Шеър тузилиши (Шеърий таржимада ритм ва оханг) kirish


Download 111.49 Kb.
bet11/23
Sana20.12.2022
Hajmi111.49 Kb.
#1038694
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
ШЕЪР ТУЗИЛИШИ

Nahot, elab yeydi harom donini.
Ushbu uchlikni V.Li ingliz tiliga quyidagicha o‘girgan:
This mouse will not fit into the burrow,
Interesting, why does it have a siyeve?
Probably it siyeves and eats something stolen.
(So‘zma-so‘z tarjimasi:
Bu sichqon iniga sig‘maydi
Qiziqarli, nega unda g‘alvir bor?
Balkim u elaydi va o‘g‘irlangan nimanidir yeydi.)
Uchlikning ma’nosini to‘la anglash uchun ingliz kitobxoni “Sichqon sig‘mas iniga, g‘alvir bog‘lar dumiga” maqolining mazmuni bilan tanish bo‘lishi lozim. Bizda bu maqol holiga yarasha ish qilmaydigan ochko‘z va kaltafahm kimsalarga nisbatan qo‘llanadi. Inglizlarda bu frazeologizmning analogi yo‘q. Tarjimada ushbu holat butunlay nomuvofiqlik deb ataladi. Ushbu holatda frazeologizm ma’nosi beriladi yoxud so‘zma-so‘z tarjima qilinadi. Binobarin, bu maqol syujetidan badiiy asarda foydalanilgan bo‘lsa, uning tarjimasi biroz qiyinchilik tug‘diradi. Buning birgina yo‘li “sichqon” so‘ziga iqtibosda maqol sharhini ilova qilishdir. Ammo ingliz va rus tili tarjimonlari “o‘zing top” qabilida bu izohni kitobxonlaridan darig‘ tutganlar. Uchlikda o‘zbek tilidagi harom so‘zi ikki ma’noni anglatmoqda. Ya’ni sichqon uchun g‘alvir “harom bo‘lgan” – kirlangan donni elab tozalash uchun kerakmi? Shunday bo‘lgan taqdirda ham uning doni toza bo‘larmikan, axir, don o‘g‘irlangan-ku!? Agar tarjimon bu so‘zni ingliz tilida “dirty”(kir) tarzida bersa, bunda “harom” so‘zining asosiy ma’nosi yo‘qolar edi. Shuning uchun tarjimon “stolen”– “o‘g‘irlangan” so‘zini tanlaydi. Ammo bu kompensatsiya(yo‘qotish o‘rnini qoplash) ham asliyatdagi so‘z o‘yinini to‘la ochib bera olmagan. Shuningdek, mazkur tarjimada “Qiziq” so‘zi “Interesting” deb berilgan bo‘lib, misra mazmuniga ushbu so‘z mos tushmagan. Chunki “Interesting” – qiziqarli deb tarjima qilinadi. Shoira esa “qiziq” deb aynan qiziqarlilikni nazarda tutmayapti, aksincha, o‘z-o‘ziga savol berayapti, go‘yo sichqonning “o‘zini tutishi”dan hayratlanayapti. “Qiziq” so‘zining zamirida “Qiziq, nega shunday ekan?”, degan savol yashiringan. Shu o‘rinda inglizchada “I wonder”(qiziqayapman) so‘zi qo‘llanilganda asliyat uslubi va ruhiyati tarjimada qayta yaratilar edi. Tarjimonlarning ishida shoira uslubining badiiyligini tushunmaslik sezilib turibdi. Shoira Begoyim Xolbekovaning bugungi kunda o‘zbek shoirlari ijodidan ingliz tiliga qilayotgan tarjimalarida esa, tarjimonning mutaxassis tilchi emas, balki she’riyat nozikliklarini teran his eta oladigan shoira-tarjimon ekanligi yaqqol sezilib turadi. Uning “Qalbim sizga intiladi” (“My soul strives you”, 2011) nomli she’riy tarjimalari jamlangan to‘plamiga kiritilgan bir she’rni tahlilga tortsak. Shoira Xurshidabonu qalamiga mansub ushbu she’r tarjimasi shu qadar nafis chiqqanki, nazarimda, mutarjimga bu she’r asliyati ilhom bag‘ishlagani sezilib turadi:

Download 111.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling