”1.2.Boshlang’ich sinflarda tabiiy fanlar asosida zamonaviy eliktronikava avtomatika tushunchalarini shakllantirishning zarurati” - quyidagi reja asosida boshlang’ich sinflarda tabiiy fanlarni o’qitish va o’rgatish mobaynida o’quvchilarga zamonaviy eliktronika va avtomatika vositalaridan foydalanish yo’llari ustida amaliy ishlar olib borildi. Yangi Milliy O’quv Dasturida STEAM texnalogiyasi va kompetensiyalar mavjudligi darslikni o’quvchi o’yin orqali va amali ,loyiha ishlari bilan birga ,o’z fikrini bildirib bayon qiladi. STEAM –ta’limi asosida o’qitish tabiiy va iqtisodiy fanlar yo’nalishida o’quvchilarning egallagan bilim,ko’nikma va malkalarini kundalik hayot bilan bog’liqligini ko’rsatishda dars va sinfdan tashqari mashg’ulotlarda o’quv tadqiqotlarini o’tkazish,tajribalarni bajarish,loyihalashtirishga yo’naltirilgan ijodkorligini tarbiyalash va qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan tabiiy fanning bir metodik yo’nalishi hisoblanadi. O’quvchilarning mantiqiy fikrlashi va amaliy ko’nikmalarini shakllantirishga yo’naltirilgan xalqaro baholash dasturlari bularga PISA,PIRLS,TIMSS topshiriqlari kiradi.PISA va TIMSS topshiriqlari asosan tabiiy va aniq fanlar bo’yicha o’quvchilarni blim saviyasini baholash dasturi bo’lib,bu dastur bilan 4-8 sinflarning savodxonlik darajalari tekshiriladi va 2023 yilda xalqaro baholash dasturi asosida boshqa rivojlagan davlatlar bilan O’zbekiston o’quvchilari ham bilim bo’yicha bellashadilar.PISA va TIMSS xalqaro baholash dasturida o’quvchilar yoshlariga mos topshiriqlar ya’ni unda amaliy mashg’ulotlar,labaratoriya ishlari hamda mustaqil bajarishga va ijodiy yani kreativ fikrlashga undovchi amaliy topshiriqlar bilan ishlashni yosh avlod ongiga singdirish o’qituvchi oldidagi asosiy vazifalaridan biri sanalanib,hozirda o’quvchilar 2023 yilda bo’ladigan xalqaro baholash dasturiga tayyorgarlik ko’rishyapti.Tabiiy fanlar ham shu fanlar sirasiga kiradi va rejaga asosan o’quvchilardan PISA va TIMSS ga oid test savollari tarqatish orqali bilimlari qay darajada ekanligini aniqlab olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |