


34,4


(N)

319,1


- 0,05


(B)

1 441,5


54,5 (N)



3

Yalpi foyda

517,5

74,5 (B)

275,4

22,6 (B)

213,1

7,75 (B)

1 006,7

104,3 (B)

4

Fabrikaning operatsion xarajatlari

-

-

-

-

-

-

200,0


5,0 (N)


5

Fabrikaning operatsion foydasi

-

-

-

-

-

-

806,7

99,3 (B)

Xuddi mana shu hisobotni quyidagi 13-jadval ko‘rinishidagi boshqa shaklda ham tuzish mumkin.



13-jadval “Rohat” muzqaymoq fabrikasining foyda markazlari faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti, (ming pul birligida)

T.r.


Ko‘rsatkichlar



Segmentlar bo‘yicha yil boshidan haqiqatda

Fabrika bo‘yicha jami

Toshkent bo‘limi

1-Filial

2-Filial

1

Tovarlarni sotishdan tushgan tushum

1 237

830

540,0

2 607,0

2

Sotilgan tovarlarning ishlab chiqarish tannarxi

645

532

264,5

1 441,5

3

Yalpi foyda

592

298

275,5

1 165,5

4

Fabrikaning operatsion xarajatlari

-

-

-

205

5

Fabrikaning operatsion foydasi

-

-

-

960,5

Amaliyotda shu tarzda hisobotlarni shakllantirish eng samarali yondashuv hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda aynan mana shu foyda markazlari bo‘yicha hisobotlarni tuzishga yanada chuqurlashgan holda yondashish ham mumkin. U holda yana ham yangi imkoniyatlar ochiladi, ko‘zga ko‘rinmagan yangi omillar ta’siri hisoblab topiladi va pirovard natijada yanada samaraliroq boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun iqtisodiy jihatdan asoslangan ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.

4-§. Segmentar hisobotni tuzish bosqichlari va uning vazifalari

Segmentar hisobot – xo‘jalik yurituvchi subyektning biznes segmentidagi alohida qismlar (ma’suliyat markazlari) bo‘yicha tuzilgan hisobotga aytiladi.

Segmentar hisobotining funksiyalari quyidagilar:


  • tashkiliy qismlarning faoliyatini nazorat qilish va ularni boshqaradigan menejerlarning ish sifatini baholash;

  • tashkiliy qism faoliyatlarini rejalashtirish va nazorat qilish uchun rahbarlar tomonidan asosli boshqaruv qarorlari qabul qilish.

Segmentar hisobot – segmentar hisobot ichiga kiradigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy qismlari ichki faoliyati to‘g‘risida yig‘ilgan axborotlar asosida tashkil etiladi. Segmentar hisobot mazmun va mohiyatiga ko‘ra boshqaruv hisobotining asosiy qismi bo‘lib hisoblanadi hamda moliyaviy hisobot bilan birgalikda parallel ravishda olib borilishi kerak.

Segmentar hisobotning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi hujjatlar aylanmasi mukamallashuviga, mas’uliyat markazlari faoliyati ko‘rsatkichlarining optimallashuviga, xo‘jalik yurituvchi subyektining foydasi o‘sishiga olib keladi.

Segmentar hisobot tizimini shakllantirishda va hisobotni amalga oshirishda quyidagilarni inobatga olish zarur:


  • tizim faoliyatini ta’minlashda sarf qilinadigan xarajatlar olinadigan foyda nisbatidan kam bo‘lishi;

  • tizim axborotlarning konfedensialligini ta’minlashi kerak; - tizim universal va avtomatlashtirilgan bo‘lishi kerak.

Segmentar hisobot tizimini tashkil etishning asosiy shartlari bu xo‘jalik yurituvchi subyektlarining mas’uliyat markazlariga bo‘linishidir.

Mas’uliyat markazlari xo‘jalik yurituvchi subyektlarining tashkiliy qismi hisoblanib, ularni boshqaradigan rahbar (menejer), biznesning ushbu segmentiga kiritiladigan sarmoya, sarf-xarajat, daromad va mablag‘larni nazorat qilib boradi.

Mas’uliyat markazlari ish faoliyati sifati ularning samaradorligi va natijaviyligiga bog‘liq. Natijaviylik deganda, segment tomonidan o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishish darajasini anglatadi (kutilgan natijalarga erishish darajasi hamda ushbu natija xo‘jalik yurituvchi subyekti maqsadiga qanchalik mos kelishi).

Samaradorlik deganda, segment tomonidan belgilangan ish hajmini amalga oshirishda ishlab chiqaruvchi resurslardan minimal holatda foydalanish yoki maksimal ish hajmini amalga oshirishda belgilangan miqdordagi resurlardan foydalanish.

Mas’uliyat markazlari faoliyatini tashkil qilishga yondashuvning ko‘plab turlari mavjud bo‘lsada, amaliyotda asosan to‘rt xil ko‘rinishdagi mas’uliyat markazlari mavjud:


  1. Xarajat markazi.

  2. Daromad markazi.

  3. Foyda markazi.

  4. Sarmoya (investitsiya) markazi.

Ushbu klassifikatsiya negizida rahbarlarning moliyaviy mas’ullik mezonlari yotadi.

Xarajat markazi – bu xo‘jalik yurituvchi subyektning segmenti bo‘lib, uning rahbari, ya’ni shu segment menejeri ishlab chiqarishga ketadigan sarf-xarajatlar uchun javobgardir, ya’ni, boshqa markaz rahbarlariga nisbatan boshqaruvdagi mas’uliyati cheklangan. Ushbu holatda, ya’ni mas’uliyat markazini tashkil etishda segmentar hisobot tizimi faqat sarf-xarajatlarni aniqlaydi va hisobga oladi. Mas’uliyat markazi faoliyati natijalari (ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar) hisobga olinmaydi, chunki ko‘p hollarda bu natijalarni o‘lchab bo‘lmaydi yoki ularni o‘lchashga hojat yo‘q.

Xarajat markazlari turli xil o‘lchamlarda bo‘lishi mumkin. Yirik xarajat markazlari yanada kichik xarajat markazlariga bo‘linishi mumkin. Xarajatlarni ana shunday kichik markazlarga taqsimlashtirish darajasi rahbariyat tomonidan menejerga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga bog‘liq.



Daromad markazi – bu ham mas’uliyat markazining bir tashkiliy turi bo‘lib, uning menejeri faqat daromad olish yuzasidan mas’uldir, sarf-xarajatlar uchun esa hech qanday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

Markaz rahbari faoliyati olingan daromad asosida baholanadi, shuning uchun ushbu holatda segmentar hisobotning vazifasi markaz faoliyati yakuniy natijalarini belgilashdan iborat.



Foyda markazi – xo‘jalik yurituvchi subyekt segmenti bo‘lib, rahbari bir vaqtda o‘zining tashkiliy qismidagi daromad uchun ham, shuningdek sarf-xarajatlar uchun ham javob beradi. Markaz menejeri iste’mol qilinadigan resurslar miqdori va kutilayotgan tushum miqdoriga qarab qaror qabul qiladi. Olingan foyda miqdoriga qarab markaz faoliyati mezonlari belgilanadi. Shuning uchun segmentar hisobot segment faoliyatiga kirishdagi xarajatlar miqdori, segment ichida qilinadigan ichki sarf-xarajatlar va oxirgi yakuniy natijani o‘z ichiga olishi kerak. Mas’ullik markazi foydasi segmentar hisobot tizimida turlicha hisob-kitob qilinishi mumkin. Ba’zan hisobotda to‘g‘ri ya’ni bevosita xarajatlar, boshqa paytlarda esa egri, ya’ni bilvosta xarajatlar qatnashadilar.

Sarmoya markazi – xo‘jalik yurituvchi subyekt segmenti bo‘lib, ularni menejerlari nafaqat sarf-xarajat va daromadlarini nazorat qiladilar, balki sarflangan mablag‘ va sarmoyalarning samaradorligini ham kuzatib boradilar.

Sarmoya (investitsiya) markazi rahbari yuqorida aytib o‘tilgan rahbarlarga nisbatan boshqaruvda ko‘p vazifa va huquqlarga ega bo‘lgani sababli, qabul qilinadigan qarorlar yuzasidan juda katta mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Xususan, ularga sarmoyalar yuzasidan shaxsiy qaror qabul qilish, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyekt ma’muriyati tomonidan ajratilgan mablag‘larni alohida loyihalar bo‘yicha taqsimlash huquqi berilgan bo‘ladi.



5-§. Segmentar hisobot javobgarlik markazlari faoliyatini baholashning asosi sifatida

Xo‘jalik yurituvchi subyektda biznes segmentlari bo‘yicha tuziladigan segmentar hisobotni mas’uliyat markazlari bo‘yicha shakllantirilgan hisobot sifatida e’tirof etish, ya’ni tushunish mumkin.

Segmentar hisobni tashkil etish zarurati munosabati bilan boshqaruv hisobida ularning chegaralarini quyidagi mezonlarga muvofiq belgilash lozim:


  • alohida biznes segmentlari bo‘yicha tuziladigan segment hisobotlari qanday ko‘rinishda bo‘lishi lozim (ya’ni, segmentar hisobot ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularni hisobga olish hamda baholash mezonlarini belgilab berish);

  • segmentlar o‘rtasida sodir etiladigan jarayonlarda hisobkitoblarni amalga oshirish va baholarni belgilash usullarini aniq belgilab berish zarur;

  • segmentlar daromadlari va xarajatlari, aktivlari va majburiyatlarini taqsimlash asoslarini aniq ko‘rsatib berish ham muhimdir.

Bozor iqtisodiyoti rivojlangan demokratik mamlakatlarda faoliyat yuritadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar amaliyotida moliyaviy harakterga ega bo‘lgan to‘rtta ko‘rsatkichlardan foydalanadilar: - foyda;

  • aktivlarning rentabelligi;

  • qoldiq foyda;

  • iqtisodiy qo‘shimcha qiymat.

Xarajat va daromad markazlari faoliyatining samaradorligini aniqlashda ushbu ko‘rsatkichlar mos kelmaydi.

Markazlar faoliyatini nazorat qilishda faqat birinchi ko‘rsatkichdan foydalanish mumkin, xolos. Sarmoya (investitsiya) markazi faoliyati natijasini tahlil etishda esa keyingi uchta ko‘rsatkichdan (aktivlar rentabelligi, qoldiq foyda va iqtisodiy qo‘shimcha qiymat) foydalanish, maqsadga muvofiq. Ushbu ko‘rsatkichlarni hisoblashda segmentlarga tegishli bo‘lgan aktivlar qiymati va majburiyatlari to‘g‘risida axborot bo‘lishi zarur.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning foydasi sotilgan mahsulot (xizmatlar)dan kelib tushgan tushum va sarflangan xarajatlar farqi asosida aniqlanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini baholaydigan daromad ko‘rsatkichi mustaqil emas, balki ko‘proq amaliy ahamiyatga ega. Bo‘limlarning foydasini hisoblagandan so‘ng, keyingi ikkita, ya’ni aktivlarning rentabelligi va sof (qoldiq) foydani hisoblash mumkin.

Boshqaruv hisobi va tahlili nuqtayi-nazaridan aktivlar rentabelligi (AR) ko‘rsatkichi aktivlarga sarf etilgan sarmoyaning qanchalik samarali foydalanganligini ko‘rsatadi. Aktivlar rentabelligi formulasi quyidagi ko‘rinishga ega:


AR = Bo‘limlar foydasi : Bo‘limlar aktivi


Boshqaruv hisobida umumiy qoida mavjud bo‘lib unga ko‘ra, agar taklif etilayotgan investitsiya loyihalari bo‘yicha ulardan tushadigan foyda kapital qiymatidan yuqori bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi subyekt taklif etiladigan sarmoyalarni qabul qilishi kerak. Segmentlar faoliyatini baholashda qoldiq foyda ko‘rsatkichi ushbu umumiy qoidani inobatga oladi.

Qoldiq foyda (QF) – bu xo‘jalik yurituvchi subyekt ma’muriyati tomonidan belgilangan, mas’uliyat markazlari tomonidan minimal foyda normasidan ko‘proq ishlab topilgan foydaga aytiladi. Qoldiq foyda formulasi quyidagicha hisoblanadi:



QF = Bo‘lim foydasi – (Bo‘lim aktivlari x Maqsadli foyda me’yori)

Qavs ichidagi ko‘rinish foydaning qiymati bahosi bo‘lib, u mas’uliyat markazlari uchun belgilangan foyda me’yorining minimal ko‘rinishidir. Segmentlar tomonidan ushbu miqdordan yuqori topilgan har qanday miqdor xo‘jalik yurituvchi subyektga foyda keltiradi.

Iqtisodiy qo‘shimcha qiymat (IQQ) yoki boshqariladigan foyda. Chet el kompaniyalarining tajribalarida korxonalarning moliyaviy faoliyati natijalarini hisoblash uchun IQQ ko‘rsatkichidan foydalanishlari - aktivlardan samarali foydalanishga, kapitalni saqlashga, mehnat unumdorligini oshirishga va mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifatini oshishiga olib kelmoqda.

Kompaniyaning aksiya va obligatsiya egalari uchun topgan daromadi va analogik darajada bo‘lgan xavf asosida mablag‘larning boshqa kompaniyalarga sarmoya sifatida kiritilishidan tushgan daromad farqi - iqtisodiy qo‘shimcha qiymat deyiladi. Boshqacha qilib aytganda, xo‘jalik yurituvchi subyekt foydasidan barcha majburiyatlar qiymat ayirmasi iqtisodiy qo‘shimcha qiymat bo‘ladi.



Qoldiq foyda va iqtisodiy qo‘shimcha qiymat mohiyatan bir-biriga yaqindir. IQQ xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyatidan olingan foydadan soliqlar ushlab qolingandan so‘ngi foyda miqdoridir.
Download 57.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling