Shahar va qishloq aholi manzilgohlari. Urbanizatsiya jarayoni va uning o’ziga xos xususiyatlari Reja
Jahon davlatlarida millioner shaharlar soni
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
downloadfile
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Qishloq aholi manzilgohlari: turlari, tarqalish xususiyatlari.
Jahon davlatlarida millioner shaharlar soni
№ Davlat Millioner shaharlar soni 1 Xitoy 199 ta 2 Hindiston 54 ta 3 Rossiya 15 ta 4 Braziliya 14 ta 5 Indoneziya 12 ta Aholisi soni 10 mln.dan ortiq shaharlari megasitilar deb nomlanadi. Jahonda 15 ta shahar shunday maqomga ega.Ular orasida SHanxay, Karachi, Pekin eng yiriklari bo’lib hisoblanadi. Shaharlarning funktsional tuzilishi shahar hayotining barcha jabhasida yaqqol seziladi, shu boisdan shaharlarni turli yo‘nalishda tadqiq etishda buni albatta hisobga olish lozim. Shaharlarning funktsional tuzilishi aholi takror barpo bo‘lishi sur’atiga, aholi demografik tarkibiga, aholi bandligi, aholi migratsiyasi xarakteriga, aholi ijtimoiy tarkibiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Aholining yirik shaharlarda to‘planishi yirik–katta shaharlarning vujudga kelishiga ham sabab bo‘lmoqda. Yirik shaharlar mayda va o‘rta shaharlar hisobiga tobora gigant shaharlarga aylanmoqda. 3. Qishloq aholi manzilgohlari: turlari, tarqalish xususiyatlari. Qishloq aholi punktlapining aniq bir ta’rifi yo‘q, ammo aytish mumkin-ki, shahar aholi punktlapi talablariga javob bermaydigan barcha aholi punktlapi qishloqlar hisoblanadi. Shuningdek, uncha katta bo‘lmagan, sanoat, transport o‘rmon xo‘jaligi, dam olish uylari, sanatoriyalar qoshida paydo bo‘lgan kichik posyolkalar qishloq aholi punktlapiga tegishli bo‘ladi. Dunyo bo‘yicha qishloq aholi punktlapining umumiy soni mavjud emas. Har bir davlat o‘zining ma’muriy-hududiy tuzilishidan kelib chiqib qishloqlarni ajratishadi. Masalan, O‘zbekistonda rasmiy shahar yoki shaharcha maqomini olmagan, aholisi 2000 kishigacha bo‘lgan, aholisining deyarli barchasi qishloq xo‘jaligida va u bilan bog‘liq tarmoqlarda band bo‘lgan aholi punktlapini qishloq aholi punktlapiga kiritish mumkin. Qishloq aholi punktlapi unda yashovchilar soni, joylashgan geografik o‘rni, bajaradigan funksiyasiga ko‘ra shaharlardan farq qiladi. Qolaversa, shaharlar uchun qo‘yilgan talablarning birortasiga qishloqlar javob bermaydi. Aksariyat qishloq aholi punktlapi bevosita yer bilan chambarchas bog‘langan. Yer qishloq ahlining asosiy ishlab chiqarish vositasi, ularni boqadigan zamini hisoblanadi. Biroq yerlardan foydalanishdagi va qishloq xo‘jaligi ixtisoslashuvidagi tafovutlar iqlim, rel’ef hamda tabiiy sharoit bilan uzviy bog‘langanligi tufayli bir-biridan keskin farq qiladi. Bu esa qishloqlardagi ishlab chiqarish tiplarining ham xilma-xilligiga olib keladi. Rivojlangan mamlakatlarda esa, aksincha, qishloq joylardagi aholi qishloq xo‘jaligi bilan juda kam shug‘ullanishadi. Tabiiy sharoit qishloq aholisi punktlapidagi xo‘jalik tarmoqlarining ixisoslashuviga hamda shu asosda kichik-kichik ixtisoslashgan qishloqlarning paydo bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Masalan, dehqonchilik, qoramolchilik, o‘rmon xo‘jaligi, tog‘-kon va hokazo. Barcha qishloq aholi punktlapi shaharlar singari o‘z bajaradigan funktsiyasiga qarab uchta asosiy guruhga birlashtiriladi. 1. Qishloq xo‘jaligi 2. Qishloq xo‘jaligi bilan bog‘lanmagan 3. Aralash qishloq aholi punktlapi Qishloq xo‘jaligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, aholisi qishloq xo‘jaligi maxsulotlari yetishtirish va uni qayta ishlash bilan band bo‘lgan aholi punktlapi qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan aholi punktlapi, deb yuritiladi. Bunday qishloqlar aholisi odatda dehqonchilik, bog‘dorchilik, uzumchilik hamda chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Qishloq aholi punktlapining ikkinchi guruhiga bir qismi aholi qishloq xo‘jaligida, qolgani sanoat, transport, qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lgan qishloq xo‘jaligi Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling