Shahar va qishloq aholi manzilgohlari. Urbanizatsiya jarayoni va uning o’ziga xos xususiyatlari Reja


 SHahar aholi manzilgohlarining turlari


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana15.06.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1484018
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
downloadfile

2. SHahar aholi manzilgohlarining turlari. Shaharlar hoh u yirik, hoh mayda bo‘lishidan 
qat’iy nazar har birining bajaradigan o‘z funktsiyasi bor. Shaharlarning funktsiyasi-aholining 
shahar hosil qiluvchi tarmoq va sohalardagi ishlab chiqarish faoliyati hisoblanadi. Shaharlarni 
shahar hosil qiluvchi funksiyasiga ko‘ra ikkita asosiy guruhga ajratish mumkin: 
I. Ishlab chiqarish (industrial)
1) sanoat 
2) transport 


3) savdo-sotiq 
II. Noishlab chiqarish 
1) harbiy 
2) madaniy
3) kurort 
Shuningdek, ba’zi olimlar shaharlarni quyidagi funksional tiplarga ajratishni ma’qul ko‘radi. 
Siyosiy-ma’muriy markazlar, poytaxt shaharlar. 
Ko‘p funksiyali shaharlar-viloyat markazlari. 
Ko‘p tarmoqli yirik sanoat markazlari. 
Asosan bir yoki ikki sanoat tarmog‘iga ixtisoslashgan shaharlar. 
Transport markazlari. 
Agroindustrial shaharlar. 
Tuman markazlari. 
Rekreasiya shaharlari. 
Ilmu-fan markazlari, universitet shaharlari va x.k.
Shaharlar mazkur yuqorida keltirilgan funksiyalari bo‘yicha bir-biridan ma’lum darajada farq 
qilishadi. 
Masalan, 
dunyoda 
AQShdagi 
Detroyt, 
Rossiyadagi 
Tolyatti 
shaharlari 
avtomobilsozlik, Fransiyadagi Dyunkerk, Ukrainadagi Odessa, Rossiyaning Vladivostok, 
Murmansk transport, ya’ni port shaharlar; Angliyadagi Kembridj, Germaniyaning Xaydelburg, 
Dubna o‘quv, ilmiy markazlar; Hindistonning Varanasi, Saudiya Arabistonining Makkasi diniy 
markazlar vazifasini bajarishi bilan ajralib turadi. Ko‘pgina shaharlar bitta emas, birqancha 
funktsiyani bajaradi, bunday shaharlar “polifunktsional” shaharlar hisoblanadi. 
Shaharlar katta-kichikligiga qarab ham funktsional tiplarga ajratiladi. Shaharlarning 
katta-kichikligi ular aholisi soniga qarab belgilanadi. Odatda, shaharlar aholisi soniga ko‘ra 
quyidagicha klassifikasiyalanadi: 
I. kichik shahar: 20 ming kishi 
II. o‘rta shahar: 20 mingdan 100 ming kishigacha 
III. katta shahar: 100 mingdan 500 ming kishigacha 
IV. yirik shahar: 500mingdan 1000 ming kishigacha
V. millioner shahar: 1000 ming va undan ortiq
VI. o‘ta millioner shahar: 10 mln va undan ko‘p kishi.
15-jadval 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling