Sharof Rashidov nomidagi Samaqand Davlat Universitetining O`zbekiston-Finlandiya peagogika instituti Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti


BOB. Jismoniy tarbiya darslarida o‘smirlarning jismoniy tayyorgarligini nazorat qilishning ilmiy-uslubiy asoslari


Download 295.5 Kb.
bet5/14
Sana24.01.2023
Hajmi295.5 Kb.
#1117530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Камола kurs ishi

1 BOB. Jismoniy tarbiya darslarida o‘smirlarning jismoniy tayyorgarligini nazorat qilishning ilmiy-uslubiy asoslari


1.1. O‘rta maktab o‘quvchilarining jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligini aniqlash uchun nazorat mashqlaridan foydalanish xususiyatlari

Jismoniy sifatlar rivojlanish darajasi bilan ta’riflanadigan shug‘ullanuvchilarni jismoniy tayyorgarligi ko‘p hollarda harakat faoliyat turlarigaasoslanadi. Olimlarningfikrlaricha test o‘tkazishni muvaffaqiyatliligi saralangan nazorat mashqlar tanlashiga bog‘liq[30;216-b,48; 15-17-b,49;24-b].


Agarda bolalik va o‘smirlik yoshda testga bo‘lgan qiziqish birinchi navbatda o‘zini imkonlarni baholash niyatiga tayansa, jismoniy tayyorgarligi yo‘q yoshi katta odam faqatgina o‘zini sog‘ligi holatini baholash uchun bunday sinovlardan o‘tishga rozi bo‘ladi.Afsuski jismoniy tarbiyada mavjud bo‘lgan sinovdan o‘tish tizimi sinaluvchilar orasida bunday psixologik farqlashni inobatga olmaydilar.
Shunday bo‘lishiga qaramasdan inson harakati tayyorgarligini sinovlashning ilmiy yondashuvi bir necha o‘n yilliklardan buyon rivojlanib kelayapti va shu vaqt ichida qator tamoyillar ishlab chiqilganki,buning asosida sinovlash tizimi yotibdi
Jismoniy tayyorgarlikni baholash uchun testlarni tanlanishi kandaydir mantiqiy fikrlash asosida (masalan,testlar sinovdan o‘tuvchilarni imkoniyatlarga mos bo‘lishi kerak,oddiy, tadqiqot o‘tkazish uchun ma’qul bo‘lish) va chiqarilgan gipotezalar asosida o‘tkaziladigan sababli, ular tabiiyki ko‘proq yoki kamroq asoslangan bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydiV.M.Zatsiorskiy [64;49-b;65;258-b.].Tanlov tizimini samaradorligini oshirish maqsadida testlarni matematik nazariyasini asosiy talablarni qo‘llash zarur deb hisoblaydi.
Testlarni muvofiqlashtirilish nazariyasi mashqlarni amaliy qo‘llash oldidan ularni axborot ishonchligini, takroriyligini va ob’ektivliktahlilini nazarda tutadi.
U yoki bu yangi testni ishlab chiqarish har bir holatda bu xususiyatlar sinchkovlik bilan ko‘rib chiqiladi, keyin esa mustaqil ekspertlar tomonidan tekshiriladi va faqat keng tan olinganholdagina tadqiqotchilarni va amaliy xodimlar arsenaliga kiradi. Taxminan, aynan shunday tarqalgan testlarning miqdori unchalik ham ko‘p emas, vaholanki kaysidir vaqtlarda qo‘llanilgan testlarni ishlab chiqarilishi umumiy soni ko‘p yuzliklarni tashkil etadi.
Testning axborotligi-bu aniqlik darajasi bo‘lib,test shunday aniqlik bilan baholaniyotgan harakat qobiliyati yoki malakani o‘lchab beradi.
Adabiyotda «axborotlilik» o‘rniga «validlik» atamasi qo‘llaniladi.Axborotlilik to‘g‘risida gapirayotib, tadqiqotchi amalda ikkita savolga javob beradi: ushbu muayayan test nimani o‘lchayapti va bunda o‘lchash aniqligi darajasi qanday. Axborotlilikning bir nechta turlari ajratiladi: mantiqiy (mazmunga xos), empirik (tajriba-sinov ma’lumotlari asosida) va bashoratlovchi
Axborotlilik – testlarni muvofiqlashtirilishning muhim mezonidir, u nazorat mashqining baholanayotgan jismoniy sifatiga muvofiqligini belgilab beradi. O‘lchanadigan sport turlarida miqdoriy baholash mumkin, unda nazariy material axborotlilik koeffitsientini aniqlash bilan to‘ldiriladi.

Download 295.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling