Sharq sivilizatsiyasi va tarix
نايستادي[naistādi] – turmading نايستاد
Download 436.2 Kb.
|
fe\'l
- Bu sahifa navigatsiya:
- ديروز تو كجا بودي؟
- Birlik Ko‘plik I shaxs مي خواندم
- مي خواند مي خواندند
- Birlik Ko‘plik I. نمي خواندم
- نمي خواند نمي خواندند
- من تمام روز كار مي كردم
- Fors va o’zbek tillarida noaniq fe’l shakllari
- II BOB. FORS VA O`ZBEK TILINING FE’L TURKUMINING QIYOSI TAHLILI 2.1 Fe’l so`z turkumining qiyosi tahlili
نايستادي[naistādi] – turmading
نايستاد[naistād] – turmadi Ko‘plik نايستاديم [naistādim] – turmadik نايستاديد [naistādid] – turmadingiz نايستادند [naistādand] – turmadilar بودن [budan]- bo‘lmoq, emoq va داشتن [dāštan]- ega bo‘lmoq, bor bo‘lmoq fe’llari o‘tgan zamondagi ish-harakatni emas, holatni bildiradi. ديروز تو كجا بودي؟ [diruz to kojā budi?]- Kecha sen qaerda eding? من ديروز درس داشتم [man diruz dars dāštam]- Kecha darsim bor edi. O‘tgan zamon davom fe’li ماضي استمراري [māzi-ye estemrāri] O‘tgan zamon davom fe’li o‘tgan zamon fe’l negiziga مي – mi old qo‘shimchasi va shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘shish orqali yasaladi. (III-shaxs birlikda shaxs-son qo‘shimcgalari qo‘shilmaydi.) خواند ←خواندن
O‘tgan zamon davom fe’lida ikkita urg‘u bo‘ladi. Asosiy kuchli urg‘u مي – old ko‘makchisiga tushadi. Kuchsiz urg‘u shaxs-son qo‘shimchasiga tushadi. O‘tgan zamon davom fe’lining bo‘lishsiz shakli مي – mi old qo‘shimchasi oldiga نه –na inkor yuklamasini orttirish orqali yasaladi. Bunda kuchli urg‘u نه – na inkor yuklamasiga ko‘chadi.
Og‘zaki nutqda نه – na inkor yuklamasining “a” unlisi مي –mi old qo‘shimchasi yonida “e” kabi eshitiladi: nemixāndam, nemixāndi va h.k. O‘tgan zamon davom fe’liga ish-harakatning a) ma’lum paytda boshlanib, ma’lum paytgacha davom etganligini; b) takroran, ya’ni bir necha marta takrorlanganligini; c) bir vaqtning o‘zida ikki ish-harakat haqida gap ketsa, biri ikkinchisidan oldinroq boshlanganligini bildiradi.9 من تمام روز كار مي كردم. [man tamāme ruz kār mikardam] - Kun bo‘yi ishlardim هفته اي سه بار به كتابخانه مي رفتم. [hafte-i se bār be ketābxāne miraftam] - Haftada uch marta kutubxonaga borardim وقتي تو ﺁمدى، برادرم به گلها ﺁب مي داد. [vaqti to āmadi barādaram be golhā āb midād] – Sen kelgan paytingda akam gullarni sug‘orardi Fors va o’zbek tillarida noaniq fe’l shakllari Fe’l predmet yoki shaxsning ish-harakatini ko‘rsatadi.Bu ish-harakat ma’lum zamonda ma’lum shaxs tomonidan bajariladi. Fe’lda zamon, shaxs-son ma’nosi o‘z aksini topadi. Fe’lning bunday shakli fe’lning aniq shakli deyiladi. Masalan: ketyapman (men - I shaxs, birlik, hozirgi zamon).Fe’lning noaniq shaklida zamon tushunchasi ham,shaxs-son ma’nosi ham anglashilmaydi, masalan: ketmoq (qachon? qaerga? kim?).Fors tilida fe’llar lug‘atlarda noaniq shaklda, ya’ni infinitiv shaklda beriladi. Fe’lning noaniq shakli,har qanday zamon,shaxs-son va boshqa qo’shimchalardan mustaqil qismi (infinitiv) fors tilida doimo ن ا-an qo‘shimchasi bilan tugaydi va “masdar” deb ataladi. دیدن– didan - ko‘rmoq گرفتن– gereftan - olmoq نداد - dādan –bermoq va hokazolar O’zbek tilida ham fe’l so’z turkumi narsalarning ish harakatini bildiradi.Tilimizda noaniq fe’lning yasalishi – moq qo’shimchasini qo’shish orqali yasaladi va fe’l so’z turkumidagi so’zlar lug’atlarda shunday shaklda keladi: Olmoq Yugurmoq Termoq Sanamoq II BOB. FORS VA O`ZBEK TILINING FE’L TURKUMINING QIYOSI TAHLILI 2.1 Fe’l so`z turkumining qiyosi tahlili O’zbek tilida esa fors tilidan farqli ravishda hozirgi va kelasi zamoni shakllari farq qiladi.Yuqorida hozirgi zamon shaklining tuzilishini ko’rib chiqdik.Endi esa kelasi zamonning tuzilishi ko’ramiz.O’zbek tilida fe’lning kelasi zamon shakli -a,-ajak,-y,-iy qo’shimchalari orqali yasaladi.Masalan: Bor-(a)man,kel-(ajak)man,borajakman,yuguraman. O’zbek tilida shaxs-son qo’shimchalari fe’lning kelasi zamon shakli zamon qo’shimchasidan keyin qo’shiladi.Masalan: I shaxs II shaxs III shaxs O’qiyman O’qiysan O’qiydi Yozaman Yozasan Yozadi Bajaraman Bajarasan Bajaradi I shaxs II shaxs III shaxs O’qiymiz O’qiysiz O’qiydilar Yozamiz Yozasiz Yozadilar Bajaramiz Bajarasiz Bajaradilar Ba’zi hollarda uchinchi shaxsdagfi birliki oti bilan birga uchinchi chaxsdagi ko’plikdagi shaxs-son qo’shimchasining qo’llanish holati kuzatiladi.Bunda hurmat ma’nosi ifodalanadi.Masalan: Oyijon,qarang dadam keldilar!(Bunda dadasiga nisbatan hurmat ma’nosi bor) fors tilidagi hozirgi kelasi zamon,uzoq o’tgan zamon va shu kabi boshqa fe’l zamonlari o’zbek tilida mavjud emas.Bular ajratilmaydi va 3ta,o’tgan,hozirgi,kelasi zamon fe’l shakllariga,kirib ketadi. Download 436.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling