Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti anorqulova ozoda nizomjon qizi
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
Avtoreferat Anorqulova (2) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “O‘zbek nasriy asarlar matnida “ota”
kun, gulshan, pir, ustoz, shohi zamon, qadah, sarv, beminnat zot, sadaf kabi
ma’nolarda kelgan. Tahlil jarayonida A.Navoiyning barcha lirik asarlarini ko‘rib chiqishning imkoni bo‘lmadi, biroq uning boshqa asarlarida ham ota atamasining bundan-da ko‘plab rang-barang konseptlarda namoyon bo‘lishiga ishonamiz. Ota konseptiga doir materiallarni kuzatish barobarida O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston qahramoni E.Vohidovning “Nido” she’riga to‘xtalib o‘tamiz. Ushbu she’r urush yillarida otasidan ayrilgan bolaning tilidan yozilgan adabiy doston sanaladi: “Otajon! men, axir, qutlug‘ bu so‘zni yigirma yil olmadim tilga, yigirma yil saqladim dilda… armonli o‘g‘lingiz tinglaydi sizni, so‘ylang, eshitaman, vujudum tilka…” Inson qalbini jumbushga keltirish qudratiga ega bo‘lgan ushbu oltin misralarda ota shaxsining naqadar aziz, muqaddas, xazinaga teng ekanligi “Otajon” subyektiv baho formasiga ega bo‘lgan leksema orqali anglashiladi. Bu so‘zlarni tilga olgan bola “otajon” so‘zining o‘ziga qanchalik mehr bermoqda, urushning vahshati sabab o‘z pushtipanohini “otajon” deya atay olmaganligi, uni tilga olishning o‘zi ham judolikdagi farzand uchun katta baxt ekanligi asli haqiqat. Demak, bu parchadan ota shaxsi orzu tushunchasini ifodalaydi, degan xulosaga kelish mumkin. Tahlilimizni A.Oripov ijodi bilan davom ettiramiz. Shoir she’riyatida ham ota mavzusiga atalgan ash’orlar juda ko‘p. Jumladan, shoirning “Ota duosi” nomli she’rida shunday misralar bor: O‘glim, so‘ramasman sendan mol-dunyo, Uy ham qurib berma, mayli alomat. Mayli ko‘zlarimga bo‘lmagil ziyo, Yonimda yursang bas sog‘-u salomat. Mayli, ko‘tarmagil meni yelkangda, Qalqon ham bo‘lmagil yog‘sa malomat. Bir kuni yostiqqa boshim tekkanda, Tepamda tursang bas sog‘-u salomat. Ota uchun jigarbandining baxt-u kamolini ko‘rishdan-da ortiqroq baxt yo‘q, albatta. Ushbu she’rdan ota duogo‘y ma’nosida kelgan, deyish mumkin. Bundan tashqari, shoirning “Otalar”, “Farzand” kabi ko‘plab she’rlarida ota “bag‘rikeng inson”, “chiroq”, “yulduzli osmon”, “buzruk”, “faqir”, “bardosh”, “martaba”, “baxt”, “do‘st”, “buyuk kitob”, “madadkor” ma’nolarida keladi. Yana bir o‘zbek she’riyatining yirik vakilasi, shoiralar onasi Zulfiyaxonim ijodida ham “ota” konseptiga doir tushunchalar keltiriladi hamda ular shodlik, baxt, yo‘lga soluvchi ma’nolarini ifodalasa, zamonaviy she’riyatning yana bir iste’dodli vakilasi G.Asqarova ijodida qiz farzand uchun ota pir, panoh, davlat tushunchalarini ifoda etadi. O‘ylab qaralsa, birgina jussasida shuncha mas’uliyatni bardosh bilan ko‘tarib yurgan otalarning kishi hayotida o‘rni beqiyosdir. Yuqorida keltirilgan tushunchalarning barchasi deyarli ijobiy attenkaga ega. Ular orasida vaqt nuqtayi nazaridan asrlar mavjudligini hisobga olsak, otaga munosabat, iliqlik, mehr, uning oldidagi burchlar also o‘zgarmagan. Bobning ikkinchi faslida “O‘zbek nasriy asarlar matnida “ota” Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling