Sharq sivilizatsiyasi va tarix


Qo‘shma fe’llarning yasalishi


Download 436.2 Kb.
bet7/12
Sana17.06.2023
Hajmi436.2 Kb.
#1539798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
fe\'l

Qoshma fe’llarning yasalishi

Qo‘shma fe’llar
Fors tilida sodda fe’llardan tashqari qo‘shma fe’llar va prefiksli (old ko‘makchili) fe’llar ham keng ko‘lamda ishlatiladi.
Qo‘shma fe’llar fors tili grammatikasida fe’l tarkibining ko‘p qismini tashkil etadi. Qo‘shma fe’llar ayrim manbalarda “murakkab fe’llar” deb ham yuritiladi.
Qo‘shma fe’llar ikki qismdan iborat bo‘ladi:
1. Ot qism. 2. Fe’l qism.
1. Ot qism o‘rnida - sifat, ot, son, olmosh, ravish so‘z turkumlariga oid so‘zlar qo‘llaniladi.
Fe’l qism o‘rnida - sodda fe’llarning birortasi qo‘llaniladi.
Qo‘shma fe’llarni hosil qilishda ko‘proq كردن [kardan], بودن [budan], شدن [šodan], نمودن [namudan], گرديدن [gardidan], آمدن [āmadan] fe’llari ishtirok etadi. Masalan:

  1. كار كردن [kār kardan]- ishlamoq, كار-ish (ot),كردن -qilmoq (sodda fe’l), استراحت كردن [esterāhat kardan]- dam olmoq, استراحت-dam (ot), كردن-qilmoq (sodda fe’l).

  2. Qo‘shma fe’llar hozirgi-kelasi zamonda tuslanayotganda ularning fe’l qismi shaxs va sonda o‘zgaradi, ot qismi esa o‘zgarishsiz turaveradi. استراحت كردن [esterāhat kardan] fe’lining hozirgi-kelasi zamonda tuslanishi:

Bo‘lishli shaklda:
Birlik
استراحت ميكنم [esterāhat mikonam] - dam olaman (olyapman)
استراحت ميكني [esterāhat mikoni] - dam olasan (olyapsan)
استراحت ميكند [esterāhat mikonad] - dam oladi (olyapti)
Ko‘plik
استراحت ميكنيم [esterāhat mikonim] - dam olamiz (olyapmiz)
استراحت ميكنيد [esterāhat mikonid] - dam olasiz (olyapsiz)
استراحت ميكنند [esterāhat mikonand] - dam oladilar (olyaptilar)

Download 436.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling