Segmentar hisoboti


Download 57.69 Kb.
bet2/7
Sana05.01.2022
Hajmi57.69 Kb.
#216927
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Joriy segment

Hududiy segment

Mahsulot va xizmatlar xususiyati

Iqtisodiy va siyosiy sharoitlarning mosligi

Ishlab chiqarish jarayoni xususiyati

Turli geografik hududlarda amalga oshiriladigan jarayonlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik

Mijozlar, xizmat va mahsulot

iste’molchilari turi va sinfi



Bajariladigan jarayonlarning hududiy yaqinligi

Mahsulotlarni sotish va xizmatlarni ko‘rsatishda foydalaniladigan usullar

Valyuta nazorati qoidasi

Tartibga soluvchi muhit xususiyati: bank xizmatlari, sug‘urtalash tartiblari, kommunal xizmatlar xarakteri va to‘lovlari va sh.k.

Valyutaga oid risklar



Belgilangan hududda amalga oshirilayotgan jarayonlar bilan

bog‘liq boshqa maxsus risklar



O‘zbekiston Respublikasi 2016-yildan boshlab yangi tahrirda kuchga kiritilgan “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunning 7moddasida ta’kidlanganki, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari hisob va hisobotning ichki xo‘jalik tizimini, xo‘jalik muomalalarini nazorat qilish tartibini, tashqi iste’molchilar uchun moliyaviy hisobotni, soliqlar va moliyaviy xarajatlarning boshqa shakllarini va hokazolarni tashkil etishga majbur.

Respublikamizda tashqi iste’molchilar uchun segmentlar bo‘yicha moliyaviy hisobotni tuzish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1998-yil 14-avgustda 474-son bilan ro‘yxatga olingan “Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot” nomli O‘zbekiston Respublikasining 1-sonli buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) bilan tartibga solinadi.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbariyati, menejerlari tezkor tartibda ma’lumotlar olishi va uning asosida samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishlari uchun, ya’ni boshqaruv hisobi uchun mustaqil ishlab chiqilgan yoki markazlashtirilgan holda tasdiqlangan boshqaruv hisobotlarini shakllantirish maqsadga muvofiq. Bu hisobot shakllarini an’anaviy jurnal-order shaklini qo‘llamaydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarlar (kichik korxonalar, fermer xo‘jaliklari, buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shaklini qo‘llayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarlari, buxgalteriya hisobini kompyuterda maxsus ishlab chiqilgan jadvallarda olib borayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarlari), shuningdek, hisob jurnal-order shaklini qo‘llashga moslashtirilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarlari ham (analitik hisob shakllariga o‘zgartirish kiritish yo‘li bilan, masalan, yangi qo‘shimcha qator va ustunlar qo‘shish orqali, ammo mavjud hisob tizimini buzmasdan zarur ma’lumotlar olish uchun muvofiqlashtiriladi) yuritishlari mumkin.

Ana shu tartibda tashkil qilinadigan segmentlar bo‘yicha boshqaruv hisobini tashkil qilishda asos bo‘ladigan hisobot to‘plami quyidagi muhim shakllardan iborat bo‘lishi mumkin:


  • material va butlovchi qismlar zaxiralari to‘g‘risida hisobot;

  • tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘yicha hisobot;

  • ishlab chiqarilagan mahsulot (ish, xizmatlar) to‘g‘risida hisobot;

  • xarid qilingan tovar-moddiy boyliklar to‘g‘risida hisobot;

  • tayyor mahsulot zaxiralari to‘g‘risida hisobot;

  • sotish hajmi to‘g‘risida hisobot;

  • pul mablag‘lari harakati to‘g‘risida hisobot; - debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida hisobot; - yig‘ma hisobot.

Segmentar hisobot ma’lumotlari xo‘jalik yurituvchi subyektning har bir segmenti moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini, ish sifatini baholash imkonini beradi.


Download 57.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling