Шеър тузилиши (Шеърий таржимада ритм ва оханг) kirish


Ayo dil qushlarim, qaytingiz yo‘ldan


Download 111.49 Kb.
bet12/23
Sana20.12.2022
Hajmi111.49 Kb.
#1038694
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
ШЕЪР ТУЗИЛИШИ

Ayo dil qushlarim, qaytingiz yo‘ldan,
Va yo olib keting umidim dildan!
Bino bo‘lganman-ku, bor-yo‘g‘i gildan,
Samo quchog‘ingda nima bor menga?
Dunyo kulaverma hadeb holimga,
Biryon etma quloq tutmay nolamga —
O‘t qo‘yib ketaman butun olamga,
Cho‘g‘siz o‘chog‘ingda nima bor menga?
Begoyim Xolbekova tarjimasi:
Oh, my soul birds, return back please
Or take my hopes off my heart!
I was made of soil, I’m it’s piece,
What do I do, the sky tell, in your heart?
The world, listen to my mournful song,
Do not laugh at me –
Or shall I bind my singing tongue?
How can I live without love?
(So‘zma-so‘z tarjimasi:
Oh qalbim qushlari, qayting iltimos
Yoki umidlarimni yuragimdan olib keting!
Men tuproqdan yaralganman, men uning bo‘lagiman,
Men nima qilay samo ayt, sening yuragingda?
Dunyo tingla mening g‘amgin qo‘shig‘imni,
Mening ustimdan kulma —
Kuylayotgan tilimni bog‘laymi?
Sevgisiz qanday yashay olaman?)
Asliyatdagi a-a-a-b ko‘rinishidagi qofiyalanish tarjimaga a-b-a-b ko‘rinishida ko‘chgan. Tarjimon B.Xolbekova shoira Xurshidaning lirik kechinmalarini tarjimada aniq ifodalab berishga erishgan. Mutarjim she’riy ta’sirchanlikni saqlab qolishni ekvivalentlikning bosh maqsadi qilib olgan. Masalan: “Bino bo‘lganman-ku, bor-yo‘g‘i gildan”, misrasi tarjimasida mutarjim misradagi asosiy urg‘u qaratilayotgan “bor-yo‘g‘i” so‘zini inglizchada faqatgina “only”, deb berishi ham mumkin edi. U holda bu so‘z birinchi misradagi “please” so‘ziga qofiyadosh bo‘lmas edi. Shu maqsadda tarjimon ushbu misrani “I was made of soil, I’m it’s piece”, — “Men loydan yaratilganman, men uning bir bo‘lagiman”, deb tarjima qiladi. Bu usul orqali qofiyadoshlik saqlanibgina qolmay, “bor-yo‘g‘i” so‘zi bilan bog‘liq poetik ta’sirchanlik ham tarjimaga ko‘chib o‘tadi. Ikkinchi to‘rtlikdagi: “Dunyo kulaverma hadeb holimga, Biryon etma quloq tutmay nolamga” misralarini tarjima qilar ekan mutarjim badiiy tarjimaning “antonimik tarjima” transformatsiyasini mahorat bilan qo‘llaydi: The world, listen to my mournful song, Do not laugh at me. (So‘zma-so‘z tarjimasi: Dunyo mening dardli qo‘shig‘imni tingla, Mening ustimdan kulma.) O‘zbekcha “dunyo kulaverma” konstruktsiyasining “The world, listen to my mournful song” — “Dunyo dard­li qo‘shig‘imni tingla”, deb antonimik o‘girilishi ingliz tilida o‘qishli, ta’sirchan chiqqan. Shuningdek, frazeologik xarakterdagi “Cho‘g‘siz o‘chog‘ingda nima bor menga?” misrasini konkretlashtirib, mazmunga zarracha putur yetkazmagan holda – “How can I live without love?” (Sevgisiz qanday yashashim mumkin), deb tarjima qiladi. Ingliz kitobxoni uchun aynan shunday yechim maqbul, albatta. Barmoq tizimi, barmoq vazni — boʻgʻinlar sanogʻi, mutanosibligiga asoslangan sheʼr oʻlchovi turi. Barmoq tizimi oʻziga xos xususiyatlarga koʻra aruz tizimidan farq qiladi. Barmoq vazni anʼanaviy xalq atamasidir. Barmoq tizimi jahon sheʼriyatidagi toʻrtta: sillabik (boʻgʻin), sillabiktonik (boʻgʻin-urgʻu), tonik (urgʻu) va kvantitativ (yaʼni boʻgʻinlarning qisqa va choʻziqligiga asoslangan) sheʼr tizimlaridan biri. Tonik tizim soʻz urgʻusi erkin boʻlgan tillarga mansub (mas, rus tili va poeziyasida shunday, oʻzbek tilida soʻz urgʻusi oʻtroq, shu sababli erkin vazn yo sarbast janri mustaqil sheʼr tizimi emas, balki u Barmoq tizimi ga kiradi). Barmoq tizimi atamasi sodda vazn (4+4+3, yo 6+5), erkin vazn (vazn turi) maʼnolarida ham qoʻllanadi. Barmoq tizimi atamasi sheʼriy misralarning boʻgʻinlarini barmoq bilan sanashdan kelib chiqqan. Mac:443Bahor keldi tabiatning qoʻllari443Daraxtlarga ipak koʻylak kiygizdi443Yer ham soʻlgan koʻkatlarni tirgizdi443Yashillandi dalalarning yoʻllariI II IIIBu sheʼrning vazni 4+4+3 tartibida. Vaznlar izchil takrorlangan turoqlardan tashkil topadi. Turoq sakkiz boʻgʻinligacha boʻlib, misra va baytda tutgan oʻrniga koʻra ham farqlanadi. Mac:4 4 3 Oʻlkamizga kulib keldi oltin yoz,4 4 3 Choʻllarida chamanzorlar poyondozI II III — kichik turoq (u juda qisqa ritmik pauzali); II — bosh turoq (u bosh ritmik pauzaga ega, misralarni mazmun va intonatsiyaga koʻra ikkiga ajratadi); III — oxirgi turoq (u eng choʻziq ritmik pauzali, qofiyani ham oʻz ichiga oladi). Yuqoridagi toʻrtlikning "bahor keldi" soʻzlari oxiri bilan navbatdagi misraning shu oʻrinda kelgan "daraxtlarga" soʻzi oxiri bir-biriga mos. Bu moslik 4 boʻgʻinlidir. 1-boʻgʻin guruhi 4, 2-boʻgʻin guruhi 4, 3-boʻgʻin guruhi 3 boʻgʻinlidir. Bu turoqlar, ular oxiridagi ritmik pauzalar, mazkur sheʼrdagi 4+4+3 vaznining shakllanishi va takrorlanishi ritmni vujudga keltirishda muhim ahamiyatga ega. Turoq bir boʻgʻinli boʻlishi ham mumkin. Mac,112 112 8el bor boʻlsa, er xor boʻlmas112 112 8er bor boʻlsa, el xor boʻlmasBu maqolning vazni 1 + 1+2+1 + 1+2 dir, bu vazn sakkizlik turkumiga mansub. Vazn besh xil boʻladi (sodda, qoʻshma, murakkab, erkin va aralash). Proza ham, sheʼr ham oʻziga xos musiqiylikka ega. Taʼsir etish muammosi sheʼriyatda yangi falsafiy fikr, hikmat ifodalanganligi bilangina emas, balki musiqiylik bilan ham bogʻliqdir. Musiqiylik uch unsurga ega (ritm, qofiya, band). Ifoda, gap, inversiya, intonatsiya, urgʻu, soʻz va tovush takrori kabi vositalar ham sheʼriyatda musiqiylikni yuzaga keltirishga xizmat qilsada ritm unsuri boʻla olmaydi. Ritm, qofiya va band musiqiylikni yuzaga keltiruvchi asosiy vositalar; soʻz, tovush takrori, urgʻu va boshqa esa yordamchi vositadir. Masalan: Sevishganlar topishgusidir Jonlar jonga yopishgusidir. (Hamid Olimjon)Bu baytda "sh", "o" tovushlari takrorlanyapti, bu hol misralarga alohida xushohang bagʻishlaydi. Biroq musiqiylik va ohangdorlik tabiiy boʻlishi lozim, mazmun shaklga qurbon qilinmasligi kerak. Barmoq tizimi dan oʻzbek mumtoz sheʼriyatida ham foydalanilgan, ammo aruz yetakchi oʻrin tutgan. 20-asr boshlariga kelib, oʻzbek adabiyoti poeziyasida Barmoq tizimi dan keng miqyosda foydalanishni Fitrat va Choʻlponlar boshlab bergan. Barmoq tizimi va boshqa sheʼriyat tizimlarining tarixi, nazariyasi sheʼrshunoslikning tadqiqot manbai hisoblanadi.
Ota onang diydoriga to’y (Bobur Ro’ziyev ijodi)
Bu to’rt kunlik dunyoda do’stim
Ortinga bir nazar tashlab qo’y
Yurgan bo’lsang hamki samoda
Ota-onang diydoriga to’y
Oftob kabi boshing silagan
Erta-yu kech baxting tilagan
Seni to’gri yo’lga yo’llagan
Ota-onang diydoriga to’y.
Duo qilsa madad bo'lgaydir
Har qadamda baxting kulgaydir
Har narsadan ko’ngling to’lgaydir
Ota-onang diydoriga to’y
Bilolmaymiz erta ne bo’lar
Kimlar yashar kim esa o’lar
Ochilgan gul bir kuni so’lar
Ota onang diydoriga to’y
Bir kun tugar davri davronlar
Vafo qilmas do’stu yoronlar
O’tib ketar yaxshi yomonlar
Ota-onang diydoriga to’y.
Egib qo’yma mag’rur boshini
Oqizdirma ko’zda yoshini
Yuvib ketar ko’ngil toshini
Ota-onang diydoriga to’y.

Download 111.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling