Шеър тузилиши (Шеърий таржимада ритм ва оханг) kirish


Download 111.49 Kb.
bet2/23
Sana20.12.2022
Hajmi111.49 Kb.
#1038694
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
ШЕЪР ТУЗИЛИШИ

Mavzuning dolzarbligi.
Tarjima va tarjimashunoslikka oid darsliklar, qo‘llanmalar va ma’ruzalarni ko‘rib chiqqanimizda, she’riyat o‘ziga xos qurilishga ega deyilganu, biroq bu haqda batafsil ma’lumot berilmagan. Jumladan, mavzu, gʻoya, band, naqarot, ritm, vazn, qofiya, intonatsiya, pauza, urgʻu, poetik timsollar, fonetik usullar, badiiy sanʼatlar, syujet, timsol, kompozitsiya, konflikt va boshqalar unsurlarning aniq, yagona bir tizimga birikuvidan sheʼr paydo boʻladi. Sheʼr tarjimadagi mazkur jihatlarni shartli ravishda 2 guruhga ajratish mumkin: mazmunga oid va shaklga oid. Yosh ijodkor, talaba, tarjimon, albatta she’riyatning ana shu xususiyatlarini bilishi mavzuni dolzarbligini ko’rsatadi.
Bitruv malakaviy ishning ilmiy nazariy ahamiyati.
“She’riy tarjimani mazmun –vazn - san’at birligida o‘girishni tarjima ideali deyish mumkin.,- deb yozadi G’. Salomov, - Odatda shunday bo‘ladiki, - deb davom etadi muallif – agar tarjima qilinayotgan barcha “ashyolari” janri, mazmuni, vazni, musiqasi, lug‘aviy o‘ziga xosligi va hokazolarni shartli ravishda o‘nta birlikdan iborat deb olinsa, eng sara tarjimada bu uzvlarning olti yoki yettitasini saqlash mumkin”. Nasriy asarda syujet, kompozitsiya, voqealar rivoji va yechim bor. Bunda ustoz adib Asqad Muxtor ta’biri bilan aytganda, tarjimon — chizmakash emas, rassomdek ijod qiladi va tarjimaning turli, jumladan, metonimik, transformatsiya usullari, implitsit(yashirin) ma’nolarni eksplitsit(mufassal) bayon qilish yo‘llari orqali muallif fikrini kitobxonga aniqroq yetkazishga intiladi. Ammo to‘rt satr she’rdagi ohang va lirik kechinmani o‘quvchi qalbidan joy oladigan darajada tarjima qilish shoirona ilhom va mahoratni taqozo etadi. She’riy asar tarjimoni tarjimaning boshqa sohalari (ilmiy-texnikaviy, sinxron, axborot-analitik materiallar tarjimasi) bilan shug‘ullanadigan, buyurtma asosida ish yuritadigan tarjimondan tubdan farq qiladi. Zero, u she’rni qalban his eta oluvchi tug‘ma iste’dod egasidir. Shu ma’noda, she’rlarni buyurtma asosida tarjima qildirish doim ham samarali natija bermasligi mumkin. Sababi, she’riy tarjima ham she’r kabi ilhom kelganda, asar tarjimonga kuchli ta’sir ko‘rsatganda dunyoga keladi. Qo‘liga buyurtma she’rni olib tarjimaga kirishgan mutarjimning ishida ijod zavqi emas, buyurtmani egasiga tezroq topshirish istagi ustuvorlik qiladi. Ana shu jihatlar bitruv malakaviy ishning ilmiy nazariy ahamiyatini tashkil etadi..

Download 111.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling