Shahar va qishloq aholi manzilgohlari. Urbanizatsiya jarayoni va uning o’ziga xos xususiyatlari Reja


Urbanizatsiya jarayonining mintaqaviy tafovvutlari


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana15.06.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1484018
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
downloadfile

6. Urbanizatsiya jarayonining mintaqaviy tafovvutlari.
J
ahon mamlakatlarida 
urbanizatsiya jarayoni turli bosqichlarida rivojlanib bormoqda va bu, birinchi navbatda, ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Yevropa, SHimoliy Amerika, Lotin Amerika
Avstraliya va Okeaniya kabi yirik mintaqalardagi davlatlarda urbanizatsiya ko’rsatkichi o’rtacha 
hisobda 70 foizdan oshgan Bu borada ayniqsa Islandiya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Daniya, 
Niderlandiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Argentina, Venesuela kabi shaharlashuv darajasi 90 
foizdan yuqori bo’lgan davlatlar ko’zga tashlanadi.
Jahon aholisining 60 foizi va dunyodagi shaharliklarning yarmi yashaydigan Osiyo 
qit’asida urbanizatsiyaning umumiy darajasi birmuncha pastroq, 50% atrofida bo’lib, o’sishini 
davom ettirmoqda. Afrikada ham urbanizatsiya ko’rsatkichi 40%dan sal ko’proq. Lekin har 
ikkala qit’ada ham yuqori urbanizatsiyalashgan mamlakatlar bor. Jumladan, Osiyoda bu borada 
Yaponiya, Janubiy Koreya, Isroil, Fors qo’ltig’i arab mamlakatlari, Tailand, Afrikada esa Liviya, 
Jazoir, Misr, Marokash, JAR kabi davlatlar ajralib turibdi. SHu bilan birga, Butan, Burundi, 
Malavi, Uganda, CHad, Afg’oniston va boshqa mamlakatlarda urbanizatsiya darajasi 25%, 
xattoki 15%ga ham yetmaydi. Ammo ohirgi yillarda shahar aholisining umumiy soni va jahon 
aholisidagi ulushi aynan Osiyo va Afrika davlatlarida kechayotgan urbanizatsiya jarayonlari 
hisobiga ko’paymoqda. Bunda eng salmoqli hissa shaharlari ancha yuqori sur’atlar bilan o’sib 
borayotgan Xitoy va Hindiston davlatlariga tegishli. 
16-jadval 
Dunyo va yirik regionlarining urbanizatsiya darajasi (2016) 
№ 
Hududlar 
Urbanizatsiya, % 

Dunyo 
54 

Rivojlangan davlatlar 
78 

Rivojlanayotgan davlatlar 
49 

Evropa 
74 

Osiyo 
48 

Afrika 
41 

SHimoliy Amerika
(AQSH va Kanada) 
81 

Lotin Amerika 
80 

Avstraliya va Okeaniya 
70 
 
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Nima sababdan urbanizatsiya jarayoni aynan ohirgi ikki asr mobaynida yuqori tezlik 
bilan rivojlandi? 
2. Urbanizatsiya rivojlanishi qanday bosqichlarni bosib o’tadi? 
3. Global shahar hisoblanishi uchun shahar qanday xususiyatlarga ega bo’lishi kerak? 
4. Yirik shaharlarning ijobiy va salbiy tomonlarini jadval shaklida daftaringizga yozib 
chiqing. 


5. O’zbekistonda urbanizatsiya jarayonining rivojlanish xususiyatlari haqida qanday 
ma’lumotlarni bilasiz? 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling