Ko‘z birla qoshing yaxshi, qabog‘ing yaxshi,
Yuz birla so‘zing yaxshi, dudog‘ing yaxshi.
Eng birla menging yaxshi, saqog‘ing yaxshi,
Bir-bir ne deyin, boshdin-ayog‘ing yaxshi.
Ushbu misralarni inglizchada Q.Ma’murov tarjimasida o‘qiymiz:
Your eyes and brows are good, eyelids are good,
Your appearance and words are good, your lips are good,
Your cheeks with marks are good, chins are good,
Shall I name one by one, you are good from head to foot.
Asliyatdagi otlarning uyushib kelishi tarjimaga ham ko‘chgan. Tarjimon radifdan oldin kelgan qofiyadosh qabog‘ing, dudog‘ing, saqog‘ing, ayog‘ing so‘zlarini ingliz tilida eyelids, lips, chins so‘zlari bilan berib, o‘zaro ohangdoshlik hosil qilishga intilgan va bunga erishgan. Tarjimada ruboiy ohangi to‘liq saqlab qolingan. Ingliz poeziyasida aruz bo‘lmaganidek, o‘zbek she’riyatida ham yamb yo‘q. Bunday qaraganda, yamb bilan aruz o‘rtasida yer bilan osmoncha farq bor. Bir-biridan yiroq bo‘lgan ikki she’riy sistema va an’anani uyg‘unlashtirishda tarjimon jur’at bilan qalam surgan. U ingliz yambiga asliyatdagi ixchamlik va emotsionallikni saqlay oladigan, yangi ohang beruvchi radifli qofiya kiritgan. Natijada uchinchi – ona tili va xorijiy tildagi she’riy unsurlar birikuvidan iborat nazmiy mushtaraklik yuzaga kelgan. “O‘pay” radifli ruboiy tarjimasini ham ohang va jarangdorligi jihatidan sharqona uslubning g‘arbcha jarangi deyish mumkin:
Dedim zaqaning tutub, saqog‘ingni o‘pay,
Ko‘z-qoshingga surtubon qabog‘ingni o‘pay,
Guldek yuzung islabon dudog‘ingni o‘pay,
Yo‘q, yo‘q, yo‘q, agar desang ayog‘ingni o‘pay.
Inglizcha tarjimasi:
I said, holding by your chin your cheeks I kiss,
Licking your eyes with eyelids your brows I kiss,
Smelling your rosy cheeks your lips I kiss,
Do'stlaringiz bilan baham: |