Sharq sivilizatsiyasi va tarix
خريدن [xaridan]→ hoz.zam. negizi- خر
Download 436.2 Kb.
|
fe\'l
خريدن [xaridan]→ hoz.zam. negizi- خر [xar].
پرسيدن [porsidan]→ hoz.zam.negizi- پرس [pors]. رسيدن [rasidan]→ hoz.zam.negizi رس [ras]. Faqat ديدن [didan] - ko‘rmoq va شنيدن [šenidan] - eshitmoq fe’llari bu qoidadan mustasno. Ularning hozirgi zamon negizi شنيدن [shenidan]dan شنو [šenou], ديدن[didan] fe’llarning negizi esa بين[bin] shaklida yasaladi. b) -ādan qo‘shimchasi bilan tugovchi افتادن-[oftādan]-yiqilmoq, نهادن [nehādan]-qo‘ymoq fe’llarida ham ularning hozirgi zamon negizi –ādan qo‘shimchasini olib tashlash yo‘li orqali yasaladi: افتادن [oftādan]→ افت [oft]. نهادن [nehādan]→ نه [neh]. Quyidagi fe’llar yuqoridagi qoidadan mustasno holda o’zining o’zagiga ega! رفتن [raftan] bormoq رو [rou]. گفتن [goftan] demoq گو [gu]. ديدن [didan] ko‘rmoq] بين [bin]. آمدن [āmadan] kelmoq آ(ي) [ā(y)]. خريدن [xaridan] sotib olmoq خر [xar]. نوشتن [naveštan] yozmoq نويس [navis]. خواندن [xāndan] o‘qimoq خوان [xān]. نشستن [nešastan] o‘tirmoq نشين [nešin]. ا يستادن [istādan]→turmoq,to‘xtamoq→ايست [ist]. خوردن [xordan]→ yemoq, ichmoq→خور [xor]. بردن [bordan]→olib bermoq,olib ketmoq →بر [bar]. شستن [šostan] yuvmoq → شو، شور [šu, šor]. بودن [budan] bo‘lmoq → باش [bāš]. 1.2. Fors tilida fe’l zamonlari va ularning ishlatilishi Fe'ldan anglashilgan harakatning nutq momentiga nisbatan bajarilishi yoki bajarmaslik paytini bildiradigan shakllarga zamon shakllari, ana shunday shakllar tizimiga esa zamon kategoriyasi deyiladi. Hozirgi-kelasi zamon fe’li مضارع اخباري Hozirgi-kelasi zamon fe’li fe’lning hozirgi zamon negizi oldiga مي – mi old qo‘shimchasini va oxiriga tegishli shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘shish orqali yasaladi: Shaxs son qo‘shimchalari quyidagi ko‘rinishga ega:
گرفتن [gereftan] fe’lining hozirgi-kelasi zamonda tuslanishi Birlik. I-sh. می گيرم [migiram]- olyapman, olaman II-sh. می گيري [migiri]- olyapsiz, olasiz III-sh. می گيرد [migirad]- oladi, olyapti Ko‘plik. I-sh. می گيريم [migirim]- olyapmiz, olamiz II-sh. می گيريد [migirid]- olyapsiz, olasiz III-sh.می گيرند [migirand]- olyaptilar, oladilar Hozirgi-kelasi zamon fe’lida ikkita urg‘u bo‘lib, ulardan biri mi-old qo‘shimchasiga, ikkinchisi esa shaxs-son qo‘shimchalariga tushadi. می – mi old qo‘shimchasi hozirgi zamon fors tili imlo qoidalari bo‘yicha alohida yoziladi. mibinam می بينم mibini می بيني va h.k.z. Eronda chiqqan manbalarda –mi old qo‘shimchasi ilgari qo‘shib yozilgan. Hozirgi-kelasi zamon fe’lining bo‘lishsiz shakli fe’lning oldiga نه – na inkor yuklamasini qo‘shish orqali hosil qilinadi .می – mi old qo‘shimchasiga tushadigan asosiy urg‘u نه – na inkor yuklamasiga ko‘chadi. Kuchsizroq urg‘u esa shaxs-son qoshimchalarida qolaveradi.6 Masalan: خواندن – [xāndan] fe’li hozirgi-kelasi zamon bo‘lishsiz shaklda quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: Birlik: I-sh. نمی خوانم [namixānam] o‘qimayapman, [nemixānam] o‘qimayman II-sh. نمی خواني [namixāni] o‘qimayapsan, [nemixāni] o‘qimaysan III-sh. نمی خواند [namixānad] o‘qimayapti, [nemixānad] o‘qimaysan Ko‘plik: I-sh. نمی خوانيم [namixānim] o‘qimayapmiz, [nemixānim] o‘qimaymiz II-sh. نمی خوانيد [namixānid] o‘qimayapsiz, [nemixānid] o‘qimaysiz III-sh. نمی خوانند [namixānand] o‘qimayaptilar, [nemixānand] o‘qimaydilar. Hozirgi - kelasi zamon fe’li quyidagi uch ma’noni bildiradi: 1. Ayni paytda, hozirning o‘zida bo‘layotgan ish-harakatni ifodalaydi. Hozir nima qilyapsan? حالا چه مي كني؟ Kitob o‘qiyapman كتاب مي خوانم 2. Har kuni yoki doimiy bajariladigan ish-harakatni ifodalaydi. Har kuni nima qilasan?هر روز چه مي كني؟ Kitob o‘qiyman كتاب مي خوانم 3. Kelasi zamonda bajariladigan ish-harakatni ifodalaydi. Ertaga nima qilasan? فردا چه مي كني؟ Kitob o‘qiyman كتاب مي خوانم Imlosi 1. Fe’lning hozirgi zamon negizi “ou” diftongi bilan tugasa shaxs-son qo‘shimchalari qo‘shilganda “ou” diftong “av”ga aylanadi: masalan: رفتن [raftan] – “bormoq” fe’lining negizi [rou]. Mazkur fe’l tuslanganda quyidagicha bo‘ladi.
2. Fe’lning hozirgi zamon negizi “a” va “u” uzun unlisi bilan tugasa shaxs-son qo‘shimchalari oldidan bir yoy يorttirib yoziladi va I-shaxs birlik, III-shaxs birlik va ko‘plikda “y” undoshi tarzida o‘qiladi. Bunga misol qilib آمدن [āmadan] va گفتن [goftan] fe’llarining tuslanishini ko‘rib chiqamiz.
مي آيم- alifning maddasi saqlanadi.
Ko‘rib turganimizdek, I-shaxs birlik va III-shaxs birlik, ko‘plikda “yāy” harfining o‘zi, qolgan shaxslarda esa hozirgi imloda 2 ta “yāy” yoziladi. 1. داشتن [dāštan]-ega bo‘lmoq, bor bo‘lmoq fe’li (hozirgi zamon negizi- دار ) hozirgi-kelasi zamonda tuslanayotganda مي –mi old qo‘shimchasini olmaydi:
Inkor shaklda:
Aniq o‘tgan zamon fe’li ماضي مطلق Aniq o‘tgan zamon fe’li ish-harakatning o‘tgan zamonda bajarilganligini bildiradi. Aniq o‘tgan zamonni yasash uchun fe’lning o‘tgan zamon negiziga tegishli shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘shish kerak. Shaxs-son qo‘shimchalari bog‘lamaning qisqa shakli bilan bir xil, faqat III shaxs birlik shaklida fe’l negiziga hech qanday qo‘shimcha qo‘shilmaydi.7 (Fe’lning o‘tgan zamon negizini yasash haqida avvalgi darslarda tushuntirish berilgan).
Urg‘u fe’l o‘zagiga tushadi. Fe’lning bo‘lishsiz shakli Fe’lning bo‘lishsiz shakli bo‘lishli fe’lga نه – na inkor yuklamasini qo‘shish orqali yasaladi.
Murakkab fe’llarda نه- na inkor yuklamasi fe’l qismga qo‘shiladi.
نه- na inkor yuklamasi unli tovush bilan boshlanuvshi fe’llarga quyidagicha qo‘shiladi: آ – ā cho‘ziq unlisi bilan boshlanuvchi fe’llarga ي –yāy orqali qo‘shiladi.
2. “a” va “o” tovushlari bilan boshlangan fe’llarga qo‘shilganda, so‘z boshidagi alif harfi tushib qolishi ham mumkin, yozilishi ham mumkin. انداخت ← انداختن افتاد ←افتادن
Talaffuzda orttirilgan “y” undosh tovushi ta’sirida نه –na inkor yuklamaning “a” tovushi “e” tarzida o‘qilishi mumkin. Neyandāxtam, neyandāxti, neyoftādam va.h.k.z. 3. Agar fe’l “i” cho‘ziq unlisi bilan boshlansa, نه inkor yuklamasi qo‘shilganda fe’l boshidagi ا saqlanadi, نه na inkor yuklamasi esa نه-ne tarzida o‘qilishi mumkin.8
Download 436.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling