Shahar va qishloq aholi manzilgohlari. Urbanizatsiya jarayoni va uning o’ziga xos xususiyatlari Reja
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
downloadfile
- Bu sahifa navigatsiya:
- Urbanizatsiya jarayonining shakllanish bosqichlari. Urbanizasiya
bilan bog‘lanmagan aholi punktlapi kiradi.
Aholisining aksariyati qishloq xo‘jaligida, ma’lum bir yashovchilar sanoatda, transportda, qurilishda, xizmat ko‘rsatish yoki boshqarishda ishlaydigan qishloq aholi punktlapi aralash qishloqlar, deb ajratiladi. Qishloq aholi punktlapini klassifikasiyalashganda aholiyligi ko‘rsatkichidan foydalaniladi. S.A. Kovalyov tomonidan qishloq aholi punktlapi aholiyligiga ko‘ra quyidagicha klassifikasiyalangan (1963. 36 bet). 1) aholisi 10 kishidan kam aholi punktlapi (yakka hovli, yakka yashash joyi); 2) 100 kishigacha yashovchilari bor kichik aholi punktlapi; 3) 200-500 kishigacha, bunga fermer xo‘jaligi, bir xo‘jalik brigadasi misol bo‘la oladi; 4) 1000-2000 aholisi bor qishloq aholi manzilgohi, bular endi nisbatan yirik hisoblanadi. Xo‘jalik markazi, qishloq markazi misol bo‘la oladi; 5) 3000-5000 aholisi bor yirik qishloq aholi manzilgohi. Bularga shahar darajasidagi qulayliklarga ega aholi punktlapini kiritish mumkin. Qishloq aholi punktlapini geografik tadqiq etishda ularda yashovchi aholi soniga, o‘sishi, joylashishi, zichligi va taqsimlanishiga alohida e’tibor berish talab etiladi. 4. Urbanizatsiya jarayonining shakllanish bosqichlari. Urbanizasiya – (lotincha urbanus – shahar) – shaharlashish, ya’ni shaharlarning o‘sishi va ko‘payishi. Bu jarayon fan- texnika inqilobi davrida keskin kuchayib, shahar aholisining ko‘payishiga, shahar turmush tarzining keng tarqalishiga sabab bo‘ladi. Eng yuqori ko’rsatkich (100%) Qatar, Monako, Baxrayn, Nauru kabi mitti davlatlarda kuzatiladi. Eng past ko’rsatkich esa Burundi (10%), Malavi (16%), Efiopiya (17%) kabi davlatlarga xos. 18-chizma Jahon mintaqalarida urbanizatsiya darajasi BMT bergan statistik ma’lumotlarda hozirda dunyo aholisining 53 foizi shaharlarga to‘g‘ri keladi va bu ko‘rsatkich 2030 yilda 60 foizni tashkil etadi. Bunday shahar aholisining o‘sishi faqat tabiiy ko‘payish hisobiga ro‘y beradi. 2000-2030 yillar orasida yiliga 1,8 foizdan ortib boradi. Urbanizatsiya jarayonining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: shaharlar sonining ortishi; katta va yirik shaharlarda aholi, xo’jalik va madaniy markazlarning to’planishi; aholining shaharlarga ko’p miqdorda ko’chib kelishi; shaharlar hududining kengayishi; shaharlar va sanoat markazlarida ekologik holatning yomonlashuvi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling