Segmentar hisoboti


-§. Tashqi foydalanuvchilar uchun segmentar hisobotni tuzish qoidalari va tamoyillari


Download 57.69 Kb.
bet3/7
Sana05.01.2022
Hajmi57.69 Kb.
#216927
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Документ Microsoft Word

2-§. Tashqi foydalanuvchilar uchun segmentar hisobotni tuzish qoidalari va tamoyillari

Boshqaruv hisobini tashkil qilish uchun segmentlar eng samarali mas’uliyat markazlari sifatida e’tirof etiladi, aniqrog‘i investitsiya markazlari sifatida eng qulay (optimal), deb hisoblanadi. Chunki segmentlar o‘z aktivlariga ega bo‘ladi, shunga muvofiq ulardan foydalanib ma’lum bir faoliyat yo‘nalishini olib borganda majburiyatlari vujudga keladi, faoliyati natijasida xarajatlar sodir etadi hamda daromad oladi, shunga muvofiq tarzda o‘z faoliyatining moliyaviy natijalarini aniqlaydi.

Segmentlar daromadi quyidagi ikkita tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi:


  • bevosita segmentning o‘ziga taalluqli bo‘lgan daromad miqdoridan;

  • xo‘jalik yurituvchi subyektining realizatsiyadan tushgan umumiy tushimidan bevosita segmentga taalluqli qismini hisobga olishdan. Amaliyotda umumiy tushumdagi segmentning bilvosita ulushini aniqlash uchun alohida hisob-kitoblar amalga oshiriladi.

Operatsion segment daromadi – bu tovarlarni realizatsiya qilish, ma’lum miqdordagi ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan tushum miqdoridir.

Hududiy segment daromadi – ma’lum bir hudud doirasida olib borgan faoliyati natijasida ma’lum miqdordagi mahsulotlarni ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmat ko‘rsatishdan tushgan tushumdir.

Mabodo segmentlar o‘zaro mahsulot (ish, xizmat) almashsa, u holda obyektiv tarzda ular daromadi miqdorini aniqlash, ya’ni faoliyatini baholash uchun transfert baholardan emas, balki tashqi bozor uchun belgilangan baholardan foydalaniladi.

Shu bilan bir qatorda quyidagilar segment daromadi sifatida hisobga olinmaydi:



  • moliyaviy quyilmalardan olingan dividend va foizlar, mabodo shunday daromad manbai bevosita shu segment faoliyati natijasida olingan bo‘lsa, u hisobga olinadi;

  • favqulodda daromadlar (favqulodda vaziyatlar vujudga kelishi oqibatida tushumlar bo‘lgan bo‘lsa).

Xuddi shunday yondashuv segment xarajatlarini hisobga olishda ham qo‘llaniladi. Daromadlarni hisobga olishdagidek, ular ham ikkita qismdan iborat bo‘ladi:

  • bevosita segmentning o‘ziga taaluqli bo‘lgan xarajatlar miqdoridan;

  • xo‘jalik yurituvchi subyektining umumiy xarajatlari miqdoridan bevosita segmentga taaluqli qismini hisobga olishdan. Xarajatlarning bu miqdori bilvosita xarajatlarni taqsimlash usullaridan foydalanib aniqlangan holda segment ulushi topiladi hamda hisobga olinadi.

Quyidagi xarajat turlari segment faoliyati natijalariga olib borilmaydi:

  • moliyaviy quyilmalar bilan bog‘liq xarajatlar, agarda shunday xarajat manbai bevosita shu segment faoliyati bilan bog‘liq bo‘lsa, u hisobga olinadi;

  • foyda (daromad) solig‘i;

  • favqulodda chiqimlar (favqulodda vaziyatlar, masalan tabiiy ofatlar, yong‘ir sodir bo‘lishi oqibatida vujudga kelgan chiqimlar).

Segmentning moliyaviy natijalari uning olgan daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi hamda hisobga olinadi. Misol.

To‘qimachilik kompaniyasi tomonidan bir qator ishlab chiqarish segmentlari tashkil qilingan bo‘lib, ular faoliyati turli xil xaridorlarga yo‘naltirilgan: tibbiyot sanoati yo‘nalishida (momiq va doka ishlab chiqarish); maishiy xizmat yo‘nalishida (oshxona sochiqlari, fartuklar va shu kabilarni ishlab chiqarish); to‘qimachilik sohasida (matolarga ishlov berish); tikuvchilik yo‘nalishida (matolar ishlab chiqarish). Ana shu bo‘limlarning har biriga operatsion segment sifatida qaraladi va shunga muvofiq tarzda ular faoliyati hisobga olinadi (1-jadval).



1-jadval Xo‘jalik yurituvchi subyekt va uning operatsion segmentlari bo‘yicha moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi hisoboti




Download 57.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling