“Rhythm. The arrangement of stressed and unstressed syllables into a pattern. Rhythm often gives a poem a distinct musical quality. Poets also use rhythm to acho meaning1”.
SHe’riy asarlarning ritmik qurilishi tamoyillari turli-tuman bo‘lib, ular har xil xalq va adabiyotlarda o‘ziga xos ko‘rinishlarga ega. Muayyan millat yoki xalq tili fonetik xususiyatlari uning she’riyatidagi ritmik o‘ziga xoslikni keltirib chiqaradi. Biroq she’riy nutqning yangi eradan bir necha asr avval yuzaga kelgan ritmik asosdagi qurilishi xususiyati barcha xalqlar uchun yagona va o‘zgarmas bo‘lib qolmoqda. Ritmik asos sifatida nutqning o‘zaro muvofiq ritmik bo‘laklarga, ya’ni she’riy misralarga bo‘linishi qabul qilingan. SHe’riy nutqda qanday yo‘l bilan misralarning ritmik asosga aylanishidagi muvofiqlikka erishiladi? Bunday muvofiqlikka she’r o‘qish paytidagi nafas olish va nafas chiqarish natijasida yuzaga keladigan ritmik bo‘laklar, ya’ni bo‘g‘inlar vositasida erishiladi. Lekin bo‘g‘inlarning, hijolarning yolg‘iz o‘zi ritmik birlik bo‘la olmaydi. Ular faqat she’rning ritmik qurilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ritmdan foydalanish yo‘llari esa turli davr va turli xalqlar adabiyotida har xildir. Qadimgi davrdayoq she’r yaratish prinsiplari nazariy jihatdan asoslangan va metrik she’r tuzilishi deb ataluvchi tizim shakllangan edi. Antik davr she’riyatida asosiy ritmik unsur sifatida stopa –turoq ishtirok etgan. Satrda bir xil tartibda takrorlanib, ichki ritmni yuzaga keltiruvchi uzun va qisqa bo‘g‘inlar birikmasi stopa deb nomlangan. Qadimgi she’r tuzilishida stopaning o‘ttizdan ortiq turi mavjud bo‘lgan. Ular orasida yamb, xorey, daktil, anapest kabi turlar keyinchalik ko‘plab xalqlar, xususan ingliz she’r tuzilishi rivojida katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Antik she’riyatda har bir satrdagi stopalarning tarkibi va miqdoriga ko‘ra turli - tuman metrlar yoki she’riy o‘lchovlar - vaznlar yuzaga kelgan. Metrik she’r tuzilishi haqida fikr yuritganda uning musiqa bilan uzviy aloqada bo‘lganligini, unda nutqiy va musiqiy ifodaviylik o‘zaro chatishib ketganligini unutmaslik kerak.
Ko‘pchilik Farb mamlakatlari, xususan, rus adabiyotida XVIII asr o‘rtalariga qadar sillabik vaznda she’r yozish yetakchilik qilar edi. “Sillabo” so‘zi “bo‘g‘in” ma’nosini anglatadi. Urg‘u ko‘pincha so‘zlarning muayyan bir bo‘g‘iniga tushadigan tillar she’riyati uchun bu prinsip ancha muvofiq edi. O‘zbek tilida ham urg‘u ko‘pincha so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi. Shunga muvofiq tarzda o‘zbek she’riyatida aruz va barmoq singari sillabik vaznlar hukumronlik qiladi. Erkin urg‘uli, ya’ni urg‘u so‘zning turli bo‘g‘inlariga tushadigan tillar, xususan, ingliz tilida yaratilgan she’rlar uchun sillabik vazn u qadar muvofiq emasdi, chunki bu vazn chinakam ritmik ohangdorlikni, mutanosiblikni vujudga keltira olmas edi. Natijada sillaba - tonik vazn dunyoga keldi.
Sillaba – tonik ritm sistemasi bo‘lib, bo‘g‘inli va urg‘uli vazn hisoblanadi. Bu vazn urg‘uli va urg‘usiz bo‘g‘inlarning muayyan tartibda o‘zaro almashinib kelishiga asoslanadi. Masalan amerikalik shoir Robert Froctning “Stopping on Woods on a Snowy Evening” she’rida urg‘uli (′) va urg‘usiz (˘) bo‘g‘nlarning almashinib kelishini ko‘ramiz.
Thē woóds/ aře love/ bў daŕk/ aňd deép,
Bŭt Í/ hăve prómĭsĕs/ tŏ keép .
Aňd míles/ tŏ gó/ bĕforé / Ĭ sléep.
Aňd míles/ tŏ gó/ bĕforé / Ĭ stéep.
Ritmning gapdagi vazifasi. Mazmun, g‘oya va his hayajonni ifoda etishda shoirlar odatda ritmdan unumli foydalanadilar. Ritm va vazn haqida ingliz tilshunoslari shunday deyishgan: “If rhythm is the pulse or beat we hear in the line, than we can define meter as the measure or patterned count of a poetic line”. Meter (vazn) satrdagi urg‘ular soni bilan belgilanadi. Tonik vaznda urg‘uli bo‘g‘inlar muayyan tartibda takrorlanib, she’riy ritmni yuzaga keltirishadi. Uning ayrim xususiyatlari sillabo-tonik vaznda saqlanib qolinadi. Sillaba-tonik vazn uchun urg‘uli va urg‘usiz bo‘g‘inlarning muayyan tartibda takrorlanishi asos qilib olinadi. O‘zbek she’riyatida, asosan uch xil vazn, ya’ni aruz, barmoq va erkin vaznlar mavjud bo‘lsa, ingliz she’riyatida yamb, anapest, daktil va troxeyik kabi stopalar (feet) mavjud. Yamb vaznida urg‘usiz va urg‘uli bo‘g‘inlar muayyan tartibda takrorlanib keladi.
Masalan:
Tŏ bé/ ŏr nót/ tŏ bé/ thăt iś thé qúes/tiŏn.
(«Hamlet» by Shakespare).
Yuqoridagi misra 5 stopa va 1ta urg‘usiz bug‘indan iborat. Quyidagi so‘zlar yamb stopasiga misol bo‘lib kela oladi (pře/vént, cŏn/ táin).
Yamb (jambic) vazndan farq qilgan holda troxeyik (trochaic) vazni urg‘uli va urg‘usiz bo‘g‘inlarning muayyan tartibda takrorlanib kelishi asosida yuzaga keladi.
Masalan:
líq/ŭar (΄ ˘)
bet/ter (΄ ˘)
Anapest (anapectic) va daktil (dactylic) stopalar uch bo‘g‘indan iborat bo‘ladi. Anapest ikkita urg‘usiz va bitta urg‘uli bo‘g‘inning muayyan tartibda takrorlanib kelishi asosida yasaladi.
Masalan:
ǎ/nǎ/péct ( ˘ ˘ ΄ ).
Daktil bitta urg‘uli va ikkita urg‘usiz bug‘inlarning muayyan tartibda takrorlanib kelishi asosida yasaladi.
Masalan.
Dán/gě/roŭs (΄ ˘ ˘)
Cheér/fŭl/lў (΄ ˘ ˘)
Yamb va anapest pasayuvchi ohang bilan o‘qilsa, xoreyik va daktil vazni ko‘tariluvchi ohang bilan o‘qiladi. Amerikalik shoir Robert Frost she’rlari asosan yamb vaznida yozilgan. Ammo Frost jonli so‘zlashuvga yaqinlashish maqsadida, bir xildagi takrordan kechib, ba’zan 2 ta urg‘uli bo‘g‘inlarni ham ishlatgan.
Masalan (kńick- kńock)
Bunday holat ingliz tilida “spondee” deyiladi. Ba’zan esa, ikkita urg‘usiz bug‘in ketma-ket ishlatilgan. Bu holat ingliz tilida “pyrric”(of the) deb ataladi. Robert Frostning “Stopping with Woods on a Snowy Evening”she’ri 8ta bo‘g‘indan ya’ni “octosyllabic” metrdan iborat.Ritm hodisasining mohiyati haqida har xil fikrlar mavjud. Ayrim olimlar bu hodisani lingvistik emas, balki fiziologik, biologik, psixologik hodisa deyishsa, boshqalari esa uni lisoniy maqomdagi holat sifatida talqin qiladilar. Ritmning nutqdagi vazifasi tilshunos olim K. K. Barishnikov tomonidan ancha batafsil tahlil qilingan. U ritmning ikki vazifasini, statistik va dinamik vazifalarini ta’kidlaydi. Birinchisida bu ko‘p yillar davomida ishlatilib kelingan, aynan shu tilga mansub bo‘lgan muayyan takrorlanib kelish holatida nazarda tutilsa, ikkinchi vazifa muloqot sharoitida namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |