Segmentar hisoboti


Download 57.69 Kb.
bet4/7
Sana05.01.2022
Hajmi57.69 Kb.
#216927
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Ko‘rsatkichlar

Tibbiyot segmenti

Maishiy xizmat segmenti

To‘qimachilik sanoati segmenti

Tikuvchilik sanoati segmenti

Jami

Sotishdan tushgan tushum

66,0


19,9


25,4


13,0


124,3


Chegirma «-», ustama «+»

-19,3

+17,0

+7,8

+5,3

+10,8

Tushum – netto

46,7

36,9

33,2

18,3

135,1

Xarajatlar

14,6

9,4

8,5

6,3

38,8

Moliyaviy natija

32,1

27,5

24,7

12,0

96,3

Ma’muriy-boshqaruv

apparati

(taqsimlanmagan) xarajatlari


-

-

-

-

30,0

Xo‘jalik yurituvchi

subektning moliyaviy natijasi



-

-

-

-

66,3


Elektr uskunalari ishlab chiqaruvchi yirik Xolding kompaniyasi O‘zbekistonda va yana ikkita MDH davlatlarida – Belorusi hamda Ukrainada ishlab chiqarish bo‘limlariga ega. Ushbu holatda ana shu uchta ishlab chiqarish bo‘limlarining barchasiga hududiy segment sifatida qaraladi (2-jadval).



  1. jadval Xolding kompaniya va uning hududiy segmentlari bo‘yicha moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti



Ko‘rsatkichlar



Segmentlar joylashgan davlatlar



Xoldingning umumiy

ko‘rsatkichlari (Jami)





O‘zbekistonda

Belorussiyada

Ukrainada



Sotishdan tushgan tushum

4300

3560

3830

11 690

Xarajatlar

3332

2807

3161

9300

Moliyaviy natija

968

753

669

2390

Ma’muriy-boshqaruv

apparati

(taqsimlanmagan) xarajatlari


-

-

-

1489

Holdingning foydasi

-

-

-

901

Segmentlar o‘z faoliyatini olib borish jarayonida, ya’ni mahsulotlar ishlab chiqarish, ish bajarish yoki xizmat ko‘rsatish uchun foydalanayotgan barcha aktivlar shu segmentiniki deb e’tirof etiladi hamda hisobga olinadi. Xususan, binolar, jihozlar, texnologik liniyalar, materiallar zaxirasi, vujudga keladigan debitorlik-kreditorlik qarzlarini har bir segment bo‘yicha yengil tarzda kuzatish va hisobga olish mumkin.

Mabodo aktivlar bir vaqtning o‘zida bir necha segmentlarga tegishli bo‘lsa, u holda bilvosita xarajatlarni taqsimlash usullaridan foydalanib bunday xarajatlar ana shu segmentlarning ulushidan kelib chiqib, ular o‘rtasida taqsimlanadi. Shunday aktivlarni segmentlar o‘rtasida taqsimlash usullari xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob siyosatida o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak hamda hisobot davrida o‘zgarmasdan keyingi hisobot davrlariga o‘tishi ta’minlanishi lozim.

Shu bilan birga yana bir qator aktivlar (xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbariyati joylashgan bosh ofisi binosi, umumiy tashkiliy xarajatlar, pul mablag‘lari va sh.k.)ni aniq olingan bir segment faoliyatiga olib borish mumkin emas. Amaliyotda, bunday aktivlar segmentlar o‘rtasida taqsimlanmaydi va u xo‘jalik yurituvchi subyektning umumiy natijalariga olib boriladi (3-jadval).





  1. jadval

Xolding kompaniyasi aktivlarining hududiy segmentlari bo‘yicha taqsimlanishi

Aktivlarning turi

Segmentlar




Taqsimlanmagan

Jami

O‘zbekiston

Belorussiya

Ukraina

Pul mablag‘lari

20

30

60

30

140

Debitorlik qarzlari

60

80

90

-

230

Zaxira

100

180

240

-

520

Kelgusi davr xarajatlari

10

10

20

20

60

Bino va uskunalarning qoldiq qiymati

200

320

440

60

1020

Kapital qo‘yilmalar

10

-

-

100

110

Jami aktivlar

400

620

850

210

2080

Har bir segment tomonidan mahsulot (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) ishlab chiqarish va uni sotish jarayonida vujudga keladigan tashqi qarzlar aynan shu segmentning o‘ziga tegishli majburiyatlar bo‘ladi. Amaliyotda har bir segmentga tegishli qarzdorliklarni (debitorlik va kreditorlik) yengil va ortiqcha hisob-kitoblarsiz hisobga olish mumkin. Shu bilan bir vaqtda, xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini rivojlantirish maqsadida jalb qilingan uzoq muddatli kredit va qarzlar bo‘yicha to‘lanadigan foizlar bo‘yicha majburiyatlarni segmentlar faoliyatiga olib borib bo‘lmaydi. Xuddi shuningdek, byudjetga to‘lanadigan foyda solig‘i bo‘yicha majburiyatlarni ham segmentlar faoliyatiga olib borib bo‘lmaydi. Amaliyotda bunday xarajatlar taqsimlanmaydi va alohida hisobga olinadi.

Amaliyotda xo‘jalik yurituvchi subyekt to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tashqi foydalanuvchilari uchun barcha segmentlar faoliyatini umumlashtirib aks ettiradigan konsolidatsiyalashtirilgan hisobot tuziladi. Shu bilan bir qatorda aynan ana shu ma’lumotlarning tashqi foydalanuvchilari uchun konsolidatsiyalashtirilgan hisobotdan tashqari har bir segment bo‘yicha segmentar hisobot ham tuziladi. Lekin, segmentar hisobot barcha segmentlar faoliyati bo‘yicha ham tuzilavermaydi.

Har bir segment bo‘yicha segmentar hisobot tuzilishi uchun quyidagi uch bosqichli jarayon talablari bajarilishi talab qilinadi:



1-bosqich: operatsion segment faoliyatiga bir necha tovarlar kiritilishi mumkin, agar ular quyida ko‘rsatilgan omillar orqali o‘zaro bog‘langan bo‘lsa:

  • tovarning belgilanishi;

  • ana shu tovarlarni ishlab chiqarish jarayoni;

  • umumiy xaridorga ega bo‘lsa yoki bir xil usul bilan realizatsiya qilinsa.

Obyektda ana shu omillardan (belgilardan) birortasi ham bo‘lmasa, u holda segment uchun boshqa obyekt qidiriladi. Mabodo yuqorida ko‘rsatilgan uchtadan bitta omil bo‘yicha bog‘lanish mavjud bo‘lsa ham, ana shu tovarlarni ishlab chiqaruvchi segment deb qaralishi mumkin.

Masalan, xo‘jalik yurituvchi subyekt bir necha faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi: ishlab chiqarish; savdo; xizmat ko‘rsatish. Uning ishlab chiqarish liniyasida kompyuterlar ishlab chiqariladi. Dasturlash bo‘limi xodimlari ana shu kompyuterlarga moslashtirilgan dasturlarni tuzadi. Savdo shaxobchasi ana shu kompyuterlarni sotadi. Bundan tashqari xo‘jalik yurituvchi subyekt tarkibida kompyuterlarga xizmat ko‘rsatuvchi servis xizmati ham mavjud. Misoldan ko‘rinib turibdiki, ana shu bo‘limlarning har biri yuqorida qayd qilingan talablarga javob beradi va shunga muvofiq ular hisobot segmentlari tarzida hisobga olinishi mumkin.

Hududiy segmentlar bo‘yicha esa, ma’lumotlar aktivlar joylashgan hududlar yoki tovarlar (ish, xizmat) sotiladigan bozorlar bo‘yicha shakllantirilishi mumkin. Aniqrog‘i, oldingi misoldan kelib chiqiladigan bo‘lsa O‘zbekistonda, Belorussiyada va Ukrainada o‘z ishlab chiqarish bo‘limlariga ega bo‘lgan elektr jihozlari ishlab chiqaruvchi yirik xolding ana shu hududlar bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantiradi.

2-bosqich: bu bosqichda yana bir qator shartlar bajarilishi talab qilinadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning operatsion va hududiy segmentlari hisobot obyektlari deb hisobga olinadi, agar shu segmentning:


  • tashqi xaridorlar yoki boshqa segmentlarga sotilayotgan tovarlar (ish, xizmat) miqdori barcha segmentlarning umumiy sotuvdan tushgan tushumlari miqdorining 10 foizidan kam bo‘lmasa;

  • o‘z faoliyatidan olayotgan foyda (zarar) miqdori barcha segmentlar tomonidan olinayotgan umumiy foyda (zarar) miqdorining 10 foizidan kam bo‘lmasa;

  • aktivlari miqdori xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha segmentlari aktivlari umumiy miqdorining 10 foizidan kam bo‘lmasa.

Segment sifatida ko‘rilayotgan obyekt yuqorida sanab o‘tilgan shartlarning birortasiga ham javob bermasa uning faoliyati boshqa segment tarkibiga qo‘shiladi va hisobga olinadi. Shunga muvofiq, ana shu shartlarning bittasiga mos kelsa, bunday segment hisobotdor deb hisobga olinadi.

3-bosqich: bu bosqich hisobotdor segmentni shakllantirishning oxirgi bosqichi sanaladi. Bu bosqichda segment faoliyatidan tushadigan tushumi miqdori xo‘jalik yurituvchi subyekt jami tushumdagi ulushi bilan solishtiriladi. Agar ana shu ulush miqdori 75 foizdan past bo‘lsa, bu segment hisobotdor deb hisobga olinadi, 75 foizdan baland bo‘lsa bunday segment tarkibidan yana boshqa bir segmentni ajratib chiqish masalasi ko‘riladi.

Ana shu tartibda shakllantirilgan hisobotdor segmentlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasi shakllantirilishida ham ma’lum bir tamoyillar amal qiladi. Xususan, xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha samarali tarzdagi boshqaruv hisobini tashkil qilish maqsadida birlamchi tarzda ularning barchasi quyidagi ko‘rsatkichlarni o‘z hisobotlarida aks ettirishlari kerak bo‘ladi:



  • tashqi xaridorlar, shu jumladan xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqa segmentlariga realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushum miqdorini;

  • moliyaviy natijasini;

  • tasarrufida bo‘lgan aktivlarning umumiy balans qiymatini;

  • asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlarga sarflangan kapital quyilmalar miqdorini;

  • asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlar bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya ajratmalarining umumiy miqdorini.

Misoldan kelib chiqiladigan bo‘lsa elektr jihozlari ishlab chiqaruvchi Xolding bo‘yicha birlamchi tarzda shakllantirilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar quyidagi jadval ko‘rinishida bo‘ladi (4-jadval).

Hududiy segmentlar bo‘yicha birlamchi ma’lumotlar shakllantirilgandan keyin, ikkilamchi ma’lumotlar operatsion segmentlar bo‘yicha tuziladi. Bu ma’lumotlar alohida shakllantiriladi va operatsion segment sifatida ko‘rilishi va hisobotdor bo‘lishi uchun ular quyidagi shartlardan biriga javob berishi kerak bo‘ladi:



  • tashqi xaridorlar yoki boshqa segmentlarga sotilayotgan tovarlar (ish, xizmat) miqdori shu tashkilotning umumiy sotuvdan tushgan tushumlari miqdorining 10 foizidan kam bo‘lmasa;

  • aktivlari miqdori tashkilotning barcha operatsion segmentlar aktivlari umumiy miqdorining 10 foizidan kam bo‘lmasa.

Shu tarzda shakllantirilgan alohida operatsion segment bo‘yicha quyidagi ikkilamchi ma’lumotlar shakllantiriladi:

4- jadval Birlamchi ma’lumotlarni


Download 57.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling