Шеър тузилиши (Шеърий таржимада ритм ва оханг) kirish
Ritm Ritm-she’riy nutqning bosh alomati
Download 111.49 Kb.
|
ШЕЪР ТУЗИЛИШИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ingliz she’riyatining o‘ziga xos sintaktik qurilishi
Ritm
Ritm-she’riy nutqning bosh alomati. She’r – ma’lum o‘lchovli nutqdir. Bu o‘lchanganlik har bir she’riy asarda mavjud ritm orqali ro‘yobga chiqadi. “Ritm – she’riy nutqdagi muayyan, bir-biriga monand kichik bo‘laklarning izchil va bir o‘lchovda takrorlanib kelishidir”. Ritm – adabiy asarda sezilardi ohangdorlikning mavjudligidir. Nasriy asar tilida ham ma’lum darajada ritm mavjuddir. Ammo u, she’riy asardagidan boshqa qonunlar asosida maydonga keladi. Ritm – umumiy tushunchadir. Ritm har bir asarda konkret ravishda namoyon bo‘aldi. Ritmning konkret she’riy asardagi ko‘rinishi yoki she’riy nutqni o‘lchaydigan mezon vazn deb ataladi. Masalan, qo‘yidagi ikki she’riy parchada sezilarli ohang, ritm bor: Novdalarni bezab g‘unchalar Tongda aytdi hayot otini Va shabboda qurg‘ur ilk sahar Olib ketdi gulning totini. Ingliz she’riyatining o‘ziga xos sintaktik qurilishi Tarjima va tarjimashunoslikka oid darsliklar, qo‘llanmalar va ma’ruzalarni ko‘rib chiqqanimizda, she’riyat o‘ziga xos sintaktik qurilishga ega deyilganu, biroq bu haqda batafsil ma’lumot berilmagan. Yosh ijodkor, talaba, albatta, she’riyatning grammatik xususiyatlarini ham bilishi, o‘rganishi lozim. Avvalo, ingliz she’riyatining o‘ziga xos sintaktik tuzilishini tahlil qilishga urinib ko‘raylik. O‘zbek she’riyatidagi singari ingliz she’riyatida inversiya (gapda so‘zlarning o‘rni almashishi, so‘z tartibining o‘zgarishi) hodisasi tez-tez uchraydi. Masalan: Pale grew thy cheek and cold Colder thy kiss Truly that hour foretold Sorrow to this. Yuqoridagi to‘rtlikning birinchi misrasida so‘z tartibi o‘zgargan. Nasrda u “thy cheek grew pale and cold” tartibida bo‘lgan bo‘lar edi. Bundan tashqari, elliptik (qisqartirilgan) jumlalar ham ko‘p ishlatiladi. Masalan, yuqoridagi ikkinchi misrada gapning kesimi tushib kolgan, aslida u “thy kiss grew colder” shaklida bulishi lozim. Bo‘lishsiz gaplar ham nasriy asarlardan farq qilgan holda ishlatiladi, ya’ni ko‘pincha yordamchi fe’l “do” “does” ishlatilmaydi, bog‘lovchilar tashlab ketiladi. Misol; They know not I knew thee Who knew thee too well. Nasriy matnda u “they didn’t know you but I knew you” shakliga ega. Bundan tashqari, aniqlovchining aniqlanmish otdan so‘ng kelish xollari ko‘p uchraydi. Misol: Those flaxen locks, those eyes o f blue, Aslida nasriy matnda u “those blue eyes” shaklida bo‘lishi mumkin edi. I f thou regret’s thy youth, why live? The land o f honorable death Is here: up to the field, and give Away the breath. (Byron. On this day I complete my Thirty-sixth day) Tarjimada muallifning ifoda tarzini, jumlalarning qisqaligi va muallifning nafasini, she’riy obrazni, uning shiddati, qismati va qarorini ifodalash uchun jumlalar tuzilishiga, ritmga, oxangga e’tibor berish lozim bo‘ladi, Yosh umring xazon ekan. Yashash nega? Jangga kir! Unda sharaf, dyun, o‘lim. Sen shu yerda jonni ber. (D. Sultanova tarjimasi) Ayniqsa “blyuz” janrida yozilgan she’rni tahlil qilganda, bir band, bir jumladan iborat ekanligini sezamiz. Misol: Must he the Black Maria That I see The Black Maria that I see - But I hope it Aren 7 coming for me. Tarjimada bunday jumla tuzilishini saqlashga to‘g‘ri keladi. Qani endi Mariya Meni ko‘rgan o‘sha Qora Mariya Olmayin meni O‘tsa-da, ketsa. (D. Sultanova tarjimasi) “Qora Mariya” o‘ziga xos so‘z (realiya) bo‘lib, hibsga oladigan mashinani bildiradi. Ingliz she’riyatida “and” bog‘lovchisining tez-tez ishlatilib kelishini albatta sezamiz. Bu chol “vaznni” saqlash, jumlalarni bo‘rttirib ko‘rsatish uchun ishlatiladi va shu bilan misralarni bir-biriga bog‘lash uchun, yaxlit bir matn tuzish uchun ham hizmat qiladi. Shu bois, o‘zbek tilidagi she’rni ingliz tiliga tarjima qilishda yuqorida keltirilgan misollardan xulosa chikarib, ingliz she’riyati ruhida tarjimalar qilish lozim. Misol: Vaqtim yetib chiksa bu jonim Dardlarimga yasalsa yakun. Bu dunyoni tark etgan onim Eshigingdan o‘tarman bir kun. (Omon Matjon. “Eshigingdan utarman. ”) Tarjima: Download 111.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling