Sharof Rashidov nomidagi Samaqand Davlat Universitetining O`zbekiston-Finlandiya peagogika instituti Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishi ustuvor yo‘nalishlariga bog‘liqligi. Dissertatsiya tadqiqoti


Download 295.5 Kb.
bet2/14
Sana24.01.2023
Hajmi295.5 Kb.
#1117530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Камола kurs ishi

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishi ustuvor yo‘nalishlariga bog‘liqligi. Dissertatsiya tadqiqoti Respublika fan va texnologiyalarni rivojlantirishning: I.“Demokratik va huquqiy jamiyatni ma’naviy-axloqiy va madaniy rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish” ustuvor yo‘nalishi doirasida bajarilgan.
Muammoni o‘rganilganlik darajasi.Bugungi vaqtlarda o‘smirlarning jismoniy tayyorgarligini pedagogik nazorat qilishini amalga oshirish muammosi dolzarb hisoblanadi.Ilmiy- uslubiy adabiyotlar tahliliy, mutaxassislarni amaliy tajribasi va shaxsiy tadqiqotlarimiz natijasida aniqlanadi.13-14 yoshdagi o‘g‘il bolalarning yuqori darajadagi jismoniy tayyorgarligini taminlash uchun ularni biologik rivojlanishini inobatga olish ularni pedagogik nazoratini tashkil etish zarur(Volkov L.V,Dubrovskiy V.I,L.V.Matveev).4 Sport harakatlarini o‘sishi ko‘p jihatlardan o‘g‘il bolalarning jismoniy sifatlarining rivojlanish darajasiga va organizimning funksional imkoniyatlariga bog‘liq.Ular sport tayyorgarligining barcha bosqichlarida shug‘ullanuvchilarning imkoniyatlarini aniqlab beradi.
13-14 yoshdagi o‘smirlarning biologik rivojlanish darajasini pedagogik nazorat qilishni oqilona tashkillashtirish ularning morfofunksional holatini nazorat kilish hamda o‘quv-mashg‘ulot jarayonini rivojlantirish imkoniyatini beradi(M.A.Godik )5 .
Hozirgi vaqtda har xil sport turlari bilan shug‘ullanuvchilarning jismoniy tayyorgarligini pedagogik nazorat qilish uslubiyatlarini ishlab chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar mutaxassislar tomonidan katta e’tibor bilan o‘rganilmoqda.O‘smirlarning biologik rivojlanishini bosqichida ularning jismoniy tayyorgarligini pedagogik nazorat qilishda adekvat vositalarni tanlab olish alohida dolzarblik kasb etadi.Mavjud ishlanmalar masalani qisman yoritadi va yuqori malakali sportchilarda olib boriladigan nazorat usullaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri olingan. O‘smirlarning tayyorgarlik darajasini me’yorlash borasidagi ayrim urinishlar zamonaviy talablardan kelib chiqib amalga oshirilmagan va taklif etilayotgan son qiymatlari tajribada asoslab berilmagan.
Shuningdik, pedagogik nazorat bo‘yicha mavjud uslubiyatlardagi me’yoriy asosni yangilash zarurligini e’tirof etish joiz, shunig uchun o‘smirlarning morfologik va funksional xususiyatlarini inobotga olgan holda ularnig jismoniy tayyorgargarligini nazorat qilishni tashkillashtirish o‘quv- mashg‘ulot jarayonini tuzish nazariyasi va uslubiyatining dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
Ayni paytda moslashish jarayonida o‘zgaruvchi tashqi va ichki omillar holati to‘g‘risidagi to‘liq va ishonchli axborot mavjud bo‘lgan taqdirda harakat faolligi darajasiga maqsadli ta’sir ko‘rsatish mumkun.
Jismoniy tarbiya o‘qituvchisida bolalar organizmida o‘quv va jismoniy yuklamalarga nisbatan moslashish sharoitlarida sodir bo‘ladigan fiziologik o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumotlarning yo‘qligi maktab o‘quvchilarining harakat faoligini boshqarishni qiyinlashtiradi.
Mazkur ish pedagogik va fiziologik jihatdan maktab o‘quvchilarida harakat faolligini tanqisligini o‘z vaqtida aniqlash va uni bartaraf etish uchun tegishli chora – tadbirlar qabul qilish maqsadida ularning jismoniy tayyorgarligini chuqur majmua holda o‘rganishga bag‘ishlangan.
Shunday qilib, o‘smirlarning jismoniy tayyorgarligini pedagogik nazorat qilish tizimini maqsadli o‘rganish o‘sib kelayotgan avlodning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishga katta e’tibor kasb etadi.

Download 295.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling