Sharof Rashidov nomidagi Samaqand Davlat Universitetining O`zbekiston-Finlandiya peagogika instituti Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti


Download 295.5 Kb.
bet6/14
Sana24.01.2023
Hajmi295.5 Kb.
#1117530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Камола kurs ishi

Testni ishonchligi-deb uni baholaganning talablaridan qat’iy nazarma’lum bir harakat sifatini baholash aniqlik darajasi deb tushuniladi, B.Utkin [129;199-b.] fikri bo‘yicha dastlabki va yakuniy natijalar o‘rtasida xaqiqiy farqni aniqlashga imkoni yo‘q, agarda past qayta tiklash bilan bo‘lgan testlardan foydalanilsa. Testni ishonchligi korrelyatsion-statistik tahlil yordamida ishonch koeffitsientni hisobiga aniqlanadi. Bunda turli usullardan foydalaniladi, ular asosida esa test ishonchliligi to‘g‘risida fikr yuritadilar.
Testning barqarorligi bitta tajriba o‘tkazuvchining o‘zi tomonidan bir xil sharoitlarda ma’lum bir vaqt o‘tib takrorlanadigan birinchi va ikinchi urinishlar orasidagibog‘liqlarga asoslanadi. Testningbarqarorligi testning turiga, tekshiruvchilarning yoshi va jinsiga, test va retest orasidagi vaqt oralig‘iga bog‘liq. Konditsion testlar yoki morfologik belgilar ko‘rsatkichlari kichik vaqt oraliqlarida koordinatsion testlar natijalariga nisbatan ancha barqarordir.
Testni ekvivalentligi test natijasining boshqa bir xil turdagi testlar natijalari bilan o‘zaro bog‘liqliligidan iborat. Masalan, qaysi test: 30,60 yoki 100 metrga yugurish tezlik qobiliyatlarni munosib aks ettira olishini tanlash kerak bo‘lgan vaqtda.
N.A.Masalgin, V.L.Utkin fikrlariga har-xil tadqiqotchilarning(o‘qituvchilar,hakamlar,ekspertlar) o‘sha bitta sinaluvchilardan olingan ushbu mashqning ob’ektivlik testi orqali tekshirishdan o‘tkazilishi natijaning qat’iyligi deb taxmin qiladilar.Ammo har-xil tadqiqotchilarning bir-biriga mos to‘g‘ri kelishini ob’ektivlik deb bo‘lmaydi,chunki ular yangilishlari mumkin deb hisoblaydi Ye.A.Bondarovskiy. Tadqiqotchilar, hakamlar sport musobaqalari yutuqlarini baholash vaqtida natijalarni muhokamalashib qaror qabul qilsalar,to‘g‘riroq bo‘lar edi deb hisoblaydi.
N.A.Masalgina, V.M.Zatsiorskogo fikrlari bo‘yicha bitta tadqiqotchi tomonidan o‘tkazilgan sinovlarni o‘lchashlarda shaxsiy xato bo‘lishi mumkin, uni aniqlash uchun tajriba o‘tkazuvchilarni sonini oshirish zarur. Har bir pedagog test natijalarining mustaqillik darajasi o‘z shaxsiy sifatlariga bog‘liq emasligini bilishi muhim.
Testni ob’ektivligini oshirish uchun test o‘tkazilishining standart sharoitlariga rioya qilmoq zarur:

  • Test vaqti, joyi, ob-havo sharoitlari;

  • Moddiy birlik va apparatura bilan ta’minlanganligi;

  • Psixofiziologik omillar (yuklamani hajmi va shiddati,motivatsiyasi);

- axborotni taqdim etish (test vazifasini aniq,og‘zaki yetkazish,tushuntirish,namoyish).
Bu testning ob’ektivligi interpretatsion (izohli), ya’ni turli tadqiqodchilar tomonidan o‘tkazilgan test natijalarini talqin qilish mustaqilligi darajasiga oid ob’ektivlikni ham o‘z ichiga oladi.
Umuman olganda, mutaxassislar fikricha, testlarni ishonchligini turli yo‘llar bilan oshirish mumkin: testdan o‘tishni qat’iy muvofiqlashtirish bilan, sinovdan o‘tuvchilarni sonini oshirishi bilan, baho beruvchilarni sonini oshirishi bilan (hakamlarni,ekspertlarni), ularni fikrlarini kelishilganligini oshirish,ekvivalent testlarni sonini oshirish bilan testni ishonchligini qayd etilgan ma’nolar ko‘rsatgichlari yo‘q. Ko‘p hollarda quyidagi tafsiyalardan foydalaniladi: 0,95-0,99 – a’lo ishonchlik; 0,90-0,94 – yaxshi; 0,80-0,89 – ma’qul; 0,70-0,79 – yomon; 0,60-0,69 – individual baholash uchun shubhali, test faqatgina sinovdan o‘tuvchilar guruh uchun yaroqli hisoblanadi.
Testlarni muhim qo‘shimcha mezonlari me’yorlash,solishtirishlik va tejamkorlikdir.
Me’yorlash asosi shundan iboratki,test natijalar asosida amaliyot uchun alohida ahamiyatli bo‘lgan me’yorlarni yaratishdir. Testni solishtirilishi shundan iboratki, bitta yoki bir nechta parallel testlar ballari bo‘yicha olingan natijalarni taqqoslash imkon beradi. Bir vaqtni o‘zida testlarni taqqoslanadigan natijalari xulosalar to‘g‘riligini oshiradi. Testni yaxshilik mezoni sifatida tejamkorligi shundan iboratki,test o‘tkazilishi ko‘p vaqt, katta moddiy xarajatlarni va ko‘plab yordamchilar ishtirokini talab etmaydi.
E’lon qilingan ma’lumotlarni tahlili shuni ko‘rsatadiki, hozirgi vaqtda ishonch mezonlarni miqdori to‘g‘risida birlik nuqtai nazar yo‘q. Bu insonlarni jismoniy tayyorgarlikni birlik baholash mezonlarni kirituvchi samarali pedagogik nazorat tizimini yaratishda ishlarni qiyinlashtiradi. Mavjud bo‘lgan vaziyatdan chiqishda turli qiyinlik darajasidagi testlar qo‘llaniladi:

  • Test ishonchlik miqdori yechiladigan masalalarni imkoniyatlari bilan aniqlanadi;

  • Testni samaradorligini ta’minlovchi harakatli yuklama ko‘rsatkichlari ishonchligi asosida maxsus tavsiyalar ishlab chiqish;

  • Testlar ishonchlik miqdori to‘g‘risida fikr yuritish jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalarida qayd etilgan ma’lumotlarni bir-biriga mos kelishi asosida o‘tkaziladi.

V.M.Zatsiorskiy fikri bo‘yicha, 0,80-0,89 intervaldagi testlarni kelishilganli koeffitsient o‘lchami qoniqarli deb baholanishi mumkin. Afsuski shuni aytishga to‘g‘ri keladiki, pedagoglar tomonidan yoshlarni jismoniy tayyorgarlikni baholashda foydalanadigan nazorat mashqlarning qismi standartlashtirilgan mezonlarni talablariga mosligi tekshiruvdan o‘tmagan.
Harakat tayyorgarlikni testdan o‘tkazilishi ikkita tamoyilga har xil yondashuvlarda asoslanishi mumkin:harakat faoliyatini natijasini o‘lchashida yoki uni «aniqlashdagi» o‘lchovida (baholashda). Bu testlar tizimlarini birinchisi tipik pedagogik yondashuv namunasini namoyon qiladi, Ikkinchisi esa – biotibbiy.
Test o‘tkazishda jismoniy sifatlar yoki ko‘nikmalar rivojlanish darajasini aniqlaganda pedagogik yondashuvdan foydalanadilar. Bu – to‘g‘ridan-to‘g‘ri sport testlashni davomi. Testlarga bunday pedagogik yondashuv namunalari bo‘lib «Alpomish» va «Barchinoy» majmualari hamda ko‘plab boshqa testlar majmualari xizmat qilishi mumkin. Pedagogik testlarni turli xilligi chegarasiz ko‘rinadi, chunki ma’lum algoritm bo‘yicha bajariladigan har bir mashqni test sifatida ko‘rish mumkin, agar uni o‘tkazishni aniq shartlar ko‘rsatilgan bo‘lsa. Lekin testlarga qo‘yiladigan qattiq talablarga barcha mashqlar javob bermaydi, bu esa harakatli imkoniyatlarni ob’ektiv baholash uchun xizmat qilish qodir bo‘lgan mashqlar doirasini toraytiradi. Oxirgi vaqtlarda eng ko‘p ishlatiladigan mashq-testlar o‘rtasida quyidagilarni tilga olish kerak:
- yuqori startdan 30 yoki 100 metr masofaga yugurish;

  • yotgan holda qo‘llar bosh ortida gavdani ko‘tarib turish;

  • tanani oldinga egish;

  • 3x10 mokisimon yugurish;

  • 6 daqiqali yugurish.

Boshqa testlarni ko‘pchiligi ularni yetarli bo‘lmagan ob’ektivligi, yoki o‘tkazish sharoitlarni standart qiyinchiliklar, hamda u yoki bu harakat sifatini aniq ko‘rinishdagi rivojlanish darajasini aniqlashga imkonsizligini keltiruvchi harakatlar texnikasi natijaga yuqori ta’sir o‘tkazishi ayrim mutaxassislarni e’tirozini keltiradi.
Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha testlarni standart holatiga keltirish bo‘yicha olimlarda turli xil fikrlar mavjudligi shuni ko‘rsatadiki, turli yoshdagi o‘smirlarning jismoniy tarbiya amaliyotidan kelib chiqqan holda harakat mashqlarning turli xil shakllarini standartlashtirish bo‘yicha esperimental ma’lumotlarni yig‘ishda davom ettirishi kerakligini ko‘rsatayapti.

Download 295.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling