Sharof Rashidov nomidagi Samaqand Davlat Universitetining O`zbekiston-Finlandiya peagogika instituti Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti
O‘smirlarning harakatchanlik qobiliyatlarini sinash xususiyatlari
Download 295.5 Kb.
|
Камола kurs ishi
1.3. O‘smirlarning harakatchanlik qobiliyatlarini sinash xususiyatlari
Jismoniy tayyorgarlikni testlash muammosi birinchi bo‘lib V.P.Filin tomonidan oldinga surilgan[1960];uning metodologik asosi V.M.Zasorskiyishlarida keltirilgan.Xususan “Kibernetika , sport matematikasi”ishidagi “Odam matorikasi ko‘p o‘lchamli makro” va “omilli tahlil” boblari alohida o‘ringa ega bo‘lib ularda harakat imkoniyatlari tarkibi va harakat testlari yordamida testlash masalalari yoritilgan. Jismoniy tayyorgarlikni testlash-bu jismoniy sifatlarni yopiq darajasini metrik tasavvur qilish,buning asosi formal atamalar qo‘llanilgan haqiqiy sonlar tizimi yoki matematik nisbat bilan aniqlanadi [66;10-b]. Jismoniy sifatlarga tegishli muhim savollardan biri bu ushbu sifatlar tarkibini o‘rganish masalasidir.S.Selikovskiy ta’kidlashicha mavjud jismoniy tayyorgarlik nazariy ob’ektlar sifatida namoyon bo‘lib ular yordamida xilma-xil harakat topshiriqlarda erishilgan yutuqlarga tushunchalar beriladi va bashorat qilinadi.Ular nazariy tushunchalar orqali ifoda etiladi,xususan gipotetik tushunchalar(gipotetik konstruksiyalar) mavjud bo‘lib bu jismoniy sifatlarda o‘lchaniladi. Bu holatda bilvosita o‘lchash deb nazariy xususiyatlarni birlashmasini o‘lchash tushunilib, ular empirik sohasida qo‘llaniladi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatilayotgan xususiyatlar bilan ifodalanadi;birlashmali o‘lcham deganda –bu shunaqa o‘lchashki, unda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanadigan xususiyatlar yordamida boshqa xususiyatga baho beriladi. Rang shkalasida sonlar qatorini tartibga keltirish shkalalash deb belgilanadi. Xaqiqiy sonlar harakati testini natijasi deb tan olinadi deb hisoblaydi. [P.Balagush 1982]. Inson harakatini har biri (masalan yugurish tezligi) harakat qobiliyati emas,u organizmning ichki mator funksiyasi harakatlanish qobiliyati deb hisoblanadi.Yugurish tezligi,sakrash uzunligi-bu ko‘rsatkichlar yordamida “harakatlanish imkoniyatla”ga nisbatan juda tor ma’noda xulosa chiqarsa bo‘ladi.Shu kabi harakat qobiliyatlarining har biri to‘g‘ridan –to‘g‘ri yoki bilvosita” o‘lchanuvchanlik”ga ega.(termin K.Berka tomonidan kiritilgan).Bu testlash jarayonida qo‘lga kiritilgan sonlar nisbatini tegishli tranzitiv empirik interiritatsiyaini topishni taqozo etadi; A) undan ko‘proq(masalan undan ko‘proq ishlab chiqarish qobiliyati) arifmetik munosabatga ega, B) shuncha (masalan shuncha ishlab chiqarishga ega)arifmetik munosabatga. Nafaqat qaysi ko‘rsatkich o‘lchanayotganligidan sportchilarni harakatlanish imkoniyatiga o‘tkazilgan sinov ko‘rsatkichiga tasnif bera bilish bilan ifodalanadi. Harakat yutug‘i harakat mashqining bajarilish darajasidir va harakat sifatini yakuniy natijasiga bog‘liq. Insonlar qo‘yilgan maqsadni aniqlashda harakat qobiliyatlari ko‘rsatkichlari natijalariga ishonch hosil qilish uchun standart statistik muolajalar qo‘llaniladi. Bulardan keng tarqalganlari ishonuvchanlikni baholash, validlik, testlar ekvivalentligi muolajalaridir, ularga ananaviy koeffitsentlar korrelsiyasi muolajasi orqali erishiladi. Xususan ishonuvchanlikni baholash uchun odatiy korrelyatsiya koeffitsenti qo‘llaniladi, bu ko‘rsatgich ikkita urinish yoki bir necha urinishlardan ikkita o‘rtancha ko‘rsatgichlar bo‘yicha hisoblanadi,bu nazariya bo‘yicha yo‘lga qo‘yiladi Nazorat sifatida tanlanayotgan ko‘rsatgichlar informativlikga (validlikga) tekshirilishi shart. Informativlik logik va empirik turlarga bo‘linadi.Ikkala me’yor ham test batareyalarini shakllashda keng qo‘llaniladi [64; 49-b]. Testlarning empirik informativligi bilan bir qatorda test sinaluvchining natijalari faktorli informativligi ham aniqlanadi, shu jumladan sportchining sport yutuqlarini o‘lchashda ham foydalaniladi. [63;41-43-b]. Tanlanayotgan nazorat ko‘rsatgichlarga va mashqlarga umum qabul qilingan talablardan keyingisi ularning standartligi (muolaja va testlash sharoiti sinovni qanday tashkil etilganidan qat’iy nazar yakuniy matnga ta’sir etmasligi kerak.Va nihoyat testlarga qo‘yiladigan eng muhim talablardan biri baholash tizimini mavjudligida deb bilamiz. Ayni shu yerda metodologik ma’nodagi qiyinchiliklar mavjud bo‘lib,ularni ko‘p omili integral tadqiqotlar yordamida hal qilsa bo‘ladi..[30;216-b]. Xususan o‘spirinlar sportida bo‘nga o‘xshash testlash dinamik bashoratlash imkoniyatini yaratish kerak va harakat qobiliyatlarini rivojlanishi rejalashtirilayotgan sport yutuqlariga qanday javob berishi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq.[96;278-b]. Download 295.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling