Sharq sivilizatsiyasi va tarix


Fors va o’zbek tillarida fe’lning vazifa shakllarining tahlil


Download 436.2 Kb.
bet6/12
Sana17.06.2023
Hajmi436.2 Kb.
#1539798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
fe\'l

Fors va o’zbek tillarida fe’lning vazifa shakllarining tahlil
O’zbek tilida fe’lning vazifa shakllari 4 tadir.Bular:
1.Sof fe’l
2.Harakat nomi
3.Sifatdosh
4.Ravishdosh
1.Sof fe’l – fe’lning o’z shakli,ya’ni hech qanday vazifa shakllari qo’shimchalari qo’shilmagan shaklidir.Bu shaklga gapda tarkibida faqat zamon,shaxs-son,nisbat qo’shimchalari qo’shilishi mumkin.Masalan:
-Yozyapman,borajakman,bajartir,pishir kabi hollarda.
2.Harakat nomi – otning fe’lga xoslangan shakli bo’lib,gapda turli vazifalarni bajaradi va mustaqil ravishda otga o’xshab nima?so’rog’iga javob bo’ladi.-sh,-ish,-v,-uv qo’shimcjhalari orqali yasaladi.Masalan:
-O’qish,yozish,boorish,yozuv,chizuv kabi hollarda.
3.Sifatdosh – fe’lning sifatga xoslangan shakli bo’lib,gapda aniqlovchi vazifasida keladi.-gan,-kan,-qan,ydigan,-adigan qo’shimchalari orqali yasaladi.Masalan:
o’qiydigan kitob,boradigan joy,sovigan ovqat,so’lgan gul kabi hollarda.
4.Ravishdosh – fe’lning ravishga xoslangan shakli bo’lib,gapda ko’pincha hol vazifasida keladi.-b,-ib,-a,-y qo’shimchalari orqali yasaladi.Masalan,
Uyga kelib uxladim
Ko’tara savdoning ahamiyati,
O’qiy-o’qiy uxlab qoldi kabi hollarda. Fe’llik va sifatlik xususiyatlarini anglatuvchi fe’l shakli sifatdosh deyiladi. Sifatdoshning fe’llik xususiyati uning zamon tushunchasini ifodalashi, fe’llar singari b o ‘lishli va bo‘lishsiz shakllarda kelishi hamda fe’l kabi nisbat bilan tuslanishidadir. Sifatdoshning sifatlik xususiyati sifat kabi predmetning belgisini anglatib kelishidir. Bunda sifatdosh ot oldida kelib u bilan izofa orqali birikadi va gapda aniqlovchi vazifasini bajarib keladi. O’tgan zamon sifatdoshi o ‘tgan zamon fe’l negiziga - e affiksini qo‘shish orqali yasaladi. O‘tgan zamon sifatdoshi aniq va majhul nisbatda bo‘lishi mumkin. O’timsiz fe’llardan aniq va o’timli fe’llardan majhul nisbat ma’nolaridagi sifatdoshlar yasaladi.


نده ande qo‘shimchasi yordamida yasaluvchi hozirgi zamon sifatdoshi


Sifatdoshlarning bu turi fe’lning hozirgi zamon negiziga نـده- ande qo‘shimchasini qo‘shish orqali yasaladi: نوشـتن naveštan-yozmoq → فروش → sotmoq-foruxtan فروختن ;navisande نويسنده → navis نويس foruš → فروشنده forušande va h.k. Mazkur sifatdoshlar hozirgi zamon fors tilida o‘zlarining fe’llik va sifatlik xususiyatlarini deyarli to‘liq yo‘qotgan va ko‘pincha ot sifatida ishlatiladi. نويسنده navisande - yozuvchi فروشنده forušande - sotuvchi آنه- āne qo‘shimchasi yordamida yasalgan nisbiy sifatlar Ot turkumiga oid so‘zlarga آنــه - āne qo‘shimchasini qo‘shish yordamida nisbiy sifat yasash mumkin. Bunday sifatlar o‘sha predmet yoki shaxslarga xos yoki ular bilan bog‘liq belgi xususiyatlarni ifodalaydi: مرد mard – erkak → مردانه mardāne – erkaklarga xos, tegishli زن zan – ayol → زنانه zanāne – ayollarga xos, tegishli. Agar ot ه– e tovushi bilan tugasa, yozuvda so‘z oxiridagi ه- e o‘rniga آنه – āne qo‘shimchasi oldidan گ harfi orttiriladi: بچه bače “bola” → بچگانه bačegāne – bolalarga xos, tegishli.

ا- ā va ان- ān qo‘shimchali hozirgi zamon sifatdoshlari


Sifatdosh fe’l negizidan yasaluvchi shakl bo‘lib, o‘zida ham fe’llik, ham sifatlik xususiyatlarini mujassam qiladi. Lekin shuni ham qayd etish lozimki, sifatdoshlarning ayrim turlari, ayniqsa, hozirgi zamon sifatdoshlari o‘zlarining fe’llik xususiyatlarini deyarli to‘liq yo‘qotib, ko‘proq sifat yoki ot turkumlariga oid ma’no va vazifalarga ega bo‘ladi. Fors tilida hozirgi zamon sifatdoshlarining uch turi mavjud: a) نده – ande qo‘shimchali hozirgi zamon sifatdoshlari; b) ا – ā qo‘shimchali hozirgi zamon sifatdoshlari; v) ان – ān qo‘shimchali hozirgi zamon sifatdoshlari. Yuqorida zikr etilgan sifatdoshlarning barchasi fe’lning hozirgi zamon negiziga ko‘rsatib o‘tilgan qo‘shimchalarni qo‘shish orqali yasaladi. Biz oldingi darslarimizda نده – ande qo‘shimchali hozirgi zamon sifatdoshi haqida so‘z yuritgan va uning yasalishi va ishlatilishi bilan tanishgan edik. Shuning uchun, asosan, hozirgi zamon sifatdoshlarining qolgan ikki turiga diqqatimizni qaratamiz. ا – ā qo‘shimchali hozirgi zamon sifatdoshlari fe’lda ifodalangan ishharakat bilan bog‘liq bo‘lgan xususiyat, belgilarni ifodalaydi. Sifatdoshlarning bu turi o‘zida asliy sifatlarga xos bo‘lgan barcha xususiyat va vazifalarni namoyon qila oladi: دانا dānā (دانستن dānestan –bilmoq fe’lidan) – biluvchi, dono.




    1. Download 436.2 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling